So’nggi yangiliklar

19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  25 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

Egor Krimec: "Hali hech bir o'yinga bu darajada tayyorgarlik ko'rmagandik" Yangiliklar

Egor Krimec: "Hali hech bir o'yinga bu darajada tayyorgarlik ko'rmagandik"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec bilan Bahraynga qarshi o'yin oldidan qisqacha suhbat qurdik.


"Tayyorgarlik juda maromida bo'ldi. Guruhimizdagi hali hech bir o'yinga bu darajada tayyorgarlik ko'rmagandik. Raqibni obdon o'rgandik. Ularning oxirgi vaqtlaridagi ko'plab o'yinlari tushirilgan diskni tomosha qildik, murabbiylar kerakli maslahatlarni berishdi. Bahraynning ojiz nuqtalari haqida mashg'ulotlar paytida murabbiylarimiz bizni boxabar qilishdi", - deya gap boshladi Egor Krimec.


- So'nggi paytlarda Krimecning o'yinlarida pasayish kuzatilmoqda. Buning sababi nimada?
- Bilmadim. Har bir o'yinga bir xil maromda o'ynashga harakat qilaman. O'yinga tayyorgarlikni doimgidek yuqori darajada o'tkazaman. So'nggi oylarda juda ko'p o'yinlarda ishtirok etganim boismi, balki biroz charchoq alomatlari sezilayotgandir. Mavsum yakuniga etib bormoqda. Jismoniy toliqish bo'lib turadi. SHu narsa o'z so'zini aytayotgan bo'lishi mumkin.

- Himoya chizig'i deyarli yangilandi. O'zaro til topishishda muammolar yo'qmi?
- O'yindan-o'yinga bir-birimizni tobora yaxshi tushunib olamiz. Buning uchun uchrashuvlar kerak. Vaqt o'tishi bilan hammasi iziga tushi ketadi deb o'ylayman. Darhaqiqat, himoya chizig'imizda yangiliklar bo'ldi. Uchrashuvlar orqali orqa chiziqdagi o'yinimizni yanada shakllantirib olamiz.

- Bahraynga qarshi o'yin oldidan jamoaning g'alabaga bo'lgan ishonchi qay darajada? Ruhiy tomonlama tayyorgarlik maromidami?
- Maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Bizni maqsad va reja bitta - g'alaba. Orqaga yo'l yo'q. Guruhimizdagi vaziyat shuni taqozo qiladi. G'alabadan o'zgasi bizni qoniqtirmaydi. Jamoada ichki muhit juda yaxshi. Kayfiyatlar alo. Ruhiy tomonlama kerakli tayyorgarlikka egamiz. Barchamiz g'alabaga tashnamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика