Edgar Gess sobiq jamoasidan mag'lub bo'ldi
30 jan 2014 15:21
Yangiliklar

Edgar Gess sobiq jamoasidan mag'lub bo'ldi
Yangi mavsumga poytaxtda tayyorgarlik ko'rayotgan “Oq bo'rilar” jamoasi bugun (30 yanvar) navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi.
O'z o'rnida takidlash kerakki, g'uzorliklarga bu gal “SHo'rtan”ning ko'p yillik sobiq bosh murabbiy Edgar Gess jamoasi sparring raqib bo'ldi. SHu bilan birga “Buxoro” tarkibida o'tgan yillar davomida “Oq bo'rilar” sharafini himoya qilgan Nodir Jo'raev, SHavkat Raimqulov, Predrag Vuyovich, SHukur Jumaboev, Bahriddin Vahobov kabi futbolchilar ham harakat qilishdi.
O'yinning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida kechdi.
20-daqiqada uchrashuv bosh hakami Asror Aliqulovni burchak zarbasini qaytarish vaqtida o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi, deb topdi va 11 metrlik jarima belgiladi. Penaltini Suhrob Nematov aniq amalga oshirdi - 1:0. Oradan hech qancha vaqt o'tmay, o'ng qanotdan Botir Qodirqulov standart vaziyatdan to'pni jarima maydonchasi ichiga o'zatdi. Himoyachilardan chaqqonroq harakat qilgan Aleksandr Vostrikov muvozanatni tikladi - 1:1.
Uchrashuv boshlanganiga yarim soat bo'lgan bir vaqtda chap qanotdan oldinga tashlangan Botir Qodirqulov to'pni jarima maydonchasi ichiga havolatib uzatdi. To'pga birinchi bo'lib etib kelgan Dilshod Umarxonov boshi bilan aniq zarba berib, g'uzorliklarni oldinga olib chiqdi - 1:2.
Endi Muxtor Qurbonov jamoasi navbatdagi uchrashuvni 2 fevral kuni poytaxt “temiryo'lchilari”ga qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv soat 15:00 da Toshkent viloyatidagi “Do'stlik” stadionida bo'lib o'tadi. Takidlash joiz, “Lokomotiv” uchun mazkur o'yin 8 fevral kuni OCHL turniridagi dastlabki bahs oldidan o'ziga xos so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
“Buxoro” – “SHo'rtan” – 1:2
Hakamlar: Z.Qodirov, B.Qodirov, R.SHoyaxmetov
"SHo'rtan": Roman Abdulov, Zohid Raupov, Husniddin G'ofurov (Umar Eshmurodov, 50), Asror Aliqulov (Sirojiddin Allaev, 53), Jamol Otaqulov (Visol Mageramov, 46), Botir Qodirqulov (Olim Karimov, 48), G'ulomhaydar G'ulomov (Sanjar To'raqulov, 53), Abdulatif Abduqodirov, Aleksandr Vostrikov (Maqsud Mahmudov, 50), Dilshod Umarxonov (Jamshid Hoshimov 31), Islom Karimov (G'ulom Rahmonov, 55).
Gollar: Suhrob Nematov (20-penalti) - Aleksandr Vostrikov (21), Dilshod Umarxonov (30).
“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati

Fikrlar