So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

Edgar Gess: "Hisobimizda 8 ochko borligidan xursandman" Yangiliklar

Edgar Gess: "Hisobimizda 8 ochko borligidan xursandman"

"Andijon" bosh murabbiyi Edgar Gess "Neftchi"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, hisob o'yin qanday bo'lganini aytib turibdi. Farg'onaliklar o'yinda to'liq ustunlik qilinshdi. Imkoniyatlardan foydalana oldilar. Bir so'z bilan aytsak, ular bizdan yaxshi o'ynadilar. Biz ham harakat qildik. Biroq, ikkinchi bo'limda 10 kishi bo'lib qolgan yigitlarda charchoq alomati sezilib qoldi", - deya so'z boshladi mezbonlar ustozi.

Oldimizda "Neftchi"ga munosib qarshilik qilish vazifasi qo'yilgandi. O'rtada futbolchilar xatolarga yo'l qo'yishdi. Endi xatolarni o'rganib chiqamiz.

So'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yubordik. Biz harakat qilmoqdamiz. Imkonimiz darajasida.

Qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan o'ynaymiz. CHunki, ushbu futbolchilarni almashtira olmaymiz.

Hisobimizda 8 ochko borligidan xursandman. Moliyaviy imkoniyatlari bizdan yaxshi bo'lgan "Buxoro" hisobida 2 ochko bor. "Dinamo" ham bugun o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi. Bu yilgi vazifamiz futbolchilarning 20-25 ta o'yinda maydonga tushishlari orqali tajriba to'plash. SHunda, keyingi yil ishlasak bo'ladi.

Agar pul bo'lganida futbol o'ynashni biladigan futbolchilarni sotib olgan bo'lardim. Menga zarilmi, shu yoshimda barchadan uyalib, ko'chada yura olmaydigan bo'lib yurish. Yaxshi futbolchilarni harid qilib, oyoqni uzatib g'alaba qozonishimizni tomosha qilgan bo'lardim.
Jamoa 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay o'ynashda davom etdi.

Komiljon Ikromov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика