Ehtimoliy yulduzlar: yaqqol o'sishga erishayotgan top-klublar tarbiyalanuvchilari
11 jan 2023 12:50
Yangiliklar
Ehtimoliy yulduzlar: yaqqol o'sishga erishayotgan top-klublar tarbiyalanuvchilari
Ammo, bu doim ham ishlayvermaydi. Akademiya va o'z tarbiyalanuvchilariga etibor berish muhimroq. Yosh o'yinchilar to'g'ri yondashuv bilan birinchi jamoani jiddiy kuchaytirishlari mumkin. Bugun yaqqol o'sishga erishayotgan top-klublar tarbiyalanuvchilari haqida gaplashamiz.
Alexandro Balde ("Barselona")
"Barselona" bir necha yillardan buyon Jordi Albaga o'rinbosar izlamoqda. Ammo, bu masalani hoziroq hal qilish mumkin. Alexandro Balde asta-sekin Kataloniya klubi "qariya"sing o'rnini uzoq muddatga egallaydigan o'yinchiga aylanishi mumkin.
Ispan o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar"ning birinchi jamoasida debyut qildi, joriy mavsum esa Xavidan ko'proq o'yin amaliyoti olmoqda. 19 yoshli fulbek La Liga doirasida 13ta o'yinda 3ta assist qayd etdi, shuningdek CHempionlar ligasidagi 4ta bahsda to'p tepdi. Balde Xavi qo'l ostida "Barselona"ning asosiy tarkibidan joy egallashi mumkin.
Koul Palmer ("Manchester Siti")
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani doim transfer bozorida katta pullar sarflashda ayblashadi. Ammo, mutaxassis vaqti-vaqti bilan yoshlarga ham imkoniyat beradi. O'z vaqtida ispan ishongan Fil Fodendan hozirdan nimalar kutish mumkin. Endilikda butun hayotini "Manchester Siti" akademiyasida o'tkazgan Koul Palmer asta-sekin "shaharliklar"ning birinchi jamoasiga o'tkazilmoqda.
20 yoshli hujumkor xavbek hozircha doim ham samarali harakatlar qayd etmayapti, ammo maydonga tushgan payt o'yinni buzib qo'ymayapti. Palmer – kelajakda "shaharliklar"ni tark etishi mumkin bo'lgan Bernardu Silvaning ehtimoliy o'rinbosari.
Riko Lyuis ("Manchester Siti")
Yorqin kelajak kutayotgan bo'lishi mumkin bo'lgan yana bir "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi. Lyuis "shaharliklar"ning birinchi jamoasida joriy mavsum debyut qildi va hozircha o'zini juda yaxshi ko'rsatmoqda. Rikoning "Manchester Siti"da kattalar darajasidagi ilk golini CHempionlar ligasidagi debyut o'yinida urganini qayd etish kerak. Angliyalik "shaharliklar"ga "Sevilya"ni yutishda yordam berdi va "Manchester Siti" tarkibida CHLda gol urgan eng yosh o'yinchiga aylandi.
18 yoshli fulbek bundan tashqari "Liverpul"ga qarshi Liga kubogida doim hujumni qo'llab quvvatlagan holda jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Lyuis APLda allaqachon oltita o'yinda ishtirok etdi va buyog'iga ko'proq o'yin amaliyoti olishi mumkin.
Alexandro Garnacho ("Manchester Yunayted")
Manchester qizil qismining ham o'z yosh qahramonlari bor. Garnacho MYUning birinchi jamoasida o'tgan mavsumda debyut qildi, ammo joriy mavsum ko'proq eslab qolinmoqda. 18 yoshli vinger avvaliga manchesterliklarga "Real Sosedad"ga qarshi Evropa ligasi doirasidagi o'yinda g'alabani taqdim etdi. Bu o'yindagi yagona gol argentinalik uchun "Yunayted" tarkibidagi ilk gol bo'ldi.
Garnacho shundan so'ng 10 kun o'tib "Fulxem" (3:2)ga qarshi qo'shib berilgan 3-daqiqada g'alaba golini urdi. Yigitchada katta imkoniyat bor. MYUning hozirgi ustozi Erik ten Xag yoshlarga ko'p imkoniyat berayotgani uning omadidir.
Yussufa Mukoko ("Borussiya", Dortmund)
Mukoko "Borussiya"ning birinchi jamoasida 2020/21 yilgi mavsumda debyut qilgan va Bundesligada hatto 3ta gol ham urgandi. Ammo, yosh forvard joriy mavsum o'zida yaxshiroq taassurot qoldirmoqda. 18 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi. Mukoko "arilar" uchun muhim o'yinchiga aylandi.
U joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi "SHalke" (1:0)ga qarshi g'alaba golini urdi, "Bavariya" (2:2) bilan o'yinda "Borussiya"ga durang qayd etishga yordam berdi, shuningdek "SHtutgart" (5:0) va "Boxum" (3:0) tor-mor keltirilishida ishtirok etdi. Nemis gol urgan va assist qayd etayotgan o'yinlar ham yo'q emas. O'yinchining shartnomasi yakunlanmoqda, ammo katta ehtimol hamkorlikni davom ettirish ikkalar tomon uchun ham yaxshi.
Fabio Miretti ("Yuventus")
Oldin "Yuventus" ustozlari akademiyaga kamroq etibor qaratishardi, ammo hozirda barchasi o'zgargan. Massimiliano Allegri birinchi jamoaga ko'proq yosh o'yinchilarni jalb qilmoqda. Ularning orasida Fabio Miretti o'zgacha ajralib turibdi. U o'tgan mavsum "byankoneri"ning birinchi jamoasida debyut qildi, shundan so'ng u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni boshladi.
19 yoshli xavbek joriy mavsum A Seriya doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushdi, ulardan 8tasida asosiy tarkibda maydonga chiqdi. Yosh italiyalik shuningdek Turin klubi safida CHempionlar ligasi doirasidagi beshta o'yinda ishtirok etdi. Miretti hozirdanoq deyarli har bir o'yinda harakat qilmoqda. Adrien Raboning mavsum so'nggida "Yuventus"dan ketishi, Pol Pogbaning tez-tez jarohat olayotganini hisobga olsa, "qora-oqlar" tarbiyalanuvchilari oldida katta imkoniyatlar ochilmoqda.
Armando Broya ("CHelsi")
Broya 2019/20 yilgi mavsum APLda 5 daqiqa o'ynadi. U shunday qilib "CHelsi"ning birinchi jamoasida debyut qildi. Futbolchi shundan so'ng "Vitess"ga yo'l oldi va u erda ijara asosida harakat qildi. Yosh forvard Niderlandiya Eredivizisi doirasida 30ta o'yinda 10ta gol urishga erishdi. Armando keyin "Sautgempton"da bir yil harakat qildi. Natijalar APLda pastroq bo'ldi (32ta o'yinda 6ta to'p), ammo Angliya chempionati darajasi ham boshqa edi.
21 yoshli hujumchi joriy mavsum "CHelsi" birinchi jamoasining o'yinchisiga aylandi. Albaniyalik "ko'klar"ga "Vulverxempton" (3:0)ni mag'lub etishda va "Manchester Yunayted" (1:1) bilan durang qayd etishda yordam berdi. Ammo, futbolchi jarohat oldi va shu sabab mavsumning ikkinchi qismini o'tkazib yubordi. Jarohat futbolchining kelajagini oldindan belgilamasligi muhim. "CHelsi"ning hujumida muntazam ravishda muammolar yuzaga kelmoqda, akademiyadan chiqqan yosh forvard esa hech bo'lmasa ularning bir qismini hal etishda yordam berishi mumkin.
Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar