So’nggi yangiliklar

13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  0 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  2 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  3 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  25 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1

Eksklyuziv fotomaqola. Salom, "Real Madrid"! Yangiliklar

Eksklyuziv fotomaqola. Salom, "Real Madrid"!

Ertaga Madridning "Real" jamoasi Dohadagi "Lusayl" stadionida "International Cup-2024" finalida Meksikaning "Pachuka" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

2024 yil "Manchester Siti"ning g'alabasi bilan yakuniga etgan klublar o'rtasidagi JCHni yoritish uchun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida ishlagan edik. Bu safar ham ananani davom ettirgan holda FIFAning navbatdagi turnirini yoritish maqsadida akkreditaciyadan o'tdim. Bu FIFA tarixidagi klublar o'rtasidagi kichik musobaqalarning so'nggisi. Endi FIFA har 4 yilda bir marotaba katta JCH kabi, klublar o'rtasida ham o'z mundialini o'tkazadi. Unda 32 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

"Iinternational Cup 2024"ning so'nggi uchta o'yini Dohada bo'ldi. Braziliyaning "Botafogo"si Meksikaning "Pachuko"siga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu o'yinda janubiy amerikaliklar favorit edi. SHimolliklarning sensaciyasi keyingi o'yinda ham davom etdi. O'yin bo'yicha "Al Ahli"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsalarda, penaltilar seriyasida Afrika chempioni mag'lubiyatga uchratildi. SHu tariqa nizomga ko'ra finalga to'g'ridan - to'g'ri yo'l olgan UEFA chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Real Madrid" musobaqaning finalida meksikaliklarga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. 


Bugun final oldidan rasmiy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Etiboringizga suratlarni taqdim qilamiz.




O'yindan avvalgi matbuot anjumanida Jud Bellingem ishtirok etdi. "Biz bu titulni Madridga olib ketgani keldik. Har qanday o'yin klub uchun muhim va jamoamiz ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi", deydi Angliya terma jamoasi azosi.



Don Karlo mashg'ulotlardan avval futbolchilarga ko'rsatma beryapti. Qolgan ishni yordamchilarining o'zlari aloga bajardilar.



Belgiya terma jamoasining oltin avlodlaridan bir - Tibo Kurtua. Obektiv kaltalik qildi. Ertaga yaqinroqdan rasm olish imkoniyati bo'ladi.



O'z paytida "so'yloq" Ronaldo "Real Madrid"ga ECHLni yutish uchun keladi. Afsuski uning orzusi ushalmadi. Mbappeni qanday taqdir kutib turgan bo'lishi mumkin?




Zamonaviy futbolning afsonasi Luka Modrich shu kungacha 33 ta sovrinni yutgan. Ertangi g'alaba uning futbolchilik faoliyatidagi o'ttiz to'rtinchisi bo'ladi. SHulardan 6 tasi ECHL va 5 tasi klublar o'rtasidagi JCH. Ertaga 6/6 bo'ladimi?



Arda Gyuler mashg'ulotlarni zaxira futbolchilari bilan o'tkazdi. Ertaga uni ikkinchi bo'limda maydonda ko'rsak kerak. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика