Edita Mirobidova qizlar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionati 1-tur o'yinida hakamlik qildi
13 okt 2022 16:46
Yangiliklar
Edita Mirobidova qizlar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionati 1-tur o'yinida hakamlik qildi
Hindistonda bo'lib o'tayotgan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining "A" guruhidan o'rin olgan Marokash – Braziliya bahsida o'zbekistonlik hakamlar faoliyat olib borishdi.
Ilk tur urashuvida Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajardi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko'maklashdi.
Mazkur bellashuvda braziliyaliklarning qo'li baland keldi – 1:0.
U-17 Jahon chempionati
"A" guruhi. 1-tur
Marokash – Braziliya 0:1
Bxubaneshvar. "Kalinga" stadioni
Gol: Jonson 5'
Eslatib o'tamiz, avvalroq Edita Mirobidovaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 8 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilgan edi.
Fikrlar