So’nggi yangiliklar

12:50"Ўзим ҳам ишонмагандим"  0 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  8 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  7 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  2 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  13 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  5 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  19 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  5 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  34 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  3 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11

Edegor "Real"ga qaytishga tayyor. Yigitcha maydonni Messi darajasida ko'rmoqda Yangiliklar

Edegor "Real"ga qaytishga tayyor. Yigitcha maydonni Messi darajasida ko'rmoqda

Martin Edegor - LaLiganing birinchi davrasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri.

Edegorni "Real" iqtidorlari safidan chiqarib, uni Gollandiyaga jo'natishganiga 3 yil bo'ldi. Martin katta bo'ldi, sifatlarini rivojlantirdi. Yigitcha bugun kelajagi porloq, biroz tajribaga ega bo'lgan futbolchiga aylandi.


The Guardian urnalisti Sid Lou kuzda Edegorni LaLiganing eng yaxshi yarim himoyachisi deb ataganda, uning so'zlarida mubolag'a yo'q edi. Futbolchi Ispaniyada eng yaxshi assistentlar kuchli beshligida, driblyorlar ro'yxatida esa top-3ga kiradi va "Real Sosedad" bilan evrokuboklar sari intilmoqda. Sentyabrda unga LaLiganing eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. Birinchi davra yakunlariga ko'ra, Martin WhoScored nashridan eng katta baho olgan futbolchilar kuchli beshligiga kirdi.

Edegor Gollandiyada kuchaydi: Otasining nazoratidan qutildi, tana va zarbasi ustida ishladi


Statistik o'sish juda muhim, chunki tashqaridan foydalidek ko'ringan uslub raqamlarda ham aks etishi kerak. Ikki yil oldin u "Xerenven"da yomon o'ynamagan, ammo buni statistika yomonligi tufayli payqashmagan. Martin muskullarini o'stirdi, aniqlik ustida ishladi, elkama-elka kurashlarda ishonchliroq harakat qila boshladi va shu sabab uni markazdan o'ng qanotga o'tkazishdi. Norvegiyalik yangi rolda yanada "gullab" ketdi. Uning zarbalari soni ikki baravar oshdi, himoyachilardan qochishi osonlashdi, ammo bularni golga aylantira olmadi. Edegor mavsumni 2ta gol va 1ta assistentlik bilan yakunladi.


Bu vaqt orasida uning otasi Norvegiyaga qaytdi. Katta Edegor uchishdan oldin quyidagi gaplarni aytgan edi: "Martinning hayotiga aralashaverishim unga yoqmay qoldi. Endi u erkin". Ota o'g'li bilan Niderlandiya va Madridda birga yashadi. "Real" bilan kelishuv shartlariga ko'ra, katta Edegor "Qirollik klubi" akademiyasida ishlab, hamkasblaridan o'n baravar ko'p pul topishi kerak edi. Uning borligi farzandiga bosim o'tkazdi. 2018 yilda Edegor hayotida ilk marta nazoratsiz qoldi.

Asta-sekinlik bilan unga bo'lgan katta etibor, talab, matbuot anjumanidagi savollar kamaydi. Norvegiyalik esa o'zini ko'rsata boshladi. Yozda u zarbalarining aniqligi ustida ishladi va "Vitess"da mavsum davomida 11ta gol urib, 12ta golli pas berdi. Martin "Xerenvendagi" kabi o'ng qanotda o'ynadi va gollarni Robben uslubida - o'rtacha masofadan to'pni darvoza burchaklariga joylagan. Muxlislar uni "Vitess"da yilning eng yaxshi futbolchisi deb atashdi, ammo "Real" yigitcha borasida har qanday taklifni rad etishini malum qildi.


Edegor pas berish bo'yicha Messi darajasiga etib oldi


Bir necha yil oldin Norvegiya yoshlar terma jamoasi ustozi Leyf Smerud Edegorni Mikael Laudrupga tenglashtirdi. Ispaniyaga qaytgan futbolchi haqiqatdan ham daniyalik shahzodani eslatmoqda.


Niderlandiyaning vertikal futboli va o'ng vinger poziciyasi Edegorning kuchli sifatlarini ideal darajada ochib berdi, ammo u gorizontal futbolni xush ko'radigan "Real Sosedad"da yo'qolib qolmadi. Martin Ispaniyada rasman markazda o'ynaydi, ammo uning vazifalari ko'p. Norvegiyalik o'ng qanot va markaz o'rtasida ochiladi va doimo "Sosedad" yarim himoyachilaridan oldinroqda o'ynaydi. U - biror formatga to'g'ri kelmaydigan, qanotlar orasida o'ynaydigan dispetcher. Laudrup ham shunday harakatlangan.


"Real Sosedad" gorizontal paslar bilan o'ynaydi va tavakkal zarbadan ko'ra paslar sonini oshirishni xush ko'radi. Edegor bu zerikarli uzatmalardan vaziyat yaratishga urinadi. U basklar safidagi erkin ijodkor. "Martin shu erdaligi - bizning baxtimiz" - degan edi "Sosedad" murabbiyi Imanol Alguasil.


"Endi kattalardek o'ynayapman. Ko'proq vaziyat yaratayotganimni, ko'proq yugurayotganimni, kuchim ko'payganini his qilyapman" - deydi Edegor.

Martin Edegordagi o'sish

LigaGol+pasZarbalarZarbadan avvalgi pasDriblingTo'pni olib qo'yish+uzatmani ilib ketish
"Xerenven" (2016/17)Niderlandiya0,251,21,51,21,2
"Xerenven" (2017/18)Niderlandiya
0,132,11,92,82,5
"Vitess" (2018/19)Niderlandiya
0,62,43,52,92,8
"Real Sosedad" (2019/20)Ispaniya0,531,92,62,81,7


Martinning har bir uzatmasi - 5 yil oldin uni hisobdan chiqarganlar uchun ayblov akti. "Alaves" bilan o'yinda u bitta pas orqali himoyaning ikki chizig'ini yakson qilib, gol muallifiga assistent bo'ldi, ammo xatto bu harakat ham norvegiyalik mahoratini to'liq ko'rsatib bera olmaydi. WyScout malumotlariga ko'ra, Edegor har o'yinda o'rtacha to'rttadan ko'proq aqilli pas (raqib chiziqlarini kesib beriladigan uzatma - aqlli pas deyiladi) berar ekan. Faqat Messi undan oldinda. SHu bilan birga Edegor raqib jarima maydoni va atrofiga pas berish bo'yicha kuchli 12talikda, zarbalardan avvalgi uzatmalarda ikkinchi va o'yindan raqib "16 metrligi" (jarima maydoni)ga paslar soni bo'yicha birinchi. Barcha top-ligalarda faqat besh nafar markaziy yarim himoyachi undan ko'p vaziyat yaratmoqda (Pulgarni hisobdan chiqarish mumkin, chunki u ko'proq standartlar orqali pas beradi).

Top-5 liganing eng kreativ markaziy yarim himoyachilari

Zarbadan avvalgi paslar (o'rtacha har o'yinda)Assistlar
Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti")
3,614
Erik Fulgar ("Fiorentina")3,13
Luis Alberto ("Lacio")311
Lorenco Pellegrini ("Roma")36
Xose Kampanya ("Levante")2,75
Martin Edegor ("Real Sosedad")2,65
Jeyms Meddison ("Lester Siti")2,43


LaLigada faqat Messi shunday nozik, sifatli va rang-barang o'ynaydi. Ular jarima maydoniga uzatmalar soni bo'yicha boshqalardan biroz oldinda. Yigitcha Leodan 11 yosh kichik bo'lishiga qaramay, sifatli o'ynayapti va hali Laudrup darajasiga etishi mumkin.


Edegor "Real"da o'ynashga tayyor va u Modrich o'rnini bosa oladi

Martin "Qirollik klubi"ga kelganida jamoada Anchelotti bosh murabbiy edi.


Bir yildan so'ng Karloning sotuvga chiqqan kitobida quyidagi gaplar bo'lgan: "Florentino qandaydir norvegiyalikni sotib olganida, sizda buni qabul qilishdan boshqa yo'l yo'q. Bundan tashqari, prezidentning qarori bilan yigitcha piar-yurish uchun asosiy tarkibda uchta uchrashuv o'tkazishi kerak edi. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin, biroq bu muhim emas, Martin men so'ragan futbolchi emas. Uning xaridi - haqiqiy marketing".


Edegorning "Real"ga qaytishi marketing yurishi bo'lmaydi. Madridga maydonni O'zildek skaner qila oladigan keladi. Agar Zidan Martinga erkin harakatlanish imkonini bersa, yigitcha 4-3-3 sxemasiga osonlik bilan moslashib ketadi.


Bu sxemada Edegor raqib himoyasini sarosimaga soladigan o'ng vinger rolida harakat qilishi mumkin. U Niderlandiyada shunday o'ynadi: Himoyadan chiqishda markazga qaytib, "ekvator chizig'i"dan o'tishga yordam berib, hujumni o'ng qanotda boshlardi va hujumchi ortidagi zonaga o'tardi.


SHu sababli Edegor "Real"da Modrich o'rnini egallaydi. Norvegiyalik LaLigada sentyabrning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritganidan so'ng ispan OAV Martinni xorvatiyalikning o'rinbosari degan sarlavhalar bilan maqolalar elon qilishmoqda. Modrichning shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi va kelishuv uzaytirilmasa kerak.

Edegor vs Modrich
Edegor
Modrich
52,2Uzatmalar soni63,1
84,4%Paslar aniqligi86,8%
2,6Zarbadan avvalgi paslar1,8
3,2Jarima maydonchasiga paslar0,8
1,9Zarbalar1,2
2,8Dribling1,4
1,7To'pni olib qo'yish+uzatmalarni ilib ketish1,8

Edegor bor-yo'g'i 2ta ko'rsatkichda Modrichdan orqada - paslar aniqligi va to'pni olib qo'yishda. Aniqlik bo'yicha farq juda kichkina va norvegiyalik hujumkor o'ynashi tufayli foiz pastroq. Himoyaviy harakatlardagi farq "Real Sosedad" bilan bog'liq. Basklar pozicion strukturani xush ko'radi, Edegor esa doimo raqib maydonida faol va orqaga qaytishni yoqtirmaydi. Jamoa to'psiz o'ynaganda Martin yuqori pressingda ko'proq foyda keltiradi.


Bu Modrich va Edegor o'rtasidagi asosiy farq. Xorvat - to'psiz bo'lsa ham hududni nazorat qiladi, yashirin pleymeyker vazifasini bajaradi. U hujum startida ishtirok etadi va to'pni orqaroqda qabul qiladi. Modrichda balans bor, u maydonning ikkala qismida ham o'ynashga qodir.


Edegor esa bunday emas. U ortga qaytmaydi, himoyada to'pni olib qo'yishlarda qatnashmaydi. Norvegiyalik to'pni yuqoriroqda oladi va uni raqib jarima maydonchasida turganlarga uzatadi. U vertikal futbolni maqul ko'radigan, 8-raqam vazifasi bajaruvchi yashirin ijodkor. Edegor tufayli "Real" yarim himoyasiga yangi balans kerak. Har qanday jiddiy raqibga qarshi bahsda Edegor ortida turadigan ikki yarim himoyachi lozim.


Malumotlarga ko'ra, Peres norvegiyalikni yozda qaytarishga qaror qilibdi. Martinning ijarasi 2021 yilgacha mo'ljallangan va uni bekor qilish uchun 4 mln. evro kerak bo'ladi. Ammo klub prezidenti xarajatlarga tayyor. Edegor ham: "So'nggi ikki yil ichida o'sishga erishdim. Hozir yaxshi o'ynayapman, tajribaga ega bo'ldim va jismoniy holatimda ijobiy tomonga o'zgarish bor. Maqsadim - "Real"da o'ynash. Bazida Madriddan qo'ng'iroq qilishadi va rivojlanishimdan xursand ekanliklarini aytishadi" - dedi Edegor.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика