So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Edgar Gess: "Bu o'yinda omadimiz chopdi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Bu o'yinda omadimiz chopdi"

"Andijon" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Andijon” ustozi Edgar Gess qatnashdi.

- G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. Ulur bugun maydonda g'alaba ishtiyoqida astoydil harakat qilishdi. O'yin oson o'tgani yo'q. “Mashal” yaxshi o'yin tashkil etadigan jamoalar sarasiga kiradi. Bugun biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Agar raqibimiz penaltini amalga oshira olishganda o'yin durang bilan ham yakunlanishi mumkin edi. Yaratganga shukr, bugun bizga omad kulib boqdi. O'yinimizdan qoniqdim deya olmayman. Faqat natija biz uchun yaxshi bo'ldi. O'tgan turda “Nasaf”ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatib mag'lub bo'lgandik. Lekin futbolda natija birinchi o'rinda turadi. Jamoamiz muxlislariga g'alaba taqdim etganimizdan xursandman. G'alabadan keyin ochkolarimiz sonini 14taga etkazdik va endi yuqoriga ko'tarilishga harakat qilamiz. Agar etakchi o'yinchilarimiz safga qaytishadigan bo'lsa, yanada yaxshi natijalarga erishamiz degan umiddaman.  
   
- “Andijon”ning yangi azosi Iqbol Boboxonov penalti tepishni o'z zimmasiga oldi. Bunga siz ko'rsatma berganmidingiz?


-Yo'q, uning o'zi bu qarorga keldi. Buning uchun unga qoyil qolish kerak. CHunki jamoamizda Lochin Soliev, Rasul Rahmonov va Ibrohim Otaxonov shtatli penaltichilardir. Ammo o'sha vaziyatlar bu futbolchilarning hech biri maydonda yo'q edi. Boboxonov nuqtaga yaqinlashayotganda havotir bor edi. Lekin Iqbol ishonchni oqladi. Moshnyagani qaytarishiga esa ishonmagandim. Boisi bungacha darvozamizga qo'yilgan penaltilardan raqiblar barchasini golga aylantirishgandi. Gennadiy esa bugun o'zini ko'rsata oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика