Ederson Braziliya termasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi
14 noy 2023 18:11
Yangiliklar
"Manchester Siti" posboni Ederson "CHelsi"ga qarshi o'yinda (4:4) oyog'idan jarohat oldi. SHu sababli u Braziliya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi, deb xabar berdi "Manchester Evening News".
Futbolchining jarohati darajasi va tiklanish muddati haqida hozircha aniq malumotlar yo'q. Ammo u jamoasining noyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborishi aniq.
Braziliya JCH-2026 saralashi doirasida Kolumbiya (17 noyabr) va Argentina (22 noyabr) bilan bahs yuritadi.
Fikrlar