So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Egor Krimec: "Xitoy chempionatida fovoritlar yo'q" Yangiliklar

Egor Krimec: "Xitoy chempionatida fovoritlar yo'q"

So'nggi yillarda rivojlanib borayotgan Xitoy milliy chempionatidan joy olish biznikilarga ham qiyin bo'lib boryapti.
Joriy mavsum OCHLda bosh sovrinni qo'lga kiritgan "Guangju" jamoasi Xitoy Superligasining saviyasi haqidagi savolga javob bera oldi.

"Birinchi yig'inga kelganimda serbiyalik murabbiyimiz Aleksandr Stonoevich menga yosh ekanligimni aytib, shoshmasdan tarkibga qo'yishini takidladi. Ilk xorij chempionati bo'lgani uchun moslashish uchun vaqt kerak ekanligini menga tushuntirdi. Birinchi o'yinim 2-turga to'g'ri keldi. Bahs davomida Kanutega golli pas berdim. SHundan keyin murabbiyimiz meni asosiy tarkibga kirita boshladi va o'z o'yinimni topib oldim” – deydi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi.

- Jamoa azolari seni qanday qabul qilishdi? CHunki Xitoyda hozir legionerlarga jiddiy etibor berishyapti...
- Avvaliga mensimaganlar ham bo'ldi. Keyin mashg'ulot va o'yinlardagi harakatlarimni kuzatib, menga nisbatan munosabatlari o'zgardi. Jamoamiz ahil.

- SHunday paytda nimalarni o'ylading, qaytib ketish fikri bo'ldimi?

- Aksincha, O'zbekistonda ham yaxshi o'yinchilar borligini isbotlashim kerak edi va buni uddalay olganimdan xursandman.

- Ichki chempionat kuchayib borayotgan bir paytda Xitoy terma jamoasining ishlari yaxshi emas?
- CHunki bu erda asosiy ishni legionerlar bajaradi. Terma jamoada esa o'yin tizginini o'z qo'liga oladigan futbolchilar yo'q. Hozir Lippining kelishi haqida gaplar yuribdi. U "Guangju" bilan OCHLda g'alaba qozondi. Qolaversa jamoa tarkibining asosi MTJ azolari hisoblanadi. CHempionat kuchliligining ham asosiy sababi legionerlar. Mahalliy o'yinchilarning barchasida saviya deyarli bir xil.

- O'tgan yil "Guangju" so'nggi turdagina chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu yil esa chempionlikni osonlikcha hal qilgandek. Ikkinchi o'rinni olgan "Jiangsu" esa aksincha quyi ligaga tushib ketishiga oz qoldi.

- 2013 yili "Jiangsu"ga katta omad kulib boqdi. Jamoa o'zimizdan "Neftchi"ga o'xshab o'ynaydi. Asosan yarim himoyachilarning faolligi evaziga. Bu yil negadir ularning o'yini biroz o'xshamadi.

- U erda O'zbekistonlik futbolchilarga bo'lgan etibor qanday?
- Ajratish yo'q. Bu esa futbolda eng muhimi. Keyin ko'p narsa bosh murabbiyga bog'liq. Bizning murabbiy Kanutega qanday munosabatda bo'lsa, menga ham shunday bo'lyapti.

- Bizning oliy ligadan farqli ravishda Xitoyda hech bir jamoa o'yindan oldin g'alaba qozonmaydi. Bunday futbol sen uchun qiziq bo'lyaptimi?

- Jamoaga birinchi kelganimda bosniyalik jamoadoshim Darko Matich, bu erda oddiy o'yin yo'qligini aytgandi. Amalda o'zim ham shunga guvoh bo'ldim. Stadion muxlislar bilan to'lib toshadi. Uy o'yinlarimizda aynan muxlislar hisobiga g'alaba qozonyapmiz, har bir o'yinimizda eng kamida 40 000 nafar muxlis keladi va bu manaviy jihatdan juda katta ozuqa. Xitoy chempionatida "Guangju"ni inobatga olmasangiz, o'yindan avval kim fovorit, kim autsayder bila olmaysiz.

- Oldingizda "Guangju" bilan Kubok o'yini turibdi. Lippi jamoasi OCHL va chempionatda g'alaba qozondi, sizlarni mensimasligi mumkin. Bu esa "Beyjing" foydasiga ishlashi mumkin.
- Agar shunday bo'lsa zo'r. Lekin Kubok ikkita o'yindan iborat ekanligini hisobga olsak, finalda ikki jamoaga ham oson bo'lmaydi.

- Bu yil jamoangiz uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi...
- Jamoamiz oldiga OCHL yo'llanmasini beruvchi o'rinlardan birini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi. Buni uddaladik. Endigi vazifa Kubokda g'alaba qozonish. CHempionatda bundan ham yaxshi natija ko'rsatishimiz mumkin edi. Biroq OCHL biroz pand berdi. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu erda asosiy ishni legionerlar qilishadi. SHuning uchun zaxiramizdan joy olgan futbolchilarning saviyasi yuqori emasdi. Jamoa azolari 3 kunda bir o'yin o'tkaza olmasligi sabab, chempionat boshida muhim ochkolarni boy berdik.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика