ECHL. Ronaldu yo'q o'yinda Dibalaning xet-triki "Yuventus"ga yirik g'alaba keltirdi
02 okt 2018 23:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/456340_original.jpg)
![](/upload/storage/456340_220.jpg)
ECHL. Ronaldu yo'q o'yinda Dibalaning xet-triki "Yuventus"ga yirik g'alaba keltirdi
"H" guruhi doirasida "Yuventus" klubi "Yang Boyz"ni qabul qilmoqda. Uchrashuvdagi voqealardan shu sahifada xabardor bo'lib borishingiz mumkin.
Juventus Paulo Dybala - 5', Paulo Dybala - 33', Paulo Dybala - 69' |
Champions League Grp. H . 2-tur 02/10/2018, 21:55 0
:
3
Tugadi
|
Young Boys |
Stadion: Allianz Stadium, 40961 tomoshabin
Bosh hakam: Sergei Karasev
ECHL
"H" guruhi, 2-tur
"Alyans stedium", Turin
"Yuventus" - "Yang Boyz" 3:0
Bosh hakam: Sergey Karasev
Gollar: P.Dibala 5, 33, 68
"Yuventus": 1.Voycex SHesniy, 4.Mexdi Benatia, 19.Leonardo Bonuchchi, 15.Andrea Bardzali, 12.Aleks Sandro, 16.Xuan Kuadrado, 5.Miralem Pyanich (Sami Xedira, 70), 14.Blez Matyuidi (Emre Jan, 46), 33.Federiko Bernardeski, 10.Paulo Dibala, 17.Mario Manjukich (Moyze Kin, 78).
"Yang Boyz": 26.David von Ballmos, 19.Torsten SHik, 5.Stiv fon Bergen, 4.Muhammad Ali Kamara, 23.Loris Benito, 16.Kristian Fasnaxt (Rojer Assale, 71), 35.Junior Sanogo (Sandro Lauper, 46), 8.Jibril Sou, 7.Miralem Suleymani (Nikolas Nigamaleu, 71), 99.Giyom Oaro, 6.Bertone.
Ogohlantirishlar: L.Bertone 24, S.Sanogo 41, M.Kamara 75
CHetlatish: M.A.Kamara 78
Uchrashuv yakunlandi.
78 - "Yang Boyz" himoyachisi Muhammad Ali Kamara 3 daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi va bu o'z-o'zidan qizilga alandi.
68 - Gooooolll, Paulooo Dibalaaaa, xet-trik! Kuadrado Dibalaga uchinchi golni urish uchun pas berdi. Ronalduning yo'qligi umuman bilinmayapti.
48 - Zarbaaa, Dibalaning navbatdagi zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ehh, Pauloning xet-trik qayd etishiga bir necha santimetr halal berdi.
Uchrashuvni tribunadan kuzatib borayotgan Krishtianu Ronaldu.
33 - Gooooolll, Dibaladan dubl. Matyuidining chap oyoqda bergan kuchli zarbasini darvozabon von Ballmos qaytardi, kiperdan qaytgan to'pni esa Paulo darvozaga joylab qo'ydi.
23 - Uchrashuv rejisserlari o'yinni tribunadan kuzatib borayotgan Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesni ko'rsatishdi.
5 - Gooooolll, Bonuchchidan zargarona uzun pas va Dibaladan chiroyli gol. Turinliklar kutilganidek hisobni ochishdi.
- Uchrashuvga start berildi. Bugun "Yuventus"ga Krishtianu Ronaldu yordam bera olmaydi. Krishti 1-turda "Valensiya" himoyachisi Murilo bilan vaziyatdagi holat uchun bitta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar