So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Ekspert fikri. Yorqin Nazarov: “Jahon chempionatida muzqaymoq eb kelish emas, munosib o'yin ko'rsatishimizga umid va ishonch uyg'ondi” Yangiliklar

Ekspert fikri. Yorqin Nazarov: “Jahon chempionatida muzqaymoq eb kelish emas, munosib o'yin ko'rsatishimizga umid va ishonch uyg'ondi”

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida BAAdagi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etdi.

Misr va Eron bilan kuch sinashgan vakillarimiz ikki o'yinda ham g'alabani o'ziniki qildi. G'alaba har doim yoqimli. Qolaversa, kuchli raqiblarni engish ikki hissa ishonch bag'ishlashi aniq. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bu borada tajribali mutaxassis Yorqin Nazarovning fikrlari bilan qiziqdi.

“O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiy qo'l ostidagi oxirgi ikki o'yini yaxshi taassurot qoldirdi. Italiyalik mutaxassislarning ishi ko'rinib turibdi. Aqlli futbol o'ynashyapti. Ular shunday harakat qilmoqdaki, tomosha qilayotgan odamlarda ishonch uyg'onyapti, deb ayta olaman. Erondan ham, Misrdan ham o'yin va taktik tomonlama ustunlik qildik. Rotaciyalar qilinsa ham, o'yinimiz o'zgarmayapti.

Avvalo, bu g'alabadan xalqimiz xursand. Bu turnirdan so'ng muxlislarimizda qandaydir umid uyg'ondi. Chunki Jahon chempionatiga borib muzqaymoq eb kelish emas, munosib o'yin ko'rsatishimizga ishonch paydo bo'la boshladi. Bu quvonarli.

Lekin oldinda hali qancha yig'in va tayyorgarliklar bor. Qolaversa, tarkibga qo'shiladigan bir qator yoshlar ham bor. Chunki yoshlarimiz ancha toblanib qolishdi. Katanec davrida futbolchilar deyarli o'zgarmadi. Endi mazkur tarkibga yoshlarni jalb qilish orqali raqobatni kuchaytirish mumkin. Kimni chaqirish yoki chaqirmaslik murabbiyga bog'liq. Muhimi — terma jamoamiz to'g'ri yo'lda ketmoqda”, — deydi Yorqin Nazarov.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
20 noy 11:09:27
Том Круз
Бизга Майдон марказига Одил Ахмедовдек футболчи етишмаябди хакикий ракибдан тупни олиб куювчи нимагадир бизни марказий ярим химояда уйнайдиган футболчиларимиз жисмоний томондан баккуват эмас нозикрок улар яхши пас берса булди тупни олиб куйиш яккама якка курашда катнашмайди мурабийиларимиз унверсал булишни талаб килиш керакдир балки супер лигадан болалар футболигача таянч ярим химоячилар тизим килиш керакдир марказда уйнадиган Гуттузо Рой Кин эслайлик марказда хакикий бетон эди Челсидаги Кайседо
+1   
20 noy 11:00:42
Rafiqbek
Bek Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
17 yoshlilardan Muhammad Hakimov Mominxon Baxodirxonov degan himoyachilarni Milliy termaga tortish kerak. Shularni ham termada oz moz oynatib tursa Yevropaga junatish ehtimoli yanayam ortadi
Шу фикрга кушиламан айникса хакимовни
+1   
20 noy 10:33:40
Askar Ikromov
Xurmatli insaydlar kimnidir fikri bilan qiziqayotganda uni saviyasi ko’rsatgan natijalariga xam etibor qilib sureyla. Yorani o’zi nimani qoyillatib quyibdi trener bulib, ishlagan komandalarini xammasi oxiri urinda yurgan autsayder trener busa…
+1   
20 noy 10:19:07
Bek Bek
17 yoshlilardan Muhammad Hakimov Mominxon Baxodirxonov degan himoyachilarni Milliy termaga tortish kerak. Shularni ham termada oz moz oynatib tursa Yevropaga junatish ehtimoli yanayam ortadi
   
20 noy 16:05:02
TOMJIQ_OLOT
Фабио Каннаваро – келажаги буюк мураббий! Олға Ўзбекистон! Ўз вақтида қилинган тўғри танлов учун ЎФА раҳбариятига ҳам ташаккур!
   
20 noy 12:46:19
Islombek Dusmurodov
Eldorga bitta yaxshi raqobatchi topish kerak yoki uni hujum ortiga qoʻyib yaqqol hujumchi yaratish kerak Eldor juda koʻp vazoyatlardan foydalana olmayapti u kayfiyat oʻyinchisi bizda taran hujum yoʻq vaziyatlar esa koʻkga sovuriliyapti 5 ta imkoniyatdan bitta gol urmagan hujumchi esa hujumchi emas Husayn Norchaevgayam imkon berish kerak endi nima uni faqat zahirada olib oʻtirish uchun chaqordinglarmi undayam shijoat bor undayam salohiyat bor
   
20 noy 10:58:09
Rasul M
Boshlaydi endi Futboldan tushunmaydigan Borgan jamoasini botqoqa botirgan ozini davrida xechnarsa qilmagan chalamutaxasisla aqil orgatishni biz uzoqqacha borishimzga ishonaman Salgina xato qilib qoydi bunaqa qilsa boladi anaqa qilsa boladi deb
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика