So’nggi yangiliklar

15:52Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   0 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  6 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   1 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  16 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5

Ederson: "Holand "Siti"ga kerak bo'lgan hujumchi edi. Biz uning ko'p gol urishini darhol tushungandik" Yangiliklar

Ederson: "Holand "Siti"ga kerak bo'lgan hujumchi edi. Biz uning ko'p gol urishini darhol tushungandik"

"Manchester Siti" darvozaboni Ederson jamoadoshi Erling Holand haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

22 yoshli norvegiyalik futbolchi ayni damda Angliyadagi ilk mavsumidayoq APL to'purari bo'lib turibdi.

"Holand birinchi kelganida, biz darhol uning ko'p gol urishini aytgandik va bu sodir bo'lmoqda. U ajoyib to'purar, har doim gol urishga va jamoaga yordam berishga intiladi.

Erling – bizga kerak bo'lgan forvard. U Gabriel [Jezus]ga o'xshamaydi. Gabi qanotdan hujum qilishni yaxshi ko'radi, u ko'proq harakatchan. Holand markazga yaqinroq o'ynaydi, jarima maydonchasiga kirib, u erda pas kutishga urinadi. Bu asosiy farq. Biz to'p bilan maydonning so'nggi uchdan bir qismiga chiqsak, bizda har doim jarima maydonchasi ichida odam bo'ladi.

Ko'pchilik Holand uradigan gollarning aksariyati oson ekanligini aytishadi, ammo bu yolg'on. Hammasi uning poziciyasini tanlashni bilishiga bog'liq. Bu uning eng yaxshi qobiliyatidir. U oson to'p kiritmaydi, poziciyani tanlashni biladi.

Umid qilamanki, Erling tez-tez gol urishda davom etadi va bizni xursand qiladi, biz barcha sovrinlarni qo'lga kiritish uchun birgalikda ishlashda davom etamiz", – dedi Ederson.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика