So’nggi yangiliklar

09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  3

Egor Krimec: "Beyjing Goan" yangi mavsumda Xitoy chempioni bo'lmoqchi" Yangiliklar

Egor Krimec: "Beyjing Goan" yangi mavsumda Xitoy chempioni bo'lmoqchi"

So'nggi yillarda Xitoy Superligasi jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

Baquvvat homiylar yordamida klublarning infratuzilmasi kuchaytirilmoqda, kuchli legionerlar jalb etilmoqda. Buning natijasi xalqaro arenada ham o'z samarasi bermoqda. Oddiy misol tariqasida "Guanchjou Evergrand" klubining oxirgi 3 yilda 2 marta Osiyo chempionlar ligasida zafar quchganini keltirish mumkin. O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Egor Krimec  yaqin 2 yilni aynan Xitoy Superligasida o'tkazadi. "SHerlar" Krimecni "Beyjing Goan" klubiga ijaraga berishga qaror qilishdi. Himoyachi 2013 yilda ham aynan shu klubda yarim yilga ijara asosida o'ynaganini o'quvchilarimiz yaxshi eslashsa kerak. Biz ayni paytda o'z jamoasi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan hamyurtimiz bilan bog'lanib uning fikrlari bilan qiziqdik. 



- Barchasi ajoyib, jamoa meni juda iliq kutib olishdi, - deya gap boshladi O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi. - CHunki 3 yil oldin ham bu erda faoliyat olib borganman. SHu sababli ko'nikish nisbatan osonroq bo'lmoqda. Lekin mashg'ulotlar anchagina qiyin, ayni paytda asosiy etibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan. Trenajer zalida shug'ullanayapmiz va yugurish mashqlari bo'lmoqda. Bundan tashqari futbolchilarga taktik mashg'ulotlar ham singdirib borilmoqda.

- "Beyjing Goan"dagi o'zgarishlar haqida va klubning bu yilgi maqsadi haqida nima deya olasiz?
- Jamoa yangi mavsumga tayyorlanmoqda. Klub o'z oldiga doim eng yuksak maqsadlarni qo'yadi. Xuddi "Paxtakor" kabi faqat chempionlikni ko'zlaydi. Masalan, o'tgan yil "Beyjing Goan" to'rtinchi o'rinni band etdi. Bu esa klub uchun juda yomon natija deb qabul qilindi. SHu sababli ispaniyalik Gregorio Mansano boshchiligidagi murabbiylar shtabi istefoga chiqarildi, argentinalik Pablo Battalya, xorvatiyalik Darko Matich va shveciyalik Erton Feyzullaxu kabi legionerlarga javob berildi. Jamoaga italiyalik mashhur murabbiy Alberto Zakkeroni bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub to'rtinchi o'rinni olgani uchun o'zgarishlar katta bo'ldi. Bu yil maqsadimiz Xitoy Superligasida chempion bo'lish. 



- Jamoaning yangi murabbiyi Alberto Zakkeroni haqida nima deya olasiz? Uning boshqalardan ajralib turadigan jihati nimada?
- Bu murabbiyni futbol muxlislariga ortiqcha tanishtirib o'tirish shart bo'lmasa kerak. Tajribali murabbiy "Milan" bilan Italiya chempioni bo'lgan, Yaponiya terma jamoasini 2011 yil Osiyo chempioniga aylantirgan. Yaponiya bilan ikki marta Jahon chempionatida ishladi. Biroq to'g'risi hozircha Zakkeronining uslubi haqida aniq bir fikr bildirishim qiyin. Sababi u bilan birga ishlayotganimizga bir necha kun bo'ldi xolos. Murabbiyning gaplariga qaraganda "Beyjing Goan" mavsumda hujumkor o'yin namoyish etadi. Buni qanchalik uddalay olishimizni vaqt ko'rsatadi. Bunday murabbiy bilan birga ishlash har doim ham nasib etavermaydi.

- Sizdan tashqari klubga kelgan legionerlar haqida nima deya olasiz?
- Klub bu yil to'rt nafar legionerni o'z safga qo'shib oldi. Mendan tashqari yana uch nafar braziliyalik futbolchi "Beyjing Goan" sharafini himoya qiladi. Ralf  va Renato Augusto Braziliyaning "Korintians" klubidan taklif etildi. Bu klub oxirgi mavsumda Braziliyada chempionlikni qo'lga kiritdi. Ralf tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi, u 5 yil davomida "Korintians" sharafini himoya qildi. Braziliya terma jamoasida ham bir nechta o'yinlar o'tkazgan.

Renato Augustoga kelsak uni ko'pchilik Germaniyaning "Bayer" klubidagi faoliyati orqali yaxshi tanisa kerak. 2008-2012 yillarda aynan shu klubda o'ynagan hujumkor yarim himoyachi 2 yil davomida "Korintians"da faoliyat olib bordi. U ham Ralf singari baquvvat va terma jamoada bir necha bor maydonga tushgan.

Yana bir legioner esa "Portu"da bir necha yil o'ynagan yarim himoyachi Kleber hisoblanadi. U aslida "Beyjing Goan"ga tegishli, biroq jarohat olgani uchun "Eshtoril" klubiga ijaraga berilgandi.  



- "Beyjing Goan" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?
- Ayni paytda jamoa Kunmin shahrida ikki haftalik yig'inni o'tkazmoqda. Bu yig'in yakunlangach Pekinga qaytamiz, qisqa tanaffusdan so'ng 10 fevral kuni Dubayga uchib ketamiz. Yangi mavsum boshlanishidan oldingi oxirgi yig'in aynan BAAda tashkil etiladi. 6 mart esa 2016 yilgi Xitoy Superligasi start oladi.

- Oilangizni Xitoyga qachon olib bormoqchisiz?
- Oilam hozircha Toshkentda bo'lib turibdi. Sababi aytganimdek hozir mavsumoldi yig'inlari davom etayapti va bir shaharda ko'p bo'lmayapmiz. Menimcha mart oyida xotinim va farzandimni Xitoyga olib kelsam kerak. Klub menga alohida kvartira ajratgan, bu borada hech qanday muammo yo'q.

- "Paxtakor" klubi va uning muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?
- "Paxtakor" muxlislariga doim rahmat aytib kelganman. Ular men uchun doim eng yaxshilari bo'lib qolishadi. Bu yil "Paxtakor" uchun juda qiyin bo'lishini bilaman. Sababi chempionlikni himoya qilish uni qo'lga kiritishdan qiyin bo'ladi. Doim stadionga kelib jamoani qo'llab-quvvatlab turishlariga tilakdoshman. Sababi futbolchilar muxlislar uchun o'ynashadi.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика