So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Металлург" 2, "Нефтчи", "Насаф" ва ОКМК 1 нафардан йўқотишга эга  1 15:51Футзал. Жаҳон чемпионати иштирокчиларининг асосий "қуроллари"  1 15:35"Ливерпуль" ҳимоячисини "Брентфорд"га сотишдан 25 млн фунт фойда қилди  0 15:11Расман: Илкай Гюндоган "Манчестер Сити"га қайтди!  1 14:52"Челси" 7 нафар футболчисига чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  0 14:25МЮ тарбияланувчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:01Ўзбекистон терма жамоаси мураббийи Испания клуби билан шартнома имзолади  4 13:40Конференциялар лигаси. "Челси" - "Серветт", "Барселона"дан ҳарид қилинган ўйинчи 99%лик вазиятдан гол ура олмади  4 13:28"Ал Насср"да молиявий муаммолар пайдо бўлди. Клуб Роналдудан бу ҳақда оғиз очмасликни сўраган  9 12:57"Ливерпуль" хавбеки "Зальцбург"га йўл олди  8 12:28"Астон Вилла" "Челси"га керак бўлмай қолган Стерлингни олиб келмоқчи  4 12:00Суперлига 17-турига расмийлар тайинланди: "Насаф" – "Андижон" ўйинида Нажафалиев, "Сўғдиёна" – "Пахтакор" баҳсида Норсафаров ишлайди  6 11:31Хитойнинг Shineray SWM бренди "Пахтакор"нинг "олтин" ҳомийсига айланди  6 11:12МЮ 50 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  2 11:01"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Жамолиддинов Муҳаммадали  1

Edgar Davids nega ko'zoynaklarini echmaydi? Yangiliklar

Edgar Davids nega ko'zoynaklarini echmaydi?

90-yillarning eng mashhur futbol aksessuari.

Davids muxlislar va klubdoshlari bilan janjallashmay, murabbiylarga hurmatsizlik qilmayapti hamda futbol simulyatorlari muqovasida ham endi uni ko'rmayapmiz. U biznes va sport marketingi bilan shug'ullanib, deyarli butun umrini samoletda o'tkazmoqda. SHuningdek, u BMT elchisi lavozimida ham ishlaydi. Biroq hamon uning bir jihati hech o'zgarmadi — "ko'zoynaklari".

Davids teleshouda ham, plyajda ham, hattoki tog'ga chiqqanida ham ochki taqadi. Klassik kostyum kiyadimi yoki sport uslubidami kiyinadimi, ko'zoynaklari doim u bilan birga edi. Ko'zoynaklar Edgarning ajralmas bo'lagiga aylangandi. Davids 90-yillarning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'lgan. Biroq Edgar shunkaki ochki taqmagan, u glaukoma (surunkali ko'z kasalligi) tufayli ko'zoynak taqqan.

90-yillar oxirida “Yuventus” CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi, Davids esa top markaziy yarim himoyachi bo'lib maydonga tushdi. O'yinchi o'zini anglab, yaxshi harakatlana olishida Marchello Lippi unga yaqindan yordam berdi. Uning hech kimnikiga o'xshamaydigan texnikasi muxlislarni aqldan ozdirardi. Davids o'ziga xos jihati bilan Ronaldino bilan tengma-teng harakatlana olardi.

Davids oyoqlari bilan fint qilib, raqibga bosim o'tkazib, to'pni olib qo'yardi. SHuningdek, o'yin ritmini yaxshi his qila olardi. 1998 yil Edgar “Oltin to'p” nomzodlari ro'yxatining top-10taligidan o'rin egalladi. Bir yildan keyin esa faoliyatini yakunlashiga bir bahya qoldi. Sababi shifokorlar futbolchining boshiga to'p zarb bilan teyavergani uchun kasali zo'raygani, ko'z pardasi shikastlanib, ko'r bo'lib qolish ehtimoli yuqori ekanligini aytishgandi.

1999 yil tatilga chiqqan “Yuve” o'yinchisi asosiy vaqtini gollandiyalik oftalmolog yonida o'tkazib, davolana boshlaydi. SHifokor tavakkal qilib, u ochki taqqan holda maydonga tushishini maslahat beradi. “Yuventus” shifokori Rikkardo Agrikola o'yinchini davolab, maydonga tushishga ruhsat bergunga qadar, chempionatga start beriladi. Oqibatda Edgar birinchi turni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. Maydonga ochki taqib tushish ham oson bo'lmagan. Lekin FIFA bunga ruhsat berganidan so'ng, u o'zini namoyon etishni boshlaydi. 4 sentyabr kuni Gollandiya termasi Belgiyaga qarshi bahsida Davids yangicha ko'rinishda maydonga tushadi. Edgar bahsni omadli zarba bilan boshlab olib, keyin 4ta raqibini aldab o'tib, gol urishga muvaffaq bo'ladi.

O'sha vaqtlarda Davids “Oakley” markasi ostidagi ko'zoynak taqqan. Kompaniya u uchun maxsus ochki ishlab chiqargan. Ko'zoynak engil, ixcham plastik lenta bilan o'ralgan va eng asosiysi juda qulay bo'lgan. Edgar ko'zoynakka tezda moslashib ketdi va ularning dizaynini muntazam ravishda o'zgartirib turadigan bo'ldi: terma jamoa o'yini vaqtida olovrang linzali ko'zoynak, “Yuventus” uchrashuvlarida esa oq ochki taqib maydonga tushdi.

Bir yil o'tib shifokorlar Davidsga ochki taqmasdan ham maydonga tushishi mumkinligini aytishdi. Edgar faqat Evro-2000 ikkinchi tur Daniya termasiga qarshi bahsda ko'zoynak taqmay o'ynadi. Biroq kelasi o'yinlarda yana ko'zoynaklarini taqib oldi va boshqa echmadi.
O'sha paytlarda hamma Davidsdek ko'rinishni istar, unikidek ochki taqishni xohlardi. Sport ochkilar urfga kira boshladi. “Racing Jackets” kompaniyasi sport ochkilarini sotishda etakchilikni qo'lga oldi. “Oakley Pit Bull” esa “afsonaviy” ko'zoynaklar ishlab chiqarmasa-da, ammo bu kompaniya ham faoliyatini muvaffaqiyatli tarzda olib bordi.

Edgar “Nike” bilan ham shartnoma imzoladi. Davids va Bekxem futbolda savdo-sotiq davrini boshlab berishgan. Edgar keyinchalik “Nike Tarj Pro”ning yuziga aylandi. Ochkilar Davids nomi bilan ishlab chiqarildi va tez orada uning ismi brendga aylandi. O'yinchi ham oz fursat ichida mashhur bo'lib ketdi. Hattoki, futboga qiziqmaydigan insonlar ham Edgar Davids desangiz “ko'zoynakli futbolchimi?” deydigan bo'ldi. U yarim yil “Barselona”da to'p tepdi. SHuningdek, “Inter”da, keyinchalik Angliyada o'ynadi.

Edgar “Monta” nomli kiyimlar kollekciyasini ham namoyish etgan. Bundan tashqari, “Red Bull” kompaniyasi ichki qonun-qoidalarini buzib, ilk bor Davids bilan uzoq muddatli va o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan. Davidsning marketing sohasidagi g'oyalari omadli chiqdi. Hozirda Edgarning shaxsiy loyiyahalari ham bor. U yirik piar-agentligi “Anomaly” bilan hamkorlik qiladi. SHuningdek, u UEFA sherigi bo'lmish CAFEning direktorlar kengashida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Ammo, hamon ko'zoynaklarini echgani yo'q.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика