So’nggi yangiliklar

17:10Ўзбекистон - Испания. Асосий таркибимиз маълум  15 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  3 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  9 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  19 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  15 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5

EKL. SHomurodov 62 daqiqa harakat qilgan o'yinda "Roma" "Zarya"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

EKL. SHomurodov 62 daqiqa harakat qilgan o'yinda "Roma" "Zarya"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Konferenciyalar ligasi "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Zarya" - "Roma" uchrashuvi yakunlandi.

"Zarya" (Ukraina) – "Roma" (Italiya) 0:3

21.45, «Slavutich-Arena»

Gollar: 0:1 – 7 El-SHaaravi, 0:2 – 66 Smolling, 0:3 – 68 Abraxam.

Zarya – Macapura, Favorov (Snurnicyn, 90), Imerekov, Cvek, Xomchenovskiy, Kochergin, Buleca (Zaxedi, 69), Nazarina, Gromov (Ovusu-Frimpong, 90), Kabaev (Lunev, 83), Sayyadmanesh (Kristian, 69).

Roma – Ruy Patrisiu, Rojer, Smolling, Kumbula, Kalafori, Kristante, Pellegrini (Vilyar, 77), Darbo (Diavara, 70), El-SHaaravi (Mayoral, 78), SHomurodov (Abraxam, 62), Karles Peres (Dzanolo, 62).

Ogohlantirishlar: Kumbula (81), Ruy Patrisiu (83).


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Roma" yirik hisobda g'alaba qozonib, turnirdagi zafarli yurishini davom ettirmoqda.

90+1. "Zarya" da ikki o'zgarish: Ovusu Gromov o'rniga, Favorov o'rniga esa Snurnicin o'yinga qo'shildi.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Abraxam Mayoralni yaxshi vaziyatga olib chiqqandi, biroq "Real"ga tegishli futbolchi zaxira o'yinchisi ekanini isbotladi.

85. Abraxam to'pni to'xtata olmadi. Aks holda darvozabon qarshisida yolg'iz qolib, uni ko'zyosh to'kishga majbur qilishi mumkin edi.

83. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p noaniq ketdi.

81. OGOHLANTIRISH: Kumbula raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi.

80. "Zarya"ning ham aniq zarba beradigan kuni bor ekan, Patrisiu ishonchli harakat qildi.

77. "Roma"da o'zgarish: Mayoral Pellegrini o'rniga, Vilyar El-SHaaravi o'rniga uchrashuvga qo'shildi.

Oxirgi o'n daqiqada rimliklar ikki gol kiritgan bo'lsa-da, ekran qarshisida uchrashuvni kuzatayotganlar kamaygan bo'lsa kerak.

73. "Roma" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi, zarba Patrisiuning "magnit"li qo'llariga borib tushdi.

70. "Roma" tarkibida Divara Darbo o'rniga qo'shildi.

69. "Zarya"da ikki o'zgarish: Kristian va SHaxab Buleca hamda Allaxyarni almashtirdi.

68. GOOOLLL!!! Abraxam ikkinchi to'pga teginishida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hisob yirik ko'rinishga keldi.

66. Gooolll! Smolling ham bugun bayram qiladigan bo'ldi. Burchakdan uzatilgan to'pga himoyachi "kalla qo'ydi".

64. ZARBA! Abraham maydonga tushiboq, o'z hisobiga gol yozib qo'yishi mumkin edi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

62. "Roma"da o'zgarish: Eldor maydonni tark etdi, uning o'rniga raqobatdoshi Abraham maydonga tushdi. SHuningdek, Zaniolo ham Peres o'rniga o'yinga qo'shildi.

59. CHap qanotdan uzatilgan to'pni "Roma" futbolchisi darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

57. Xavfli hujum! Peres yaxshi vaziyatga chiqib borib, darvozabon mahoratini sinab ko'rgandi, qaytgan to'pga esa SHomurodovdan ilgariroq himoyachi etib keldi.

54. Xavfli vaziyat! "Zarya"da yaxshi imkoniyat bo'lgandi, kombinaciyalarni yakunlaydigan mard topilmadi.

52. SHomurodovning pasi o'xshamadi, menimcha u Toshkentdagi yig'inga kelmasligidan xafa ko'rinadi.

50. "Roma"da yaxshi vaziyat bo'lgandi, palapartishliklar natijasida El-SHaaravi raqib posboni bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Italiya hujumchining qulay zarba berishiga darvozabon yo'l qo'ymadi.

49. Mehmonlar o'ng qanotdan hujum boshlagandi, so'nggi uzatma aniq bo'lmadi, "Zarya" futbolchisi to'pni olib qo'ydi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI.

Umid qilamizki, bugun tabloda Eldor SHomurodovning nomi aks etadi.  Ishdan toliqib kelib, kamiga xotini bilan televizor pultni talashgan holda uyqudan qolgan tomoshabinlar haqqi, Eldor gol urmasa bo'lmaydi. Jozening qovoqlari yomon, istalgan vaqt unga zaxira o'rindig'idan joy hozirlab berishi mumkin.


BIRINCHI BO'LIM STATISTIKASI

To'pni nazorat qilish: 45-55

Zarbalar: 3-5

Aniq zarbalar: 1-4

Noaniq zarbalar: 2-1

Qo'polliklar: 3-2

Burchak zarbalari: 3-3

Jarima zarbalari: 2-3


45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi.

42. Zarba! Yana bir bor o'z mahoratini sinovdan o'tkazgandi, uning zarbasi esa kuchlilik qildi hamda darvoza ustunidan yuqorilab ketdi.

39. "Roma" g'alaba qozonayotganiga qaramay, jamoada muammolar ko'zga tashlanmoqda. Mourinyuning bloknoti uchrashuv so'ngigacha roman holiga kelsa, ajabmas.

36. SHomurodov ochilishga harakat qildi, unga etkazilgan to'pni raqib himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

34. Maydon markazida to'p uchun kurashda "Zarya" futbolchisi engib chiqdi, hujum esa mezbonlarning qo'polligi bilan yakunlandi.

SHomurodov endi o'yinga kirishayotgan bir pallada miriqib reklama tomosha qilishga nima etsin!

29. SHomurodov!!! Pelligrini Eldorni yaxshi vaziyatga chiqargandi, uning zarbasini esa darvozabon qaytardi. "Zarya" muxlislari posbonni olqishlamoqda, o'zbek muxlislari esa, aksincha...

28. Bugun faqat El-SHaaravi zarba berishiga kelishib olishgan shekilli.

SHomurodov qaydasan, qachon so'zing aytasan...

24. Mezbonlar uzoqdan zarbalar yzllamoqda, biroq hali posbonga kelib tushmayapti, "arxitektor"ning taktik himoyachilarini to'pga qalqon bo'lishmoqda.

"Roma" o'tgan mavsum A Seriyada ettinchi o'rinni egallab, chempion "Inter"dan 29 ochko ortda qoldi va Konferenciyalar ligasidagi birinchi Italiya klubiga aylandi. O'tgan mavsumda Paulu Fonseka boshchiligida jamoa UEFA Evropa ligasi guruh bosqichida g'olib chiqqan, shundan so'ng "Braga", "SHaxtyor" va "Ayaks" pley-off bosqichida taslim etildi, biroq yarim finalda "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berishdi.

22. ZARBA! El-SHaaravi chap qanotdan to'pni o'ziga to'g'rilab, darvoza tomon zarba yo'lladi, darvozabon mahoratini namoyish etdi.

20. Peres o'ng qanotdan to'p bilan oldinga borib, raqibi bilan kimo'zarga o'ynamoqda bo'ldi, biroq o'zi ojizlik qildi.

Ukraina Premer-ligasida ketma-ket ikkinchi mavsum uchinchi o'rinni egallagan "Zarya" ketma-ket sakkizinchi marta Evropa musobaqalarida ishtirok etmoqda. Oldingi barcha ishtirok Evropa ligasida bo'lgan. SHu bilan birga, Lugansk klubi hech qachon pley-offga chiqa olmagan.

17. Mezbonlarning hujumi zarba bilan yakunlandi. Biroq "Zarya"ning zarbasi zargarona chiqmadi.

12. SHomurodov hujum boshlab, katta tezlikda oldinga borayotgandi, lekin qanot futbolchisining boshi aylanib, to'pni topolmay qoldi.

10. Nihoyat mezbonlar hujum boshlashdi, biroq Smolling hujumni zararsizlantirdi.

Maydon markazidan uzatilgan to'pni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan italiyalik futbolchi darvozabonni aldab o'tib, bo'sh darvozaga to'pni joylab qo'ydi.

6. Gooooolll!!! El-SHaaravi hisobni ochmoqda — 0:1!

5. "Roma"ning hujumi o'xshamadi, mezbonlar sardorining maydon markazigacha yugurib kelib oshirgan to'pi esa rimliklarga kelib tushdi.

3. SHomurodov tomon to'p uzatilgandi, himoyachi u bilan bahslashishni istamadi hamda to'pni tepib yubordi.

1. Dastlabki daqiqalardan futbolchilar 100 foizlik energiyasini sarflamoqda, yani bor kuchi bilan yugurishmoqda.

1. Peshonasi yaltiragan hakam hushtagidan so'ng rimliklar uchrashuvni boshlab berdi.

"Bo'rilar" 4-2-3-1 taktikasida to'p suradi. SHomurodov odatdagidek markaziy hujumda.

Bu "Zarya" uchun Italiya klublari bilan o'zaro ilk bor to'qnash kelishi hisoblanadi.

"Roma" Ukraina jamoalariga qarshi 12 ta o'yinda 6 ta g'alaba va shuncha mag'lubiyatga ega. Rimliklarning Ukrainaga oxirgi tashrifi Evropa ligasi doirasida o'tgan mavsum "SHaxtyor"ga qarshi o'tgan, Kievdagi bahsda "bo'rilar" 2:1 hisobida ustun kelib, 1/8 finalda umumiy 5:1 hisobida g'alaba qozongandi.

O'ylaymizki, bugun SHomurodovning gollarini sanab sanog'iga etolmay qolamiz.

Tribunalarda o'zbekistonlik muxlislar ko'rinish bermoqda.

Bugun Ukraina va Italiyaning UEFA Konferenciyalar ligasidagi yagona vakillari ikkinchi davrada Zaporoje shahrida uchrashadi.

"Zarya" ushbu mavsumni Norvegiya chempioni "Bude-Glimt"dan 1:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladi, "Roma" esa "Olimpiko" stadionida "CSKA Sofiya"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, birinchi davradagi eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari. Ukrainadagi «Slavutich-Arena»da yaqin 90 daqiqa davomida qiziqarli uchrashuvdan bahramand bo'lamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика