Eder: "Konte menga ishonadi, OAV tomonidan tanqid eshitmadim"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2016, 10:10
"Inter" hujumchisi Ederning so'zlariga ko'ra, u o'z nomiga aytilgan tanqidlarga quloq solmaydi.

"Futbol - unutilmas hissiyotlar ulashuvchi, ajoyib sport turi.

Antonio Konte menga ishonadi. Yevropa chempionatiga tayyor bo'lish uchun, o'zim shug'ullanib, formamni ushladim. TV yoki gazetalardagi tanqidga quloq solmayman. Televideniyadan faqat futbol o'yinlarini tomosha qilaman.

Bu bahsda mashg'ulotdagi harakatlarimiz foyda berdi. Endi Shvetsiyaga e'tibor qaratish kerak" - deydi Eder.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia