So’nggi yangiliklar

14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  2 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  7 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  18 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2

ECHL. Zidan Madridda "bo'rilar"ni "zambarak"dan o'qqa tutdi, "Siti"ni esa sobiq "bo'ri" De Bryuyne yarim finalga olib chiqdi Yangiliklar

ECHL. Zidan Madridda "bo'rilar"ni "zambarak"dan o'qqa tutdi, "Siti"ni esa sobiq "bo'ri" De Bryuyne yarim finalga olib chiqdi

Evropa chempionlar ligasi chorak final to'qnashuvlarining javob o'yinlari boshlanmoqda.


Evropa chempionlar ligasi.

CHorak final.

Javob uchrashuvlari.
 
Real Madrid Ispaniya – Volfsburg Germaniya 3:0

Santyago Bernabeu

Gollar: Ronaldu (16, 17, 77)

Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Varan, 90), Kazemiro, Kroos, Beyl, Ronaldu, Benzema (Xese, 84).

Volfsburg
– Benalo, Dante, Naldo, Rodriges, Vieyrinya, SHyurrle, Luis Gustavo, Arnold, Gilavogi (Dost, 80), Draksler (Kruze, 32), Bruno Enrike (Kalidjuri, 72).

Ogohlantirishlar
: Arnold (45), Luis Gustavo (76), Ronaldu (80), Dante (85), Vieyrinya (90).

Birinchi o'yin - 0:2.

- "Real" juda shiddatkor futbol o'ynamoqda. Ketma-ket hujumlarning navbatdagisi gol bilan yakunlandi. Karvaxalning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Ronaldu ortiqcha qiyinchiliksiz darvoza to'riga kiritdi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Keyingi hujumda esa mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Kroosning oshirib bergan to'pini yana o'sha tinib-tinchimas Ronaldu boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi - 2:0. Har ikkala o'yin natijasiga ko'ra, kuchlar teng bo'ldi.
O'yin tugashiga 13 daqiqa qolganida yana o'sha Ronaldu "bo'rilar" darvozasiga jarima zarbasidan juda chiroyli golni kiritdi va jamoasiga yarim final chiptasini olib berdi.


Ikki daqiqa ichida ikkita to'p kiritib, "Volfsburg" bilan o'yindagi muvozanatni tiklagan ajabtovur futbolchi - Ronaldu.


Manchester Siti Angliya - PSJ Franciya 1:0

"Etihad stedium".

Gol: De Bryuyne (76)

Manchester Siti – Xart, Otamendi, Klishi, Sanya, Mangalya, Fernando, Fernandino, de Bryuyne (Ture, 84), Navas, Silva (Delf, 87), Aguero (Ixeanacho, 90).

PSJ
– Trapp, Tiago Silva, Markinos, Maksvell, Ore (Pastore, 61), Di Mariya, Rabo, Motta (Lukas, 44), van der Vil, Ibragimovich, Kavani.

Ogohlantirishlar
: Trapp (29), Pastore (67), van der Vil (68), Fernandino (72).

Birinchi o'yin - 2:2


- Uchrashuvning 29-daqiqasida "Manchester Siti" 11-metrlik jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo buni jabrlanuvchining o'zi Aguero muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi.

"Manchester Siti"ni yarim finalga etaklab o'tgan gol muallifi esa De Bryuyne bo'ldi.


Aguero penaltini aniq amalga oshira olmaganidan ranjimoqda...

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика