Eksklyuziv. Baxtiyor Boboev bilan ochiq muloqot
21 noy 2013 13:49
Yangiliklar
Eksklyuziv. Baxtiyor Boboev bilan ochiq muloqot
"Kecha, bugun, ertaga" loyihasining mehmoni bo'lgan Baxtiyo Boboevning futbolda bosib o'tgan yo'li haqida hikoya qildik. Bugun esa intervyuni o'qishingiz mumkin bo'ladi.
- Bugungi kunda klublarimiz yaxshi menejerlarga muhtojlik sezyapti. Paxtakor, Bunyodkor va Nasafda bu vazifani o'z ustalari bajaryaptilar. Olmaliqning yutug'i SHkviringa egaligida. Qolgan klublarda murabbiylar vice-prezident, direktor, mamur vazifasini bajaryapti...
- Aslida, har bir klubda o'z menejeri bo'lishi kerak. Masalan, MTJni misol qilib olsak. Birovni yomonlash niyatim yo'q. Jamoamizning Koreyaga ketish chog'i Xitoyda ushlanib qolganligini eslasangiz kerak. Futbolda ikir-chikirlar bo'lmaydi. Skolari va Ziko bilan ishlagan paytlarimizda har bir ish reja asosida amalga oshirilar edi. Oliy ligamizning barcha klublari professional tarzda faoliyat olib borishlari darkor. Har bir bo'limni o'z sohasining mutaxassisi boshqarishi lozim. Murabbiyning ishi faqat murabbiylikdan iborat bo'lsin. Vaholanki, bizning klubimizda ham kamchiliklar bor. Yutug'imiz OCHLda o'ynashimiz bo'lyapti. Axborot almashish orqali o'sishga erishyapmiz. Siz aytganingizdek, boshqa klublarda nima uchun bu ish bo'lmayapti? CHunki u erda muqimlik yo'q. Homiy almashgach, jamoa rahbariyatida ham o'zgarish bo'ladi. Bazan futbol o'ynamagan kishilar klublarda faoliyat olib borishyapti. O'z navbatida, faoliyatini tugatgan ko'plab futbolchilar ko'chada qolib ketyapti. Hamma yaxshi futbolchiyam yaxshi murabbiy bo'la olmaydi. Balki undan yaxshi menejer chiqar. Bizda ham menejerlar kursini tashkil etish kerak. FIFA, OFK va UEFAda bunday seminarlar juda ko'p. Men faoliyatini tugatgan futbolchilar aynan shu sohaga ham qiziqishlarini istardim. Ular futbolda katta bo'lganliklari uchun masuliyatni his eta oladilar.
- Qo'l bilan sanoqli menejerlarga ega ekanligimiz bizning fojeamiz. Davlatov Mashaldan ketgach jamoa o'tgan yili oliy ligani tark etdi. Moliyaviy jihatdan xuddi shunday holatdagi Paxtakor esa chempionlikni qo'lga kiritdi. Har bir viloyatning eng istedodli yoshlarini to'plab menejer sifatida tarbiyalash uchun chet elga jo'natsak bo'lmaydimi?
- Yaxshi menejer bo'lish uchun ham istedod kerak. Albatta, o'zini ko'rsata olganlarni xorijga yuborish orqali tarbiyalasak yaxshi bo'lardi.
- Futbolimiz bu saviyada qolib ketmaydi. 20 yillar o'tib bizning oliy ligamiz ham yaxshi bo'lib ketishiga ishonaman. Ammo, 20 yildan so'ng tarixga razm solganlar o'zbek futbolining hozirgi davrini shunchaki varaqlab o'tib ketadilar...
- SHunday bo'lishi mumkin.
- Bizni ham eslashlari uchun nima qilishimiz lozim?
- Buning uchun, avvalo, klublar ichida ishni to'g'ri yo'lga qo'yishimz kerak. Munosib o'rinbosarlarni tarbiyalashimiz darkor. SHu o'rinda aybni PFL yoki O'FFdan emas, o'zimizdan qidirish lozim. Men o'zimni almashtirib bo'lmas xodim deb aytmayman, lekin jamoadan ketadigan bo'lsam ishni shu saviyada davom ettiradigan nomzod bormi? Yoki hozir bazilar Samvel Babayanni yomonlayapti. Aslida, bu saviyaga Babayan o'z-o'zidan chiqib qolmadi. Avval o'ylab ko'raylik, Samvelsiz Paxtakor qanday bo'ladi? Babayanning ishiga men tan beraman. SHunaqa menejerlardan yana biri – Bahrom Davlatov. Futbolni yakunlagan biron-bir futbolchiga mamurlikdan ish boshlagin desangiz rozi bo'lmaydi. Menejerlikni yurakdan xis qilish kerak.
- Davlatov va Mashalning o'zbek futboliga ko'p nafi tegdi. 1995 va 1998 yillarda tashkil topgan o'smirlar terma jamoasining o'yinida shiddatni ko'rmayapmiz. Avvalgi terma jamoalar nima uchun zo'r o'ynashdi? Sababiki, Paxtakor va Mashal akademiyalarining qorishmasi katta foyda berayotgan edi. Afsuski, 50dan ortiq jamoaga ega futbolimizda sanoqli mutaxassislarga egamiz...
- Menejer bilan murabbiy o'rtasidagi bog'liqlik katta. Bazan murabbiy payqamay qolgan narsani menejer ko'radi, bazan aksi. Qachonki klublarimizda vice-prezident va murabbiy o'rtasida iliq munosabat bo'lsa maqsadga erishish mumkin. Bu yilgi tarkibimizda Pishur ancha yaxshi o'ynadi. Uning agenti Sefer Alibaev yoshligida qo'l ostimda to'p tepgan. Bugun u bilan yangi mavsum borasida axborot almashyapmiz. Agar u taklif qiladigan o'yinchilar bosh murabbiyimizga maqul kelsa, safimizga qo'shib olishimiz mumkin. Bu yil tariximizdagi eng qiyin chempionlikka erishdik. Baxtimizga, yoshlar ishonchni oqlashdi.
- Rahmatullaevni Blajichdan ustun deb o'ylamayman...
- Rejamizga ko'ra, Alibobo bu yil asosiy tarkibda o'ynashi kerak edi. MTJga ham taklif qilindi. Keyin Mirjalol Qo'shoqovich uni zahirada qoldira boshladi. Rahmatullaev biroz yoshlik qildi. Zahira uning uchun saboq bo'ldi. Keyingi mavsumlarda undan umidimiz katta.
- Loyihaning odatiy savoli: Futbolimizda faxriy va yosh futbolchi o'rtasidagi tafovutning yo'qolib borayotganligiga munosabatingiz?
- Har bir jamoaning obro'-etiborga ega faxriysi bo'lishi kerak. Bu futbolchi o'yin paytida maydondagi murabbiy vazifasini bajaradi. Bizda Karimov, Nesterov, G'ofurov va Pishur shu vazifani bajarishyapti. Bazan jamoada tengdoshlar yig'ilib qoladi va muhit buzila boshlaydi. Muhitni esa etakchilar ushlab turishlari lozim. Mana Nasafni olaylik, joriy mavsumda muvaffaqiyatga asosiy sabab jamoadagi muhitning ajoyibligi bo'ldi. Har qanday zo'r jamoaning ichiga bitta qitmir futbolchi kirib qolsin, murabbiyning mehnati yo'qqa chiqadi.
- Qozog'istonga o'xshab oliy ligamiz jamoalari asosiy tarkibida bitta 21 yoshga to'lmagan futbolchini maydonga tushirishga tayyormizmi? Inqirozga yuz tutgan Turkiya futbolini rivojlantirish uchun to'rtta etakchi jamoa rahbarlari o'yinlarni sotib olmaslik, hakamlarga pora bermaslikka, sog'lom raqobat qilishga kelishib olishadi. Natija yomon bo'lmadi. Turkiya 2002 yili jahon chempionatida, 2008 yili Evropa chempionatida sovrindor bo'ldi. Bizning etakchi jamoalarimiz rahbarlari bir joyda yig'ilib mana shunday qarorlarni qabul qilishlariga nima halal beryapti yoki nima uchun PFLga kelishilgan holda takliflar bildirilmayapti?
- Gapingizga 100 foiz qo'shilaman. Ammo buning ikkinchi tomoni ham bor. Bu haqda Kumikov aytib bergan edi. Asosiy tarkibga tushishini biladigan yosh futbolchi ruhiyatida o'zgarish yuz beradi. Bari-bir asosiy tarkibda tushamanku deb, o'z ustida tinimsiz ishlashdan to'xtaydi. Futbolchining psixologiyasi shunday. Lekin bu qoida o'zini oqlashi ham mumkin. CHetdan qarasangiz, oliy ligamizda 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar kam. Aftidan, biznikilar 20 yoshdan keyingina barqaror o'ynay olishadi. O'zimizdan Sardor Rashidov va Dilshod Jo'raevni misol qilishim mumkin. Men bu yigitlarni o'tgan yili bir nechta jamoaga tavsiya qildim. Ammo har bir klub tajribali futbolchi kerak deydi. Dilshod Jo'raevni oxiri Ahmad Ubaydullaev Dinamoga oldi. Bir davra to'p tepganidan keyin unga javob berishdi. Navbahorga taklif qildim, biroq ular ham rad etishdi. Mana bugun Dilshod va Sardor oyoqqa turib olishdi. Takliflarga kelsak, yil boshida PFL takliflarni yig'adi. Lekin hozircha tub o'zgarishlar yo'q.
- Gapingiz to'g'ri, lekin javobingizdan kelib chiqsak, fikrimni maqullayapsiz. Murabbiylarimiz yoshlar ichida ham yaxshilari ko'pligini ko'rishmayapti. Lekin imkon bersa, yoshlar o'zini albatta ko'rsata oladi. CHempionlikni maqsad qilgan jamoa bitta yosh o'yinchinigina zayavka qilmaydi. Hech bo'lmaganda to'rtta istedodli yosh futbolchini qidirishga majbur bo'ladi. PFL qoidasiga ko'ra, bir jamoa 45 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Boshqa jamoalarda yaxshi yosh o'yinchi yo'qmi, majbur bo'lib sizlarga murojaat qiladi. Oxir-oqibat ular ham, nima uchun men Bunyodkor va Paxtakorga yosh o'yinchisini oliy ligada toblab beraman, kel, o'z akademiyamga jiddiy etibor beray deydi.
- Yangi yilda biz 1997 yilda tug'ilgan bolalarga o'yin amaliyotini berishimiz lozim. Har yili yoshlar jamoamiz va akademiyamizni yoshartirishimiz kerak, chunki ularning ortidan boshqalari chiqib kelishyapti. Ichidan saralanganini olib qolib, boshqalariga ham jamoa topib berish vazifalarimizdan biri. Ammo so'nggi paytlarda hamma Paxtakor va Bunyodkor akademiyasiga kirishni istab qolgan. Bu erda raqobat kuchli, agar PFL siz aytayotgan ishni qilsa, bularga ham boshqa jamoalardan taklif tushardi. Qisqasi, men bu taklifingizni maqullayman.
- Yoshlar ligasida chegaraning 23 yosh deb belgilanishi to'g'rimi? 23gacha yosh bo'lib 30ga to'lib faoliyatni tugatishyapti. 7 yillik muddat kam emasmi? SHu ligani 21 yoshgacha qisqartirsak nima bo'ladi?
- Biroq kattalarga ham joy bo'lishi shart. Zahirada o'tirib qolgan yoki jarohati endi tuzalgan futbolchilar uchun imkon berish lozim. Lekin 21 yoshgachalar + 3ta katta futbolchi qilsak bo'ladi. SHu yoshgacha asosiy tarkibga kirmadingmi, marhamat, birinchi ligada o'yna. Lekin bazi klublar bunga qarshi bo'ladilar. Sizlarda yoshlar bor-da! deb etiroz bildirishlari mumkin. Hamma jamoa ham moliyaviy ahvoldan kelib chiqib birdaniga akademiyani shakllantirishi oson emas.
- Maqsadimiz professional ligani tashkil qilish ekan, jiddiy talablarni bajarmagan jamoalarni quyi ligaga kuzatib qo'yaylik. Hozir shunday paytda turibmizki, yo futbolimizni rivojlantirib yuborishimiz kerak bo'lgan qarorni qabul qilishimiz lozim yoki botqoqqa kuzatishimiz. Pastdagilar yuqoridagi to'rtta jamoaga intiladimi yoki to'rtta peshqadam o'rtamiyonalarning saviyasiga tushib qoladimi?
- Qiyin vaziyat. Klublarimiz o'zlarini moliyaviy jihatdan taminlay olmas ekanlar, keyingi yil rejasini tuza olmaydilar. Yana bir tarafi, futbol – oddiy o'yin emas. Uning ijtimoiy ahamiyatini ham inobatga olish zarur.
- Yana bitta kamchiligimiz - futbol ichidagi aksariyat rahbar va murabbiylar o'zaro muloqotda bo'lmaydilar. Hozir Paxtakor chempion bo'lyapti, Bunyodkor... bu – yillar o'tib statistikada qoladigan natijalar, xolos. Ammo futbolning jozibasi so'nib boryapti. Abramovmi, Qosimovmi – kim murabbiy bo'lmasin, g'iybat qiladiganlar chiqaveryapti. Mana shu narsalarning barchasiga nuqta qo'yish vaqti kelmadimikan? Bir safar Bahrom Davlatovni maqtab maqola yozganim uchun “buyurtmachi”ga chiqarib qo'yishdi. Vaholanki, Davlatov bilan biron marotaba yuzma-yuz bafurja gaplashmaganman...
- (kuladi) SHu kungacha birorta murabbiy yoki futbol rahbari bilan ziddiyatga bormaganman. Avvallari o'yindan oldin ikki jamoa murabbiylari uchrashib, osh ustida bemalol suhbatlashib o'tirar edik. Yurtimizga kelgan jamoa ustozini mehmon qilardik. Ammo maydonda kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonar edi. Hozir birov bilan uchrashib tushlik qilish tugur, telefonda gaplashishga cho'chib qoldi odam. Noto'g'ri tushunishadi. Hozir ikkita murabbiy uchrashib qolsin, tamom – darrov turli behuda gap-so'zlar tarqaladi. Afsuski, murabbiylar o'rtasida muloqot, fikr almashish yo'qolib bormoqda. Aslida, aynan o'zaro uchrashuvlar, muloqotlar, tortishuvlar orqali yangi xayrli ishlarni amalga oshirishimiz mumkin.
- Turli suhbatlar – yoshlar uchun katta manaviy ozuqa. Masalan, men Paxtakor klubi sport direktori Grigoriy Ceytlin bilan safarlarda ko'p suhbatlashaman. Katta tajribali odam bilan suhbatlashganingizdan keyin dunyoqarashingiz o'zgaradi...
- Futbolchi bo'lganimda murabbiylar bizga juda iliq munosabatda bo'lar edilar. Keyinchalik men ham shogirdlarim bilan shunday munosabatni yo'lga qo'ya boshladim. Biz kattalardan ko'p narsani o'rganganmiz. Bundan buyon ham shunday bo'lishi maqsadga muvofiq.
- Hozir ko'pchilik futbolchilar shartnoma imzolaguniga qadar to'p tepayotgandek, hamma ham o'z ishini sidqidildan bajarmayapti...
- Biz to'p tepgan paytda o'yinga sovuq avtobusda borib kelar edik. Ammo hech kim nolimasdi. Buning uchun kasbni yaxshi ko'rish kerak. Axir sen sevgan ishing bilan shug'ullanyapsan va shuning uchun maosh olyapsan. Afsuski, bugungi ayrim yosh futbolchilar yaratilgan ajoyib shart-sharoitda ham nolish uchun sabab topishadi...
- SHunday ekan, UEFAga o'xshab moliyaviy feyr pleyni yo'lga qo'yishimiz kerakdir. Bugun Nasaf, Lokomotiv, Bunyodkor maosh berish borasida qolgan 11ta jamoadan jiddiy farq bilan oldinda. Paxtakordan boshqa har bir jamoa, keyingi yil bizning homiy qancha pul berar ekan degan fikrda o'tiradi. Klubdan pul qochsa o'z-o'zidan maosh tushadi. Nima uchun maoshni pul borligida qisqartirib, tejalgan mablag'ni boshqa yo'nalishlarga ishlatmayapmiz? Futbolchi ketib qoladimi? Menimcha, yo'q, nari borsa o'ntasi ketadi. Lekin ularga ham boshqa jamoalarning ko'zi uchib turgani yo'q!
- Bu fikringizda ham jon bor. O'zbekistonda futbolchilarning maoshi ancha yaxshi. Eng past o'rinda turadigan jamoa futbolchisi ham yil boshida ko'tarma puli oladi. Klubimizda ishimizni biroz boshqacharoq yo'lga qo'yganmiz. Ko'tarma puli yo'q. Uchta musobaqada ishtirok etamiz va ularda erishilgan natijalarga qarab bonuslar belgilangan. Bu yil kubokdayam, chempionatdayam g'alaba qozondik, chempionlar ligasida guruhda muvaffaqiyatli ishtirok etdik. SHuning uchun endi futbolchilar oldida bergan vadalarimizning ustidan chiqamiz. Bunga legionerlarimiz ham rozi. Masalan, Pishurga Lokomotiv jiddiy qiziqyapti. Futbolchining o'zi esa kelasi yilda ham Bunyodkorda o'ynamoqchi. Buning uchun yangi talablar qo'ygani yo'q. “Temiryo'lchilar” davralar oralig'ida To'raev va Hasanovga qiziqish bildirishgan edi. Monelik qilmoqchi emasmiz. Buni sog'lom raqobat deb bilaman. O'z paytida biz ham Paxtakordan o'yinchi sotib olganmiz.
- Katta oylikdan pul tejash orqali muxlislarga investiciya kiritish kerak deb o'ylayman. Sanoqli jamoalar pulni infrastruktura va maktabga yo'naltiryapti. Qolganlari byudjetni murabbiy va futbolchilar o'rtasida bo'lib olish bilan band. SHarflar, futbolkalar chiqarish, turli tadbir va tomoshalar o'tkazish kerak emasmi?
- Bu borada tajribali mutaxassislarimiz etishmayapti. O'z paytida bu ishlarni qildik, ammo ularni rivojlantiradigan kishi bo'lmadi. 2014 yili muxlislarni stadionga jalb qilish borasida katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Stadionimiz direktori biz bilan ko'plab xorij safarlarida bo'lib tajriba o'rganyapti. Bir qator samarali chora-tadbirlarga tez orada ishqibozlarning o'zlari guvoh bo'lishadi degan umiddaman. SHuningdek, futbolni rivojlantirish uchun nafaqat futbolchilar, balki klub xodimlari ham o'z hissalarini qo'shishlari shart. Lekin klublarda ishlayotgan hamma kadrlar ham futbol bilan yashashyaptimi? Afsuski, yo'q. Aksariyati pul uchun ishlaydi, xolos. Futbolda faqat uni chinakamiga yaxshi ko'radiganlar ishlashi lozim. SHu yo'l orqali birlashgan holda futbolimizni rivojlantirishimiz kerak.
Mutolaa qilganingizdek, uzoq davom etgan suhbat mobaynida Baxtiyor aka Boboevning faoliyati va maqsadlarini qamrab olishga harakat qildik. Bahsli vaziyatlarda ikkinchi tomonni ham eshita olishi bu kishining ustun jihatlaridan biri bo'lsa kerak degan xulosaga keldim. Odatda, bazi rahbarlar jurnalist tomonidan bildirilgan fikrni shunchaki aql o'rgatish sifatida qabul qiladi. Bu suhbatda barchasi boshqacha bo'lgandek. Intervyu davomida takidlab o'tilganidek, o'zbek futboli ravnaqi yo'lida barchamiz murosa qilgan holda, hamjihatlik bilan ishlashimiz va xalq oldidagi masuliyatli vazifalarni amalga oshirish lozim deb ishonaman.
P.S: Suhbatni tashkil qilishda yaqindan yordam bergani uchun “Bunyodkor” futbol klubi matbuot xizmati boshlig'i Mirzahakim To'xtamirzaevga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar