So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Ektor Kuper: "JCH-2022ga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi" Yangiliklar

Ektor Kuper: "JCH-2022ga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi"

O'zbekiston – Xitoy uchrashuvdin keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida Ektor Kuper ishtirok etib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bugun gol kiritish uchun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo faqat ularning bittasidan unumli foydalandik. Biz bu kelgusida bu yo'nalishda ish olib boramiz. O'ylaymanki, bu musobaqadan o'rin olgan o'yinlar biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Endilikda xato va kamchiliklarni tahlil qilib chiqamiz. Avval ham aytganimdek, bor etiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan.

Otabek SHukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorlarining xabar qilishicha, SHukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi.

O'zbekistonning Xitoyga qarshi avvalgi o'yinlari bilan bugungi o'yinni solishtira olmayman. Men avvalgi o'yinlarda terma jamoa bosh murabbiyi emasdim. Ammo Xitoyda tarkibda yangi futbolchilar borligi bilaman. Kannavaro ular bilan yaxshi jamoa shakllantira olishiga ishonaman. Xitoy ham biz kabi bor etiborini Jahon chempionati saralashiga qaratgan. O'ylashimcha, Qatar 2022 ga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi. Biz yo'llanmani qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz», - dedi Kuper.


Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика