So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

ECHL. "Ayaks" mehmonda g'alabaga erishdi Yangiliklar

ECHL. "Ayaks" mehmonda g'alabaga erishdi

ECHL dastlabki yarim final uchrashuvi o'tkazildi.

Tottenham Hotspur

Champions League Final Stage . 1/2-tur

01/05/2019, 01:00

1
:
0
Tugadi

Ajax

Donny van de Beek - 15'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 60243 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
39'  Jan Vertonghen (Moussa Sissoko)
79'  Danny Rose (Ben Davies)
80'  Kieran Trippier (Juan Foyth)
15'  Donny van de Beek
15'  Hakim Ziyech
30'  Nicolas Tagliafico
63'  Joel Veltman
65'  Lasse Schoene (Noussair Mazraoui)
87'  Hakim Ziyech (Klaas Jan Huntelaar)

ECHL 2018/2019, yarim final

Tottenxem – Ayaks 0:1

«Tottenxem Xotspur Stedium» o'yingohi, London, 00:00.

Gol: 0:1 - 15 van de Bek.

Bosh hakam: Antonio Mateu Laos (Ispaniya)

Qanot hakamlari: Sebrian Devis, Roberto del Palomar (ikkalasi ham Ispaniya)

To'rtinchi hakam: Alberto Undiano Malenko (Ispaniya)

VAR hakam: Alexandro Ernandes (Ispaniya)

VAR hakam yordamchisi: Xuan Martines (Ispaniya)

Tottenxem – Loris, Sanches, Alderveyreld, Rouz, Vertongen (39, Sissoko), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Tripper, Lorente.

Zaxira: Gazzaniga, Foyt, Uoker-Piters, Devis, Dayer, Skipp, Sissoko.

Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziesh, Tadich, SHene, Neres, de Yong.

Zaxira: De Vit, Varela, Sinkgraven, Magallan, Mazraui, Dolberg, Xuntelaar.

Ogohlantirish: Talyafiko (30).

                    MATNLI TRANSLYACIYA

                             YANGILASH

90. "Tottenxem" o'z uyida yutqazdi! 

46. Talyafikoning Jon Arne Riise uslubidagi zarbasiga aniqlik etishmadi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+5. "Tottenxem" sekin-asta o'ziga kelmoqda. Sissokoning kuchli zarbasiga ham aniqlik etishmadi

45+4. Xavfli vaziyat! Alderfeyreldning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq

45+1. Neresga nisbatan qo'pol o'ynashmoqda

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi

44. Eriksenning ajoyib to'p uzatishini Moura tushunmadi va natijada to'p oldirildi

43. Neres tezlik borasida Sanches bilan bahslashdi, ammo yiqilib tushdi

42. Mouraning ajoyib reydini himoyachilar bir amallab to'xtaib qolishdi. Burchak to'pi

41.  De Ligt o'yindan tashqari holatda

40. O'zgarish. Sissoko tushdi

39. Vertongen o'yinni davom ettira olmaydi. Qon ketishi to'xtamayapti. Burnidan oqayotgan qonlar unga o'yinni davom ettira olmasligini bildiradi

38. Vertongen maydon tashqarisida libosini almashtirmoqda. Diyor Imomxo'jaevning so'zi bilan aytganda yangi stadionda "qon ham chiqarib yuborishdi"

37. Hozircha "shporlar" 1 kishi kam o'ynamoqda

36. Vertongen o'rnidan turganidan keyin ishqibozlar qarsak chalishdi

35. O'yin to'xtab qoldi.... Muxlislar ham

34. Xarri Keyn bejizga ko'rsatilmayapti. "Tottenxem" zaxirasida o'yinni kuchaytiradigan hujumchini topish mushkul

33. Tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Vertongen burnidan anchagina qon yo'qotdi.

32. Qon oqmoqda. Qonli jang boshlanib ketdi. Vertongenning ahvoli og'ir 

31. Alderveyreld va Vertongen O-na-na-ning zarbasini qabul qilib olishdi. Qon oqmoqda

30. Talyafiko haqli tarzda ogohlantirildi. Jabrlanuvchi rolida Eriksen

29. Pochettino uchun yana bir sinov. Zaxirada o'yin tempiga mos tushadigan futbolchining o'zi yo'q

28. "Ayaks" bolalari yuqori bosim va tezlik evaziga mezbonlarni shoshirib qo'yishmoqda

27. Pochettinoning ahvoliga havas qilib bo'lmaydi. O'ychan, xavotirda...

26. Lukas Mouraga nisbatan Blind qo'pol harakat qildi. Lorentening bosh bilan bergan zarbasi noaniq

25. "Ayaks" Pochettino shogirdlarini o'z jarima maydonchasiga qamab qo'yishdi.

24. Rouz va Veltman o'rtasida kichik nizo. Hakam ularni yoniga chaqirib, tartibga keltirdi

23. Autdan "Ayaks" to'pni o'yinga kiritadi

22. "Tottenxem" hujum qilishga qiynalmoqda. Dele Allini ishdan chiqarishmoqda

21. Tadich Alderveyreld bilan to'qnashib ketdi

20. To'liq ustunlik qora libosli mehmonlarda. "Tottenxem" shokka tushib qolgandek

19. Neresning zarbasi bloklandi

18. O'yin qoidasi buzildi. "Ayaks"da imkoniyat

17. Ajoyib xatti-harakatlar Gollandiyadan tashrif buyurgan "bolalar" jamoasi shovqin qilishni boshlab yuborishdi

16. "Ayaks" mehmonda qanday o'ynash kerakligini juda yaxshi o'zlashtirgan ko'rinadi

15. GOL! Van de Bek hisobni ochdi — 0:1. Ofsayd yo'q!

14. Tadich va Ziyosh bugun o'zini ko'rsata oladimi?

13. Neres chap qanotdan yorib kirmoqchi bo'ldi, unga imkoniyat berishmadi

12. Ayaks haqida qiziqarli faktlarni TELEGRAM kanalimiz orqali o'qishingiz mumkin

11. Dastlabki 10 daqiqa jamoalar o'yinga moslashuvi asnosida o'tdi

10. "Ayaks" hujumga o'tmoqda, mezbonlar ikki qavatli himoya hosil qilishgan

9. Matias de Ligt hujum boshlashga shoshilmayapti

8. Alderveyreld, Vertongen, Sanches va Eriksen sobiq jamoasiga qarshi harakat qilishmoqda

7. Mouraga nisbatan qo'pollik ishlatilgandi. Hakam etibor bermadi

6. van de Bekning zarbasi o'zi xohlaganidek chiqmadi

5. van de Bek o'ng qanotdan yorib kirmoqchi bo'ldi, Sanches to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi 

4. Bugungi bahsda koreyalik Son Xyon Min (diskvalifikaciya), Harri Keyn (jarohat) kabi futbolchilar mezbonlarga yordam bera olishmayapti

3. Ugo Loris to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, himoyachilar uni xatosini yopib ketishdi

2. Javob o'yini 8 may kuni Amsterdam shahrida bo'lib o'tadi.

1. Jang boshlandi!

— Uchrashuv 00:00da boshlanadi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика