So’nggi yangiliklar

18:54Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  3 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  0 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  14 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  3 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6

Ektor Kuper: "G'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon" Yangiliklar

Ektor Kuper: "G'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon"

O'zbekiton - Urugvay uchrashuvdin keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper qatnashib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz dunyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'yin o'tkazdik. Afsuski, yutqazdik. Urugvay terma jamoasi o'tgan yili Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida qatnashib, juda yorqin taassurot qoldirgandi. Oskar Tabares shogirdlari FIFA reytingida ham yuqori o'rinlarda borishmoqda. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida gol o'tkazib yubordik. Keyin o'yinni tenglashtirishga harakat qildik. Raqib birinchi bo'limda to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldi. Ikkinchi bo'limda birinchi taymga qaraganda yaxshiroq harakat qildik. To'pni ko'proq o'zimizda ushlab turishga intildik. Ammo raqibning tajribasi baribir o'z so'zini aytdi. Urugvay kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati saralashi oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Kecha Xitoy - Tayland uchrashuvini ko'rdim. Xitoy mag'lubiyatga uchradi. Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lganiga ko'p bo'lmadi. SHu sababli hozircha uning ishiga baho berish qiyin.

Futbolda turli natija ro'y beradi. G'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon. Barcha natijani qabul qilishga tayyor bo'lish zarur. Biz Urugvayga qarshi uchrashuvni tahlil qilib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ish olib boramiz. Kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Musobaqa tashkilotchilariga alohida tashakkur bildirmoqchiman. SHart-sharoitlar barchasi yuqori saviyada tashkil qilingan. Bizni juda iliq kutib olishdi. Tashkiliy qo'mita azolari har bir talabimizni bajarishga harakat qilishmoqda. Barchasi uchun ularga rahmat aytaman.

Endi Xitoyga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu o'yinda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Xitoy musobaqa mezboni. O'yin qiyin bo'lishi aniq. SHunga qaramay g'alaba uchun astoyidil harakat qilamiz. CHunki bu o'yinlar FIFA reytingidagi o'rnimizga tasir qiladi. JCH saralashidan oldin reytingda yuqoriroq o'rinlarni egallash muhim".

Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика