Eden Azar Anchelottidan norozi

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2022, 18:40
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'ziga nisbatan munosabatidan norozi.

Xavbek murabbiy butun mavsum davomida Azar o'zining eng yaxshi sport formasini tiklashini kutayotganini aytib, etarlicha o'yin amaliyoti bermayotganini tushuna olmayapti.

Kechasi Ispaniya Kubogi doirasidagi "Atletik" (0:1) bilan bellashuvda ham belgiyalik zaxirada qoldirildi. Vaholanki so'nggi vaqtlarda u hech qanday cheklovlarsiz shug'ullangan va terma jamoa o'yinlari sabab charchamagan edi. 

31 yoshli futbolchi Anchelotti o'ziga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lyapti deb hisoblaydi. Shunga qaramay, Eden kiyinish xonasida murabbiyga nisbatan munosabatini normal darajada saqlab turibdi va aksincha, jamoadoshlari bilan yanada yaxshiroq aloqa o'rnatishga urinmoqda.

Bu mavsum Azar La Liga doirasida 14 uchrashuvda maydonga tushib, birorta gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru