Edgar Gess: “Manchester Yunayted”ning ham 28ta zarbasidan 4tasi aniq bo'lgan"
03 avg 2015 07:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178482_original.jpg)
![](/upload/storage/178482_220.jpg)
Edgar Gess: “Manchester Yunayted”ning ham 28ta zarbasidan 4tasi aniq bo'lgan"
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Andijon” bosh murabbiyi Edgar Gess o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Bugun ikkala jamoa ham yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Vaziyatlar ko'p bo'ldi. Tepgan to'plarimiz raqib darvozasi ustuniga tegdi. Bir so'z bilan aytganda, qiziqarli o'yin bo'ldi. Bugun Anvar Berdiev, Predrag Vuyovich, Asqar Jadigerov, Temur Vasilev kabi etakchi futbolchilarimiz bizga etishmadi. Ular tarkibda bo'lishganda boshqa o'yin kechardi. Qizig'i, ikkinchi davra boshlanishiga ikki kun qolganda ularni o'ynashiga ruxsat berishmadi. Bunga hayron qolish mumkin. SHuning uchun bu tarkib bilan birinchi marta maydonga tushdik. Tibbiyot markazini aytishicha, uchta futbolchimizda sog'lig'i bilan bog'liq muammo bor ekan. Albatta, yaxshi o'yin namoyish etib mag'lubiyatga uchrash alamli.
- Jamoangiz raqib darvozasiga 13 bor zarba bergan bo'lsa shulardan bittasi mo'ljalga aniq bordi. Buni qanday izohlaysiz?
-Buni yomon deya olmayman. Evropaning grand klubi “Manchester Yunayted”ning o'yinini ko'rgandim. O'shanda “MYU” futbolchilari darvozaga 28 bor zarba yo'llashgan bo'lsa, shundan 4 tasi aniq bordi. Bunday holatlar futbolda bo'lib turadi.

O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar