So’nggi yangiliklar

17:10Ўзбекистон - Испания. Асосий таркибимиз маълум  9 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  3 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  9 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  19 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  15 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5

ECHL. Kezaning goli "Yuventus"ga "CHelsi" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

ECHL. Kezaning goli "Yuventus"ga "CHelsi" ustidan g'alaba keltirdi

CHempionlar ligasi "H" guruhi 2-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

CHempionlar ligasi

"H" guruhi. 2-tur

"Yuventus" (Italiya) – "CHelsi" (Angliya) 1:0  

00.00, «Alyanc Stedium»

Gol: Keza 46'

Yuventus – SHensni, Danilo, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Kuadrado, Rabo (Makkenni, 77), Lokatelli, Bentankur (Kellini, 83), Bernardeski (Kulusevski, 65), Keza (Kin, 77).

CHelsi – Mendi, Aspilikueta (CHaloba, 62), Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Barkli, 75), Alonso (CHiluell, 46), Kovachich, Jorjino (Loftus-CHik, 62), Ziesh (Xadson-Odoi, 62), Xaverc, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Alonso (18), Ziesh (61), Ryudiger (65), Kuadrado (89). 

Bahs yakuniga etdi. "Yuventus" minimal g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+5. Zarbaaa!  Burchakdan uzatilgan pasdan so'ng Xaverc yana bir bor bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.  

90+5. Kellini!  Xadson-Odoining uzatmasidan keyin qo'rg'on vazifasini o'tadi.

90+2. Barklining zarbaga o'xshash uzatmasidan so'ng to'p maydondan chiqib ketdi. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Kuadrado vaqtni cho'zgani bois sariq kartochka oldi. 

88. Uuux!  Kay Xaverc!  U ideal nuqtadan bosh bilan noaniq zarba berdi. To'p darvoza ustuni tepasidan o'tib ketdi.

87. CHiluelning uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.  

86. Jorjo Kellini taktik folga qo'l urdi. "CHelsi" uchun yaxshi imkoniyat. 

83. "Yuventus"da o'zgarish: Bentankur o'rniga Kellini tushdi. 

82. Zarba!  Kovachichning zarbasi yo'liga Lokatelli g'ov bo'ldi. Eh, bu italiyaliklar. 

80. Kin-Makkenni-Kulusevski-Sandro kombinaciyasi Moyze Kinning zarbasi bilan yakun topdi. Zarba himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

79. Qoyil!  Bonuchchining say-harakatlari evaziga Xadson-Odoining to'p oshirishidan keyin Lukaku ofsaydda qolib ketdi. 

77. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Rabo o'rniga Makkenni, Keza o'rniga Kin tushdi.

75. "CHelsi"da almashtirish: Kristensen o'rniga Barkli o'yinni davom ettiradi.

73. CHiluellning ichkariga oshirgan to'pi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi.

70. Xaverc o'ylab o'tirmasdan zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi. Aslida zarba manzilga etib borishi mushkul edi, chunki zarba yo'llash uchun sharoitning o'zi yo'q edi.

69. Lukaku Bonuchchini ortda qoldirdi, ammo Lokatellidan o'tib ketolmadi. 

69. "Yuventus" hisobni saqlab qolish niyatida himoyaga "avtobus" qo'yib olgan.

67. "CHelsi" "Yuve"ni bosim ostida ushlab turibdi va gol urishga harakat qilmoqda.

65. "Yuventus"da almashtirish: Bernardeski o'rniga Kulusevski o'yinga qo'shildi. 

65. Ryudiger hakamga etiroz bildirgani uchun jazolandi. 

65. Keza tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tishga urindi, uni maydon markazida Kristensen qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

62. "CHelsi"da 3 ta o'zgarish: Ziesh o'rniga Xadson-Odoi, Aspilikueta o'rniga CHaloba, Jorjino o'rniga Loftus-CHik tushirildi.   

61. Ziesh to'pga intilish chog'ida Kezaga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

60. Xadson-Odoi va boshqa futbolchilar maydonga tushishga hozirlik ko'rishmoqda. 

59. Kovachich Zieshni to'p bilan taminladi, uning markaz tomon uzatmasi esa himoyachilar tomonidan bartaraf etildi. 

57. Rodrigo Bentankur Antonio Ryudigerga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

54. Mateo Kovachich yaxshi krossni amalga oshirdi, ammo SHensni to'pni uzoqlashtirdi.

53. Xavercning pasidan so'ng to'p Lokatelliga tegib, darvoza to'ridan o'rin olishi mumkin edi... burchak to'pi. 

51. Benjamin CHiluell olis masofadan kuchsiz va ishonchsiz zarba yo'lladi, bu darvozabonga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi.

48. Xakim Zieshning pasini Leonardo Bonuchchi bartaraf qildi.

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Federiko Keza yuqori chap burchakni nishonga olib, darvozabonni ojiz qoldirdi – 1:0!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

46. "CHelsi"da o'zgarish: Alonso o'rniga CHiluell tushdi. 

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

44. Romelu Lukaku raqib jarima maydoniga yorib kirishga urindi. Ammo himoyachilar sergak turishgani sezildi. 

42. Yana bir qo'pollik. Ryudiger Kezani qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi. 

41. Zarbaaaa!  Bernardeskining zarbasi "jonli devor"dagi Bonuchchiga tegib qaytdi.  

40. "Yuve" qarshi hujumga o'tib ketdi, Keza o'ng qanotga Kuadradoga pas berdi, Kovachich uni markazda yiqitdi, jarima zarbasi.  

36. Adrien Rabo hujum vaqtida Jorjinoga nisbatan qoidani buzdi. Hakam vaziyatga befarq qaramadi. 

33. Keza chap qanotda Aspilikuetani aldadi va ichkariga pas uzatdi. Tajribali Tiago Silva Bernardaskiga imkoniyat qoldirmasdan, to'pni maydon markazi tomon tepdi.

31. Zarbaaaaa!  Raboning aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi. 

29. Danilo Zieshga nisbatan juda qo'pol o'yin namoyish qildi.

26. Kay Xaverc himoyachi bilan kurash olib bordi va jarima maydoni ichida yiqilib tushdi. Referi "hech nima yo'q", dedi.

25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 29% – 71%.

23. De Ligt Lukakuga qarshilik namoyish qildi. Belgiyalikdan to'pni olib qo'yishda bir oz qo'pollik ishlatildi, ammo qoida buzish qayd etilmadi.

20. Uuuux! "Yuventus" bir necha daqiqa ichida ikkinchi marta mehmonlar himoyasidagi nozik nuqtalarni ko'rsatib qo'ymoqda. Keza chamasi 10 metrlardan pastki burchakni nishonga oldi, sal noaniq.

18. Hakam Kuadradoni turtib yuborgani uchun Markos Alonsoga sariq kartochka ko'rsatdi.

15. Andreas Kristensen juda kuchli pas berib yubordi, Lukaku to'pni egallay olmadi.

14. Mezbonlar 11 kishi bo'lib himoyada "yotishibdi". Tribunadagi tomoshabinlar hayratda va hushtakbozlik qilishmoqda.

12. Referi Zieshni og'zaki ogohlantirdi. Marokashlik 12 daqiqa ichida ikkinchi marta qoidani buzdi.

11. Alonsoning uzatmasiga Lukaku va Tiago Silva eta olishmadi.

10. Matteys de Ligt to'pni qo'li bilan o'ynagani yaqqol ko'rinib qoldi. Hakam jarima belgiladi.

8. Bernardeski jarima maydoni chizig'i oldidan zarba yo'llashga shaylanganda unga nisbatan orqadan qo'pollik ishlatilgandek tuyuldi, ammo hakam o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi.

6. Hozircha turinliklarning hujum chizig'i noaniqligicha qolmoqda. Keza-Bernardeski eng oldingi chiziqda harakatlanarmikan?

4. Xakim Zieshning havolatib uzatgan pasiga darvozabon SHensni ega chiqdi.

3. Aspilikuetaning uzatmasidan keyin  ichkaridagi himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

1. Uchrashuvdagi dastlabki fol. Tezkor futbolchilar kurashida Ziesh Kuadradoga nisbatan qoidani buzdi.

1. Bahsga start berildi!

Stadion muxlislar bilan to'lib-toshgan.

- CHempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "H" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Yuventus" hamda "CHelsi" o'rtasidagi to'qnashuv bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика