Edgar Gess: "Muxlislarga gap yo'q"
18 apr 2015 20:38
Yangiliklar
Edgar Gess: "Muxlislarga gap yo'q"
"Andijon" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Edgar Gess qatnashdi.
"O'yin ikki xil taassurot qoldirdi. Birinchi bo'limda gol urdik, harakat yaxshi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa qurquv bo'ldi. Raqib gol urib hisobni qisqartirdi. Abdumalik Abdullaev oldinroq gol urib o'yin taqdirini hal qilishi kerak edi. Muxlislarimizni tabriklamoqchiman va ularga rahmat aytmoqchiman. Muxlislarga gap yo'q", - deydi Gess.
- Uchrashuv oxirida shogirdlaringizda charchoq alomatlari sezildi.
- To'g'ri charchagan futbolchi xato qiladi. Abdumalik Abdullaev oddiy vaziyatda to'pni darvozabon ustidan tashladi, vaholanki gol urishi kerak edi. Jamoa o'yin oxirida yomon o'ynadi deb aytmagan bo'lardim. Jismoniy holat emas ruhiyat borasida ishlash kerak. "Andijon" futbolchilariga g'oliblik ruhiyatini singdirish kerak.
"Buxoro"da ishlaganman, lekin hozir ularda Aleksandr Mochinov ishlamoqda. U yosh qobiliyatli murabbiy, kelajagi bor.

championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar