Edgar Gess: "Metallurg"ni kuchli raqib ekanligini etirof etish lozim"
24 iyu 2015 23:00
Yangiliklar
Edgar Gess: "Metallurg"ni kuchli raqib ekanligini etirof etish lozim"
O'zbekiston Kubogi nimchorak final uchrashuvi "Metallurg" - "Andijon" (4:0) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Edgar Gess o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Jamoamizdagi
holatdan yaxshi xabardorsiz. Ikki etakchi o'yinchimiz diskvalifikaciya
qilingan. Qolaversa, “Metallurg”ning kuchli raqib ekanligini etiroq etish
lozim. Garchi ikki to'p farqi bilan uyda g'alaba qozongan bo'lsak-da, safar
uchrashuvida ijobiy natijaga umidimiz kam edi. to'g'ri uzoq yo'ldan keldik.
Bir yarim soatlar atrofida stadiondagi kiyinish xonasida dam olib, nafas
rostlashga urindik. Yo'l azobi ham tasirini o'tkazmasdan qolmadi.
Mezbonlarning shiddatli hujumlarini to'xtatishga harchand urinmaylik, buning
uddasidan chiqolmadik. “Metallurg”ni haqli g'alaba bilan tabriklayman va
ularga keyingi bosqichlarda ham omad tilayman. Biz esa birinchi davraning
qolgan o'yinlariga jiddiy tayyorlanishimiz kerak.
Fikrlar