So’nggi yangiliklar

00:30Кападзе: "Кечирасизлар, лекин интернетда ёзилаётган нарсалар барчага таъсир қилмоқда"  5 00:09"Реал" — "Мальорка". Таркиблар маълум  7 23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  4 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   28 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  369 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  7

Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo'lmaydi" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo'lmaydi"

Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederaciyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o'rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O'FA rasmiy saytiga qura haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Qura qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan tahmin qilib bo'lmaydi. SHu sababdan har qanday raqib bilan to'qnash kelishga tayyor turish lozim bo'ladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qurasi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o'ziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini takidlay olaman. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo'lmaydi. Guruhimizdan o'rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik ko'ramiz. O'zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o'yin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun maydonga tushadi, - dedi mutaxassis.

Reyting: +193   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика