Edvin van der Sar kelasi haftada shifoxonadan chiqarilishi mumkin
19 iyu 2023 00:35
Yangiliklar
Edvin van der Sar kelasi haftada shifoxonadan chiqarilishi mumkin
Edvin van der Sarni intensiv terapiya palatasidan chiqarishdi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted", "Ayaks" va Niderlandiya termasining sobiq posboni iyul oyining boshida miyasiga qon quyilishi sababli shifoxonaga yotqizilgandi. U uzoq vaqt davomida intensiv terapiya bo'limida bo'ldi.
Endi sobiq futbolchining o'zi boshqa bo'limga o'tkazishayotganini malum qildi.
"Eng avvalo, meni qo'llab turib, xabarlar yuborganlarga katta rahmat aytaman. SHuni quvonch bilan malum qilmoqchimanki, hozir intensiv terapiya bo'limida emasman. Ammo hali ham shifoxonadaman.
Umid qilamanki, kelasi haftada uyimga qaytaman", - deb yozadi posbon.
52 yoshli van der Sar may oyi oxirlarida "Ayaks" bosh direktorligi kursisini bo'shatgandi.
Fikrlar