Edinson Kavani 200-goli haqida: "Bu muhim ahamiyatga ega lahza"
24 fev 2020 12:37
Yangiliklar


Edinson Kavani 200-goli haqida: "Bu muhim ahamiyatga ega lahza"
"Pari Sen-Jermen"ning urugvaylik forvardi Edinson Kavani klub safida Liga 1 doirasidagi 26-tur uchrashuvida "Bordo" darvozasiga kiritgan o'zining 200-goli haqida fikr bildirdi.
"Gol bizga hech qanday kubokni keltirmagan bo'lsa-da, bu juda muhim lahzadir. Bunday daqiqalarda barcha harakatlar behuda ketmaganini tushunasan", - deydi Kavani.
Franciya chempionati doirasiga PSJ - "Bordo" bahsida mezbonlar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.
Eslatib o'tamiz, Kavani PSJga 2013 yilda "Napoli" klubidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar