Eden Azar: Men hech qachon Messi va Ronalduchalik ko'p gol ura olmayman
02 sen 2015 22:44
Yangiliklar


Eden Azar: Men hech qachon Messi va Ronalduchalik ko'p gol ura olmayman
CHelsi futbolchisi Eden Azar o'zining to'purarlik qobiliyatini chamaladi.
"Men o'zimga Messi va Ronaldu darajasiga chiqa olamanmi de ko'p savol beraman. Messi va Ronaldu kabi bir mavsumda 50-60ta gol ura olamanmi? Men hech qachon haqiqiy to'purar bo'la olmayman. Bu men uchun emas. Ko'p narsa xarakterga ham bog'liq. Masalan men hisob 2:0 bo'lganidan so'ng, bazan bo'ldi etar deyman. Men rekordlar ortidan quvmayman. Agarda bir mavsumda 15-20ta gol ursam etadi, baxtli bo'laman. Hozir men o'zimning eng optimal formamdaman. Kundan-kunga yaxshi bo'lishga intilib boryapman", - deydi Eden Azar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar