So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   1 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

ECHLda navbatdagi Madrid derbisi + (VIDEO-PREVYU) Yangiliklar

ECHLda navbatdagi Madrid derbisi + (VIDEO-PREVYU)

Evropa chempionlar ligasi yarim final doirasidagi dastlabki to'qnashuv "Real" - "Atletiko" uchrashuvi bo'lib o'tadi.


"Real" yarim finalga qadar "Napoli" hamda "Bavariya" to'sig'ini bosib o'tdi. "Atletiko" esa "Bayer" hamda "Lester" qarshiligini engishga erishdi.

Bu jamoalar oxirgi yillarda nafaqat La Liga yoki Ispaniya kubogida, balki ECHLda muntazam to'qnash kelishmoqda. Madrid derbisi ECHLning navbatchi uchrashuviga aylanganiga ancha bo'lib qoldi. Bunga qadar ushbu jamoalar 2014 yili ECHL finalida, 2015 yilda chorak finalda va o'tgan musobaqaning finalida duch kelishgandi. O'sha bellashuvlarning barchasida "Real"ning qo'li baland kelgan. Bir so'z bilan aytganda, "Atletiko" Evropa chempionlar ligasida hozircha "Real" zanjirini echishga chora topa olmayapti. Diego Simeonening jamoasiga ECHLda faqat "Real" bas kelmoqda. So'nggi uch yildan buyon bunga guvoh bo'lmoqdamiz.

Bu safar "Atletiko" ushbu yoqimsiz ananani buzishga harakat qilib qo'radi.


"Real" hozirda ikkita frontda kurash olib bormoqda. La Ligada chempionlik uchun poygada "Barselona" ularga qarshilik qilishga urinayotgan bo'lsa, ECHLda esa bu vazifani hozircha "Atletiko" bajarib ko'radi. Hali hech bir jamoa ECHLda ketma-ket ikki marotaba g'oliblikni qo'lga kiritmagan. Zinedin Zidan aynan shu ishni bajarishga qattiq bel bog'lagan. Lekin Ispaniya chempionligi ham "Real" uchun juda muhim sanaladi. Sababi, jamoa 5 yildan buyon La Ligada g'oliblikni qo'lga kiritolmay qiynalmoqda.Ikki frontdagi kurash "Real"ni toliqtirib qo'ymasa, Zidan uzoq kutilgan natijalarni ko'rsatishi mumkin.

SHuni ham alohida qad etish kerakki, "Real" ikkita frontda kurashayotgan bo'lsa, jamoa safida shunga monand ikkita teng kuchli tarkib mavjud. Zidan hozircha La Ligada asosan o'yin amaliyotimsiz qolib ketayotgan yulduzlarga imkoniyat berayotgan bo'lsa, ECHLda asosiy va etakchi ijrochilarni o'ynatmoqda.

"Real"ning eng asosiy va og'riqli nuqtasi - himoya. "Real" joriy mavsumda o'tkazilgan 53 uchrashuvdan atiga 10tasida o'z darvozasini "quruq" saqlay olgan. Qolgan 43 o'yinda raqiblar "Real" darvozabonini ranjitishga muvofaq bo'lishgan. Bu fakt jamoaning himoya chizig'i va darvozabon masalasidagi muammolarni tasdiqlab turibdi.

"Atletiko" jamoasi ayni paytda bor diqqat-etiborini ECHLdagi ishtirokka qaratgan. Jamoaning La Ligadagi ishlari Diego Simeone istaganicha davom etmadi. "Matraschilar" chempionlik poygasini ancha erta tark etishdi. Qirol kubogidagi ishtirok ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. SHu boisdan ham "Atletiko" bor kuchini ECHLga tashlashi aniq. SHunga kelib chiqib xulosa qilsa bo'ladiki, "Atletiko" qatorasiga to'rtinchi marotaba ham "Real" "tarsaki" eyishni istamaydi va ularga qarshi haqiqiy "jang" qilishi aniq. Tan olish kerak, o'yin va kuch jihatdan hozirgi jamoa avvalgi yillardagi kabi "qo'rqinchli" emas. Ammo "Atletiko" ECHLni bosh maqsad qilib, shu maqsad yo'lida birlasha olsa, biz maydonda "g'azablangan" Diego Simeonening "Atletiko"sini ko'rsak, unda "Real"ga oson bo'lmasligi mumkin. Murabbiy futbolchilarni o'yinga to'g'ri tayyorlab, "Real"dan uchralgan mag'lubiyatlarni disklarini qaytadan qo'yib berib, ularni jahlini chiqarishni uddalay olsa, ajab emas biz avvalgi eski "Atletiko"ni ko'rsak. Faqatgina o'sha "Atletiko" "Real"ga muammolar tug'dirishi mumkin.

"Atletiko" faqat bir jihatdan raqibidan ustun, bu ham bo'lsa himoya va darvozabon. Qolgan chiziqlarda "Real"ning ustunligi turgan gap. Qaysi jamoa o'zining kuchli taraflaridan unumli foydalana olishini esa ko'ramiz.

"Atletiko" eng katta umidi Grizmann deyayotganlar adashishadi, "matraschilar"ni Yan Oblak nechta vaziyatda qutqarib qolishiga ko'p narsa bog'liq. Antuan Grizmann esa shubhasiz Diego Simeone jamoasida asosiy "qurol" bo'ladi.


Evropa chempionlar ligasi, yarim final.

Birinchi uchrashuv.

"Real" - "Atletiko" (23:45)

"Santyago Bernabeu" stadioni.

Bosh hakam
: Martin Atkinson (Angliya)

"Real": Navas; Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo; Kroos, Kazemiro, Modrich; Isko, Benzema, Ronaldu
O'ynamaydi: Beyl (mushak), Pepe (qovurg'a)

"Atletiko"
: Oblak; Ernandes, Godin, Savich, Filipe Luis; Saul, Koke, Gabi, Karrasko; Grizmann, Gameyro
O'ynamaydi: Xuanfran (orqa mushak sonlari), Ximenes (mushak), Augusto Fernandes (tizza)
So'roq ostida: Vrsalko (tizza)


Saytimiz xodimlari tomonidan tayyorlangan video-prevyuni tomosha qilishingiz mumkin.

TAS-IX

http://mytube.uz/tracks/534774.htm


TAS-IX emas


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика