ECHL. Xoland gollar soni bo'yicha Ronaldo va Adrianoga etib oldi. U atigi 20 yoshda
05 noy 2020 02:50
Yangiliklar


ECHL. Xoland gollar soni bo'yicha Ronaldo va Adrianoga etib oldi. U atigi 20 yoshda
ECHL 3-turida "Bryugge" maydoniga safar uyushtirgan Dortmundning "Borussiya"si 3:0 hisobida g'alaba qozonmoqda (89-daqiqa).
Nemislar safida Erling Xoland dublga erishdi. SHu tariqa norvegiyalik futbolchi turnirdagi 11-o'yinida 14-golini urdi. Xoland turnirdagi gollar soni bo'yicha braziliyalik sobiq futbolchilar Adriano va Ronaldoga etib oldi.
20 yoshli Xoland "Borussiya" uchun barcha turnirlarda 28 o'yin o'tkazib, 26 ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar