Edgar Gess: "SHogirdlarim xarakter ko'rsatishdi"
16 may 2015 21:33
Yangiliklar

Edgar Gess: "SHogirdlarim xarakter ko'rsatishdi"
Oliy liganing 9-turidan to'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (3:2) bahsi yakuniga etgach, maydon egalari ustozi Edgar Gess o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugungi g'alaba bilan barcha-barchani va bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizni tabriklayman. Ular bugun qoyilmaqom tarzda bizga dalda bo'ldilar. Bugungi chiroyli o'yin uchun ikkala jamoa vakillariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular maydonda haqiqiy kurashni, ochiq va qiziqarli futbolni namoyish etib berdilar. O'yin tempi yuqori bo'lganidan uchrashuvda chetlatishlarga ham guvoh bo'ldik.
- Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Lochin Soliev va Sayriddin G'afforov jamoa o'yinini kuchaytirishga erishdilar. Ular tushgach hujumlarimiz xavfli ko'rinish oldi. Sayriddin ancha yosh o'yinchi. U harakat qilishda davom etishi kerak. Ikkinchi golni urganimizdan keyin gol o'tkazib yubordik. Bu to'pni hatto darvozabonimiz ham kutmagandi. Lekin bahs oxirigacha shogirdlarim xarakter ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi.
Komiljon Ikromov yozib oldi.

Fikrlar