So’nggi yangiliklar

08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  100 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0

Egor Krimec: “Xitoyda hech bir jamoani osonlikcha yutib bo'lmaydi” Yangiliklar

Egor Krimec: “Xitoyda hech bir jamoani osonlikcha yutib bo'lmaydi”

Yosh bo'lishiga qaramay, “Paxtakor” tarkibida xalqaro uchrashuvlarda ham o'zini ko'rsatishga ulgurgan Egor Krimec qishda Xitoy Superligasiga ko'chib o'tib, “Pekin Guan” jamoasi uchun o'ynashni boshladi.
Dastlab zaxirada qolib ketgan yosh himoyachi keyin asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Biz uning terma jamoa yig'iniga kelganidan foydalanib, Xitoy futboli, yangi jamoasi va boshqa turli saovllarga javob oldik. Egorning o'zbek tilida juda yaxshi muloqot qilishini takidlab o'tamiz.

- Egor, ayni paytda o'zingiz va jamoangizning ishlari qanday ketyapti?
- Juda yaxshi. Superligada hozircha uchinchi o'rinni egallab turibmiz. Oldimizga Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanma beradigan o'rinlardan birtini egallash vazifasi qo'yilgan. Umid qilamanki, mavsusm yakunida buni uddalay olamiz. O'zim esa asosiy tarkibda maydonga tushishni boshlab yubordim.

- Xitoyga moslashish jarayoni ortda qoldimi?
- Albatta. Mahalliy turmush tarzi va yangi shaharga ko'nikib olshishim unchalik qiyin bo'lmadi. Hozir bu borada hech qanday muammo yo'q.

- So'zlashish va mahalliy taomlar borasida qiyinchiliklar uchramadimi?
- Boshida bo'ldi. Lekin bularni ham asta-sekinlik bilan bartaraf qilib bordim. Hozirgi holatim bo'yicha siz aytgan jihatlardan kamchiliklar yo'q.

- Dastlab asosan zaxira o'rindig'idan o'rin oldingiz. O'sha paytlarda asosiy tarkibga kirishib ketmasa kerak qabilida fikrlar bo'ldimi?
- Ha, chempionatda uchrashuvlarni zaxirada kuzatganimdan keyin bazida shunday o'yladim. Lekin keyinchalik murabbiy har bir bellashuvdan so'ng menga bir oz vaqt zarurligini aytib, jamoaga to'liq ko'nikib olganimdan keyin asosiy tarkibda o'ynashimni aytdi. Bu esa ko'nglimni ko'tardi, xotirjam qildi va mashg'ulotlarda avvalgidek ishlashda davom etdim. Keyinchalik iyun oyining o'rtalaridan bahslarni dastlabki daqiqalardan boshladim.

- Murabbiy sizga nimalar deb takidladi?
- U menga ishonishini bildirdi. Faqat yosh bo'lganim uchun mahalliy futbolni o'rganib olishim lozimligini aytdi. Uning maslahatlariga quloq solib, uchrashuvlarni diqqat bilan kuzatib bordim. Keyin esa menga imkoniyat berishi haqida gapirdi.

- Faoliyatingiz mobaynida ko'plab murabbiylar bilan ishlashga ulgurdingiz. Aleksandr Stanoevichning o'ziga xos uslubi nimalarda ko'zga tashlanadi? Mashg'ulot o'tkazishda uning boshqalardan farq qiladigan jihatlari bormi?
- Mashg'ulot o'tkazishda alohida farqli tomonlarini ko'rmadim. Uslubi bor, lekin hamma murabbiy ham mashg'ulotlarni yaxshi o'tkazish va shu orqali futbolchilarni o'yinga munosib tayyorlashga harakat qiladi. Lekin jamoani boshqarishda Stanoevichda boshqacha xususiyatlar bor. Masalan, Pekinda o'ynagan kunlarimiz uchrashuv boshlanishiga to'rt soat mqolganda stadionga etib kelsak kifoya. Bellashuvdan avval bazaga yoki biror joyga borib to'planishimiz talab etilmaydi. Barcha bahsga uyidan etib keladi. Bu tarafdan uni demokrat deb aytish mumkin. Lekin erkinlik berganiga yarasha natija talab qilishni ham biladi. Bundan tashqari, mashg'ulotlarni ertalab o'tkazadi. SHundan so'ng futbolchilar o'z ishlari bilan band bo'lib, oila davrasida hordiq chiqarishlari mumkin. Safardagi bellashuvlarga esa 2 kun avval etib boramiz.

- Mahalliy futbolchilarning saviyasi haqida nima deysiz? Xitoy terma jamoalari oxirgi yillarda aytarli muvaffaqiyatlarga erisha olmayapti. Bu xitoylik o'yinchilarning saviyasi pastligi bilan bog'liqmi?
- SHunday deb aytsa ham bo'ladi. CHunki 3-4 jamoani hisobga olmaganda boshqa klublarda xitoylik futbolchilarning saviyasi yaxshi emas. “Guanchjou Evergrand”da terma jamoaning asosiy tarkib futbolchilari o'ynaydi. SHuningdek, bizning jamoa va yana 2 klubda shunday futbolchilar mavjud. Xitoyliklarda jismoniy tayyorgarlik va tezlik bo'yicha muammolar yo'q, lekin o'yinni o'qish hamda tez fikrlash borasida kamchiliklar bor. SHu sababli Xitoy terma jamoasi ijobiy natijalarni qo'lga kiritmayapti.

- “Pekin Guan”da 6 yildan buyon Xitoy chempionatining eng yaxshi yarim himoyachisi Darko Matich va 2007 yil Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Frederik Kanute singari tajribali futbolchilar to'p tepishadi. Ular maydondan tashqarida o'zlarini qanday tutishadi?
- Matich haqiqiy professional. 30 yoshdan oshgan bo'lishiga qaramay, har bir uchrashuvda bir xil tarzda o'tkazadi, mashg'ulotda hammadan ko'p ishlaydi. Menga aynna Darko yangi jamoaga ko'nikib olishimda eng ko'p yordam berdi. Kim bilan qanday muomalada bo'lishim, jamoalarning qanday o'ynashi va boshqa zarur malumotlarni etkazdi. Har bir muammoni hal etishda yordamga tayyor turadi. Unga xitoychani to'liq bilishi ham asqotadi. Kanute esa o'z vaqtida Evropada ko'zga ko'ringan hujumchilardan biri bo'lgan. U hozir tezkor emas, lekin tajribasi bilan jamoaga foyda keltiradi. U bilan tez-tez suhbatlashib turamiz. Turli holatlarda maslahatlarini ayamaydi.

- Jamoangizning infratuzilmasi va akademiyasi haqida qanday malumotlar bera olasiz?
- Stadion va tashkiliy ishlarni hal etishda birorta kamchilikni uchratmaysiz. Har bir ish vaqtida ado etiladi. Stadion esa juda katta. Futbolchilar va ishqibozlarga barcha qulayliklar yaratilgan. Akademiya esa Pekindan 1,5 soat uzoq masofada joylashgan. U erda akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 4 qavatli istiqomat joyi barpo etilgan. 8ta maydonda mashg'ulot o'tkazishadi. Har hafta oxirida ular uylariga borib kelishlari mumkin. U erda o'rinbosarlar ham shug'ullanadi. Biz esa turlar orasidagi tanaffusda bazida yig'in o'tkazib turamiz. Akademiyaga bolalar 10 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

- Xitoy chempionatida turli yulduzlarga qarshi harakat qilyapsiz. Konka, Keyta, Ayegbeni, Elkesonni ular safiga kiritish mumkin. Qaysi futbolchiga qarshi o'ynash sizga eng ko'p qiyinchilik tug'dirdi?
- Alohida bir futbolni takidlab o'tmagan bo'lardim. Xitoyda har bir uchrashuv juda keskin o'tadi. Jamoalar har bir o'yinda oxirigacha kurash olib borishadi. Osonlikcha hech bir bellashuvda zafar quchmaysiz. Jamoalar saviyasi bir-biriga ancha yaqin. Faqat “Guanchjou Evergrand” yaqqol favorit. Biz peshqadamlar safida boryapmiz, lekin o'rtamiyona yoki autsayderlarni oson dog'da qoldirmaymiz. SHu sababli o'tgan mavsumda sovrindor bo'lgan klublar bu mavsumda o'rtamiyona pog'onalarda yurishiga guvoh bo'lish mumkin.

- “Guanchjou Evergrand” haqida qanday fikr bildirasiz? Bu jamoa shunchalik kuchlimi? CHempionat tugashiga 6-7 tur qolgan bir paytda ular chempionlik masalasini deyarli hal qilib ulgurishdi.

- Tan olish kerak, guanchjouliklar boshqalardan ustun. Ularda milliy terma jamoaning asosiy tarkib futbolchilari o'ynashadi, legionerlari yuqori saviyali. Marchello Lippi esa futbolchilarning imkoniyatlarini o'stirib boryapti. Natijada bu CHempionlar ligasida ularga qo'l kelmoqda. Hozircha jamoa kurashni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, ajratilayotgan mablag' borasida ham “Evergrand” boshqalardan kuchli.

- Pekinda jamoangiz ishtirokidagi o'yinlarga o'rtacha 40 ming atrofida muxlis tashrif buyuradi. Bu holat hayajonldanish va bosimga olib kelmaydimi? CHunki bizning oliy ligada markaziy o'yinlarda ham 10 mingcha ishqibozlar stadionga keladi xolos.
- Darko Matich jamaoning Kiprdagi yig'ini chog'ida bu haqida menga aytib, bosimga tayyor turishim kerakligi to'g'risida gapirgandi. Keyin chempionatdagi birinichi bellashuvda bunga o'zim guvoh bo'ldim. O'shanda zaxirada qolgandim. Buncha muxlisni ko'rib, dastlab hayajon yuzaga keldi. Lekin barcha narsaga ko'nikib borish mumkin. Boshqa tarafdan 40 ming ishqiboz jamoani qo'llab turganda, bor kuchingni maydonda berishni xohlaysan. Ularga xursandchilik ulashish uchun harakat qilasan. Ishqibozlarimiz juda faol. Ular 90 daqiqa davomida bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turishadi.

- Hozir Xitoyda yurtimizdan 4 himoyachi o'ynamoqda. Avstraliyadan ham ko'plab himoyachilar borligini ko'ramiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Oldinroq aytib o'tdim, Xitoyda mahalliy futbolchilar juda yuqori emas. U erda jamoalar ko'proq yarim himoyachi yoki hujumchilarni xorijdan taklif etishadi. Osiyolik futbolchilar roliga ko'proq himoyachilarni chaqirishmoqda. CHunki chet ellik hujumkor futbolchilarga qarshi ishonchliroq himoyachilar zarur. O'yinni o'qish va sheriklarining o'rnini to'ldirishda xitoylik himoyachilar unchalik kuchli emaslar.

- Xitoyda o'ynayotgan o'zbek futbolchilari bilan ko'rishib turasizlarmi?
- Klublarimiz o'zaro uchrashgan vaqtda. CHunki shaharlarimiz olis masofada joylashgan. SHu sababli asosan telefon orqali ular bilan muloqotda bo'lamiz. Pekin shahri boshqa shaharlardan bir oz uzoqroqda. SHu sababli uchrashuvlarga ham faqat samolyotda etib boramiz.

- Xitoyda jurnalistlarning futbolni yoritib borishi qanday taassurot qoldirdi?
- Juda yaxshi. Har bir uchrashuvdan keyinoq televidenie xodimlari futbolchilardan maydonda intervyu olishadi. Matbuot anjumanlarida ham ko'plab jurnalistlar ishtirok etishadi. Xitoyda futbolga etibor ortib bormoqda. Superliga uchrashuvlarini internet orqali ham maxsus kanalda tomosha qilib borish imkoniyati mavjud.

- Hakamlar, stadion va maydonlar haqida taassurotlar qanday?
- Hakamlik bo'yicha Xitoyda muammolar bor. Avvalgi yillarda kelishilgan uchrashuvlarni tashkil etish tufayli ko'plab hakamlar jazolangan. SHuning uchun ko'plab o'yinlarga xorijdan referilar taklif etiladi. Stadionlarga gap bo'lishi mumkin emas. Barcha sharoitlar bor, ko'plab tomoshabinlar stadionga tashrif buyuradi. Adashmasam, faqat 2ta stadionga 20 ming atrofida odam sig'adi, qolganlari esa katta sig'imli stadionlardir. Muxlislar o'zlarini bayramda o'tirgandek his qilishadi. Maydonlar sifati ham ajoyib. Har qanday havoda bemalol o'ynash imkoniyati mavjud.

- Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan shug'ullanasiz? Pekinni yaxshi o'rganib oldingizmi?
- Mashg'ulotlardan keyin rafiqam bilan Pekinning diqqatga sazovor yoki tarixiy joylarini borib ko'ramiz. Pekinni yaxshi o'rganib oldim. SHaharda tirbandlik kuzatilishi bois motocikl xarid qilganman. Unda tirbandlikdan osonlik bilan o'tib ketish mumkin. Mashg'ulotga borish uchun 3-4 daqiqa sarflayman xolos. Istiqomat qilayotgan uyim stadionga yaqin.

- Xitoy futbolida o'zingiz uchun kutilmagan biror holatga duch keldingizmi?
- Yo'q. CHunki Xitoyga borishimdan avval 3 yildan buyon “Jiangsu Seynti”da o'ynab kelayotgan Kamoliddin Tojiev bilan suhbatlashgandim. Kamol aka u erdagi sharoitlar, futbol va boshqa masalalar bo'yicha malumot bergandilar. SHu sababli kutilmagan vaziyatlarga duch kelmadim.

Behzod NAZAROV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика