So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   14

Ektor Kuper: "Biz Jahon chempionatiga chiqa olamiz!" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Biz Jahon chempionatiga chiqa olamiz!"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper JCH-2022 saralashi boshlanishidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ushbu sahifada matbuot anjumanidagi savol-javoblarni o'qib borishingiz mumkin bo'ladi. 


YANGILASH


Ektor Kuper, uning tarjimoni Davronbek hamda O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov zalga kirib kelishdi. Tadbirni Davron Fayziev olib bordi. 

Dastlab janob Kuper terma jamoadagi bir yillik faoliyati haqida to'xtalib o'tdi. 

"Men optimist murabbiyman. Bir yil muddat katta, lekin juda ham katta emas. Terma jamoa ustozlarida vaqt muammosi doim bo'ladi. Ish uchun kam vaqt bor, lekin tez natija qayd etish kerak. Vaziyatdan chiqib ketish kerak. Birinchi navbatda o'sha davlatning urf odatlarini o'rganish kerak. Barcha narsadan mamnunman, to'g'ri O'FAda o'zgarishlar bo'ldi. Ammo biz o'z yo'limizda davom etamiz. Lekin o'zimning xulosam ijobiy. Futbol ham siyosat va iqtisodiyotdek. Hammaga yoqish qiyin. Lekin hozirgi kungacha bo'lgan narsalardan mamnunman. Albatta doim muammo bo'ladi, ammo optimist bo'lgan holda ishlashda davom etishimiz kerak. Optimist degani hammani yutamiz degani emas, biroq ishlayapmiz. Bazi joylarda o'zgarishlar kiritdik, hamon o'zgarishlar bo'lmoqda. O'zgarishlar qilingan paytlarda o'xshamay qolishi mumkin. Qaytaraman optimistman va salbiy narsalar haqida gapirishni xohlamayman. Ertaga biz yangi yig'inni boshlaymiz, futbolchilar bilan ko'rishamiz. Bo'lgan muammolarni tahlil qilamiz. Xatolardan to'g'ri xulosa qilib ishlashimiz kerak. Men g'alaba qozonishni istayman, boshqa hech narsa xohlamayman. Barchaga ko'proq imkoniyat berishga harakat qilamiz, biroq barchaga yoqish qiyin. Biz bilan birga ishlayotganlar har kuni bizga yordam berishmoqda. Qachonki bizning tanlagan yo'limiz xato bo'lsa uni o'zgartiramiz. Men qaysar murabbiy emasman. Hamma takliflarga tayyorman. U takliflarni o'rganib chiqamiz", - deydi Ektor Kuper. 



- Dastlab Afrika millatlar kubogida ekspert sifatida ishladingiz, uni ketidan darhol mehnat tatiliga chiqdingiz. Bu davr mobaynida Superligada ko'p o'yinlar o'tib ketdi. (Tolibjon Qosimov, championat.asia)

- Bu haqiqat. Bazi o'yinlarni o'tkazib yubordim. Yaxshi savol. Ammo tatil bo'lmaganida ham yomon bo'lishi mumkin edi. Asosan Liga kubogini o'tkazib yubordim. 3 avgust kuni O'zbekistonga etib kelganman. O'FAda bitta murabbiy ishlamaydi, olimpiya terma jamoasi ustozlari bor masalan. Masalan Azizbek Haydarovning o'zi ham kuzatadi. Yangi Messi paydo bo'ldi deyishi mumkin. Men baholayman, ammo boshqa murabbiylar tavsiya qilishlari mumkin. Bu narsaning Falastinga qarshi o'yinga hech qanday tasiri yo'q. Buni oldindan baholaganmiz. Eng maqbul oyda tatilga chiqdim. 

- Turli yoshdagi terma jamoalarimiz turli musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Siz yoki sizning shtabingizdagi murabbiylar ularni kuzatib borishadimi? Yoki qandaydir yig'ilishlar bo'lib turadimi? (Orif Tolipov, Uzreport telekanali).

- Milliy terma jamoa doim olimpiya terma jamoasidan "oziqlanadi". To'g'ri 14, 16 yoshli terma jamoalar ham bor. Ammo 14 yoshli futbolchi bilan, 18 yoshli futbolchini terma jamoaga tayyorlashning farqi yo'q. Men OTJ murabbiylar bilan ko'rishib gaplashib turaman. Har bir murabbiyning fikri bor. Bir narsadan xotirjam bo'lishlarini so'rayman. Biz ishlayapmiz, xotirjam bo'laveringlar. Albatta O'zbekiston terma jamoa murabbiyi yoshlar jamoalari bilan uchrashib turadi. Ammo ularning ishiga aralasha olmaymiz, ularning tayyorgarligi boshqacha.


- Bir yildan buyon ishlayapsiz. Taktikani tanlab oldingizmi? 

- Har bir terma jamoaning o'z uslubi bo'lishi kerak. Kichik o'zgarishlar qildik. O'z yo'limizni topib oldik. Balki u ham bizga foyda bermayotgandir. 5 sentyabr kuni Falastin bilan o'yinimiz bor, terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar faqatgina 2 sentyabr kuni to'liq yig'iladi. SHu bois doim muammolar bo'ladi.


- Osiyo Kubogidan oldin ko'pchilik O'zbekiston terma jamoasini himoyaviy o'ynaydi deb o'ylagandi. Siz raqibga qarab taktika tanlaysizmi yoki futbolchilarimizning hozirgi holatigami? (Madina Ametova, SPORT TV)

- Agar o'zimizning o'yin uslubimiz yo'q bo'lsa bu katta muammo. Bizda o'yin uslubi bor. Barchasi futbolchiga bog'liq, taktika tanlashda eng asosiysi futbolchi. O'sha o'yinchi g'alaba keltira oladimi shuni o'ylash kerak.



- O'ng qanot yarim himoyasida raqobat kamdek. Avvaldan bu chiziqqa kimlarni ko'zlagandingiz va ular kim edi? (Bekzod Isaev, Sports.uz)

- Raqobat doim bo'lgan. Biz tarkibimizda bor futbolchilardan foydalanishimiz kerak. 


- Superligada to'purarlar qatorida borayotgan Murtozaev, Polvonov kabi hujumchilarni bir marta bo'lsa ham sinab ko'rilmadi...

- To'g'ri, bu mening qarorim. Barchaga yoqib bo'lmaydi dedim. O'zbekiston chempionatidagi barcha futbolchilarni yaxshi bilaman va taniyman. Oldingi ishlagan joylarimda chempionat to'purarini chaqirmaganman xatto. Statistikaga butunlay ishonib qolmasligimiz kerak. Futbol bu kompyuter emas. Barchasini natija hal qiladi. Qaysidir o'yinchi o'z klubida yaxshi o'ynashi ammo terma jamoada o'ynay olmasligi mumkin. Bu to'purar deyishingiz mumkin, balki uni keyinroq chaqirishimiz mumkin. Saralash o'yinlari endi boshlanmoqda.



- Biz doim Jahon chempionatiga chiqa olmaymiz. Bunga doim turli sabablar bo'ladi. Eron, Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni kabi bizdan kuchli terma jamoalar bor. Yaqinda ular qatoriga Avstraliya ham qo'shildi. Ularning chempionati ham bizdan kuchli. Ularga qarshi o'yinlarda ularga moslashib o'ynash noto'g'ri emasmi? (Otabek Jo'raev, SPORT TV).

- Murabbiylar shtabi reallikni ko'rish uchun barcha ishni qilishimiz kerak. Avstraliya bizdan kuchli deyishingiz mumkin, ularning safida legionerlar bordir. Ammo o'sha ularga qarshi o'yin kuni ulardan kuchli bo'lishimiz kerak. Barcha narsani bexato bajarishimiz kerak. CHempionat darajasini oshirish uchun uni o'zgartira olmaymiz. Bor o'yinchilar yordamida eng kuchli terma jamoani tuzishimiz kerak. Sizda kuchli futbolchilar bo'lishi mumkin, ammo jamoa bo'lmasligi mumkin. "Real" yoki "Barselona"da bitta futbolchi vaziyatni o'zi hal qiladi, bizda esa jamoaviy o'yin kuchli bo'lishi kerak. Yaxshi o'ynash degani to'pni nazorat qilish degani emas. Futbolchilar o'z klublaridan turli holatda etib kelishadi. Klub boshqa, terma jamoa boshqa. Biz Jahon chempionatiga chiqa olamiz! Hozir darajasi jihatidan bizdan kuchliroq jamoalar bo'lishi mumkin, ammo o'zimiz yaxshi jamoa shakllantirishimiz kerak. Terma jamoada ikki narsa muhim, birga yashash, barcha birga oldinga intilishi va ikkinchisi ishonch. Bu mening fikrim. Yaxshi savol berdingiz.


- Falastin bilan o'yin suniy maydonda bo'ladi degan malumotlar bor. Bunga tayyormisiz? Ikkinchi savol Iroq bilan o'yinni siz tanladingizmi yoki terma jamoalar markazi taklif qildimi? (Narzulla Saydullaev, championat.asia)

- Iroq bilan o'yinni kelishgan holda bu qarorga keldik. Bu biz uchun eng optimal variant edi. Suniy maydon albatta futbolchilarga yoqmaydi. To'p sakrab ketadi, qiyin bo'ladi. Bu o'yinga tayyorgarlik doirasida 5-6 ta mashg'ulotni suniy maydonda o'tkazishga qaror qildik. Albatta Falastin doim bu maydonda o'ynab yurgan va ularda bu borada ustunlik bo'lishi mumkin. Ammo suniy maydonda bo'ladi degani, mag'lub bo'lamiz degani emas.


- Barcha yig'inlarda himoya chizig'i deyarli o'zgarishsiz. Umar Eshmurodov, Dilshod Ahmadaliev, SHerzod Azamov va Rustam Ashurmatov kabi futbolchilarga deyarli imkoniyat berilmayapti. (Tolibjon Qosimov, championat.asia)

- Qaytaraman barchaga birdek yoqib bo'lmaydi. Biz bu o'yinchilardan kuchliroq deb hisoblagan futbolchilarni chaqirdik. Balki kelajakda ularni sinab ko'rishimiz mumkin. Bunga shubha qilmang. 



- 2008-2009 yillarda O'zbekiston chempionati juda kuchli edi. Rivaldo, Denilson... 2011 yilgi Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida terma jamoamiz yarim finalga qadar etib borgan. Hozirgi chempionat saviyasiga qanday baho berasiz? (Abdulaziz Iskandarov, Interfutbol)

Azizbek Haydarov: - O'sha paytda "Bunyodkor" juda kuchli bo'lgan va barcha o'yinlarda oson g'alabalarga erishgan. Bu esa terma jamoaga jabr bo'lgan. Sababi chempionatda bitta kuchli klub bo'lsa va qolganlarning saviyasi past bo'lsa bu terma jamoaga foyda bo'lmaydi. Bugungi kunda chempionatimiz saviyasi yaxshi, oddiy misol barcha o'yinlar TV orqali namoyish etilmoqda. Men ham terma jamoaga chaqirilmaganimda alam qilgan. Lekin murabbiyning qarorini hurmat qilganman. Oldingi Jahon chempionatiga chiqa olmasligimizda avvalo murabbiylar va futbolchilarning, O'FFning undan keyin bazi muxlislarning ham aybi bo'lgan, jurnalistlarning ham aybi bo'lgan. O'zim ham o'sha payt futbolchi edim. Futbolchilar OAV orqali yulduz ham bo'lishi mumkin, er bilan bitta bo'lishi ham mumkin. Futbolchilar OAV bilan birga ishlashi kerak.


- Aziz G'aniev va Sanjar SHoahmedov siz murabbiy bo'lganingizdan keyin ilk bor yig'inga chaqirilishdi. Ular aynan qaysi jihatlari yoqqani uchun chaqirildi?  (Madina Ametova, SPORT TV)

- Aziz o'yinni o'qiy olishi, o'yinni boshqarishi yoqdi. Qanotlarni juda yaxshi almashtira oladi. Sanjar esa texnik jihatdan juda kuchli futbolchi. SHu bois ularga imkoniyat berishga qaror qildik. Terma jamoaga kelib xuddi shu o'yinni ko'rsatish oson emas. Sababi klub va terma jamoa turlicha. Klubida talab boshqacha bo'lishi mumkin, lekin terma jamoada boshqacha. Masalan, Aziz Haydarov O'zbekiston chempionatida o'ynaganida faqat shu erdagilar bilan raqobat qiladi. Terma jamoa safida esa butun dunyodagi futbolchilar bilan raqobat qiladi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика