Edegor "Uotford"ga qarshi o'yinda golini "o'g'irlagan" Obameyang haqida: "Juda yoqimsiz holat. U ofsayddaligini darhol tushundim"
12 noy 2021 16:54
Yangiliklar
Edegor "Uotford"ga qarshi o'yinda golini "o'g'irlagan" Obameyang haqida: "Juda yoqimsiz holat. U ofsayddaligini darhol tushundim"
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor APL 11-turi doiarsidagi "Uotford"ga qarshi o'yinda (1:0) Per-Emerik Obameyang golini "o'g'irlagani" haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
73-daqiqada norvegiyalik futbolchi jarima maydonchasi burchagidan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi, ammo Obameyang darvoza chizig'i oldida to'pga tegdi va hakamlar golni gabonlikning ofsaydi tufayli bekor qilishdi.
"Juda yoqimsiz vaziyat. To'p darvozaga ketayotgandi. U to'pga tegishi bilan tushundimki, Per-Emerik ofsaydda edi. Afsuski gol inobatga olinmadi. Biroq biz g'alaba qozondik.
Agar ular hisobni tenglashtirib qo'yganida hozirgidan ko'proq alam qilgan bo'lardi!" – dedi Edegor.
Eslatib o'tamiz, 36-daqiqada Obameyang penaltidan ham unumli foydalana olmagandi – "Uotford" posboni Foster uning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar