ECHL. Xarri Keyn hal qiluvchi o'yinda maydonga tushadimi? Pochettino oydinlik kiritdi
27 may 2019 20:00
Yangiliklar


ECHL. Xarri Keyn hal qiluvchi o'yinda maydonga tushadimi? Pochettino oydinlik kiritdi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn aprel oyida olgan jarohati bois maydonga tusha olmayotganidan xabaringiz bor.
Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Keyn ECHLga qadar tiklanib ulguradimi? Uni maydonda ko'ramizmi? degan savollarga javob berdi.
"Keyn bilan bog'liq vaziyatga ijobiy baho beramiz. Oldimizda deyarli bir hafta bor. SHu vaqt mobaynida Xarri qanday tiklanishini kuzatib boramiz. U o'zini yaxshi va ijobiy his qilishi juda ham ahamiyatli. Nima bo'lishini ko'ramiz", - deya fikr bildirdi Pochettino.
Xarri Keyn hozir safga qaytgan va tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Final uchrashuvi 1 iyun kuni "Vanda Metropolitano" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
20:52
"Yuventus" EЧLga chiqa olmasa, katta zararga uchrashi, bir qancha futbolchilar ketishi mumkin 4

Fikrlar