So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  0 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Egasiz qolayotgan terma jamoa Yangiliklar

Egasiz qolayotgan terma jamoa

Hazil-hazil bilan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysiz qolganiga mana 10 oy bo'lyapti.

Samvel Babayan istefoga chiqqach o'rtada eski O'FF, hozirgi O'FAda ikki bor rahbariyat o'zgardi. O'rtada terma jamoani o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlash uchun Ro'ziqul Berdiev vaqtincha bosh murabbiy maqomida bir muddat ishladi. Keyinchalik Temur Kapadze vaqtincha shoh vazifasini bajarib turdi. Ayni paytda esa terma jamoani boshqaradigan haqiqiy ega yo'q.


O'zbekiston terma jamoasiga murabbiy tayinlash masalasi qanday ko'rinish olgani haqida:

7 sentyabr: O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan istefo chiqarildi.

12 sentyabr: O'FFda hisobot saylov konferenciyasi: Mirabror Usmonov o'rniga Umid Ahmadjonov O'FF prezidenti sifatida saylandi.

27 sentyabr: Terma jamoaga kim murabbiy bo'lishini yaqin 20-25 kun ichida elon qilamiz. Murabbiy xorijlik, katta tajribaga ega mutaxassis bo'ladi.

Oktyabr: Ro'ziqul Berdiev BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo'ldi.

Oktyabr: BAAga qarshi o'yindan so'ng O'FA rasmiy saytida Umid Ahmadjonovning quyidagi gaplari elon qilindi: “Biz 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytib o'tgandik. Bugungi kunda bir qancha nomzodlarni ko'rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz”.

Noyabr: O'FF terma jamoaga nomzod murabbiylar ro'yxatini elon qiladi: Dan Petresku (Ruminiya), Slavolyub Muslin (Serbiya), Miodrag Radulovich (CHernogoriya), Andjelio Alessio (Italiya), Bernd SHtork (Germaniya), Branko Ivankovich (Xorvatiya), Slaven Bilich (Xorvatiya), Valter Maccari (Italiya), Bert van Marveyk (Gollandiya)

Dekabr: O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi yangi yildan so'ng elon qilinishi aytildi.

31 dekabr: Umid Ahmadjonov: "MTJga keladigan murabbiy o'z terma jamoasi bilan JCHga yo'l olgan, katta tajribaga ega murabbiy bo'ladi".

15 yanvar: O'FF: Umid Ahmadjonov O'zbekiston MTJ bosh murabbiyligiga nomzod mutaxassislar bilan muzokara o'tkazish uchun safarga yo'l olmoqda.

16 yanvar: Umid Ahmadjonov: "Terma jamoaning yangi murabbiyini ko'rgach, xalqimiz albatta xursand bo'ladi"

16 yanvar: Umid Ahmadjonov - Milliy olimpiya qo'mitasi yangi prezidenti

17 yanvar: Umid Ahmadjonov: "25 yanvarda O'FFning navbatdan tashqari konferenaciyasini o'tkazamiz"

25 yanvar: O'FFda navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciya: Achilbay Ramatov O'FF prezidenti etib saylandi.

25 yanvar: O'FF O'FAga o'zgartirildi.

25 yanvar: Umid Ahmadjonov O'FAning birinchi vice-prezidenti.

27 yanvar: O'FA Karlos Keyrush bilan muzokara o'tkazayotgani malum bo'ldi.

6 fevral: O'FA xorijlik murabbiy (Karlos Keyrush) bilan og'zaki kelishuvga erishgani malum bo'ldi. Buni O'FAning birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning shaxsan o'zi tasdiqladi.

15 fevral: O'zbekiston terma jamoasining vaqtinchalik yangi bosh murabbiyi - Temur Kapadze.

22 fevral: Umid Ahmadjonov Dubayga uchib ketdi, yangi murabbiy nomi iyul oyida elon qilinishi rasman elon qilindi.

15 mart: O'FA O'zbekiston terma jamoasining murabbiylar kengashini tuzdi: Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor"), SHota Arveladze ("Paxtakor"), Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf"). Terma jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi - Temur Kapadze.

4 may: Osiyo Kubogi-2019ga qura tashlandi. "F" guruhidan o'rin oldik: Yaponiya, O'ZBEKISTON, Ummon va Turkmaniston.

5 may: Umid Ahmadjonov: "Muxlislarimizdan yana ozroq sabr qilishlarini so'rayman. Jahon chempionati tugasin, terma jamoamizni Osiyo Kubogiga olib boradigan murabbiy kim bo'lishini hamma bilib oladi. O'zimiz ham o'sha kun kelishini kutyapmiz, lekin hozircha elon qilishga shoshilmay turamiz. Barchasini keyinroq OAV xodimlarini bir joyga yig'ib rasman elon qilamiz. Karlush Keyrush varianti haqidami? Yashirmayman, nomzodlar orasida bu murabbiy ham bor. Men u kishi bilan Dubayda uchrashib gaplashganman. Faqat shuni aytishim mumkin, terma jamoamizning navbatdagi bosh murabbiyi albatta nomi chiqqan, mashhur mutaxassis bo'ladi".


Sentyabrda yaqin 1 oy ichida yangi rahbariyat bosh murabbiy masalasini hal etishga vada berdi. Keyinchalik nomzodlar ichidan munosibi chiqavermagach, bu yana sal cho'zilishi aytildi. Oxir-oqibat esa hamma masala Jahon chempionatidan keyinga qoldirildi. Sababi sifatida esa terma jamoaga kelayotgan bo'lajak bosh murabbiy Rossiyadagi mundialda o'z jamoasi bilan ishtirok etishi aytildi.

O'FAning oxirgi gapiga ishonadigan bo'lsak, unda iyul oyida yangi bosh murabbiy elon qilinadi. Xo'sh, mana iyul oyi ham boshlanib ketdi. JCH-2018 ham tugash pallasiga yaqinlashib qoldi. O'FA aytgan gap bo'yicha xulosa qilsak, bizni potencial boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxasislar uchun esa allaqachon mundial tugagan. Har holda ayni paytga kelib 6 terma jamoa uchun mundial davom etmoqda.

Kishini bir narsa havotirga soladi. Osiyo kubogi boshlanishiga 6 oygina vaqt qoldi. Bizda hali bosh murabbiy aniq emas. Umid Ahmadjonov esa terma jamoamiz Osiyo kubogida yuqori vazifani bajarish uchun kurashishini malum qilgandi. Qitamizning eng yirik va nufuzli turniriga esa deyarli vaqt qolmadi hisob. Yangi kelayotgan mutaxassis bu qisqa vaqt ichida terma jamoamizni tubdan yangi qiyofaga kiritib qo'yishiga ishonish mushkul. CHunki futbolda, ayniqsa terma jamoa miqiyosida 6 oy juda qisqa davr. Har kuni ish bo'ladigan klubga ham yangi murabbiy kelgach yaxshi natija qayd etishi uchun kamida 2 yil vaqt kerak bo'ladi. Terma jamoa ishi esa ancha farq qiladi va mushkul ish.

Yaxshi murabbiy chiqmagani, JCHda ishlayotgan kuchli va tajribali mutaxassisni olib kelmoqchi bo'lganimiz yakunda bizga pand bermasa bo'lgani. Butun boshli O'zbekiston terma jamoasini sentyabr oyidan buyon bosh murabbiysiz qolgani ancha tashvishli. Biz juda katta muddat, ancha ko'p vaqtni yutqazdik. Buni tan olish lozim. Yangi keladigan murabbiy esa harqancha kuchli va tajribali bo'lmasin, undan biz endilikda Osiyo kubogida natija talab qilolmaymiz. O'FAning sharofati bilan kuchli, nomdor jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik. Bu har qancha olqishga arziydi, to'g'ri. Ammo bu o'rtoqlik uchrashuvlarni biz bo'lajak murabbiyimizsiz o'tkazdik. Hozircha bizda aniq reja yo'q. CHunki murabbiy yo'q. Kim bo'lishi esa nomalum. SHunday jamoalar bilan o'tkazilgan nihoyatda foydali o'rtoqlik o'yinlaridan biz maksimal effektni, samarani chiqara olmadik. Birgina yupanch bu futbolchilar kuchli ijrochilar fonida o'z kuchlarini tekshirib olishdi. Ruhan pishishdi.

Biz esa yangicha qiyofadagi Superliga, JCHda ishlayotgan murabbiy kelishiga mahliyo bo'lib terma jamoamiz 7 oy bosh murabbiysiz qolayotganini unutib qo'yayotgandekmiz. Vaqt juda tez o'tmoqda, Osiyo Kubogiga esa nihoyatda kam vaqt qolmoqda. Bizda esa hozirchab bosh murabbiy yo'q. Bu inkor etib bo'lmaydigan fakt.

Tasdiqlanmagan, ammo menga malum bo'lgan malumotlarga ko'ra, Karlos Keyrush bilan bo'lib o'tgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagan. Yani Karlos Keyrush terma jamoamizga kelish ehtimoli pasaygan. Deyarli yo'q.

Mendagi malumotga ko'ra, terma jamoani Osiyo Kubogiga "Paxtakor"ni boshqarayotgan SHota Arveladze olib borish ehtimoli yo'q emas.

Aynan shu masalada Umid Ahmadjonov bilan ko'rishgandim. Ammo Umid Ahmadjonov SHota Arveladze nomzodi haqidagi malumotni rad etdi. Jahon chempionatidan so'ng esa kuchli va tajribali bosh murabbiy kelishini takidlab, mutaxassis kimligi malum bo'lgach hamma xursand bo'lishini takidladi. Bu uchrashuvga ham deyarli 1 oy bo'lib qolyapti.

Nima bo'lgan taqdirda ham terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashni iyul oyidan kechiktirishga haqqimiz yo'q. Butun boshli terma jamoamiz egasiz qolib ketayotgani odamni tashvishlantirmoqda. SHuncha muddat o'tdi, 10 oy vaqtni yutqazdik. Endi O'FA bu yo'qotilgan vaqtni haqiqatdan kuchli xorijlik murabbiyni olib kelish orqali "yuvishi" mumkin. Lekin Osiyo kubogidagi har qanday ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik avvalo murabbiyning gardaniga emas, balki murabbiy tayinlashni kechiktirgan O'FAning gardaniga tushadi...

Muallif :
Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика