Eden Azar faoliyatini yakunlashga qaror qildi
07 dek 2022 15:42
Yangiliklar
Eden Azar faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatida Eden Azar sardorligidagi Belgiya terma jamoasi guruhdan chiqa olmay, uyiga ravona bo'lgandi.
Musobaqa yakunlangach, Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini elon qildi.
"Bugun bir sahifa yopilmoqda... Mehr-muhabbatingiz uchun rahmat. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. 2008 yildan buyon birga boshimizdan o'tkazgan barcha quvonchli lahzalar uchun minnatdorman. Men terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Yo'qligimni bildirmaydigan o'rinbosarlar chiqib ulgurgan", – deb yozgan Azar.
Azar terma jamoa safida 126 uchrashuvda maydonga tushdi - 33 ta gol urib, sheriklariga 36 marta golli uzatma etkazib berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar