ECHL. Seshanba oqshomining qahramonlari FOTO
30 sen 2015 13:25
Yangiliklar
ECHL. Seshanba oqshomining qahramonlari FOTO
Biz kechagi o'yinlarda qahramonlik qilgan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.

"Barselona" - "Bayer" 2:1
Qahramon: Luis Suares o'yinda gol urdi va Serxi Robertoga golli pas oshirdi.

BATE - "Roma" 3:2
Qahramon: Belarus klubi hujumchisi Filip Mladenovich dublga erishdi va "bo'rilar"ni mag'lub etilishda katta xissa qo'shdi

"Bavariya" - "Dinamo Zagreb" 5:0
Qahramon: Robert Levandovski Xorvatiya klubi darvozasiga uch bor to'p kiritdi. SHu tariqa, polshalik hujumchi so'nggi 3 o'yinda 10ta gol urdi.

"Arsenal" - "Olimpiakos" 2:3
Qahramon: Felipe Pardo Kastro "Arsenal"ni Londonda mag'lub etilishida katta rol o'ynadi. Futbolchi 33-daqiqada hisobni ochdi. 66-daqiqada sherigiga gol urish uchun golli pas oshirdi.

"Makkabi Tel Aviv" - "Dinamo Kiev" 0:2
Qahramon: Kievliklarning paragvaylik hujumchisi Derlis Gonzales ikkala golga pas oshirdi.

"Portu" - "CHelsi" 2:1
Qahramon: Yasin Braimi o'yinda jamoasining etakchisi bo'ldi va dastlabki golga hammualliflik qildi.

"Lion" - "Valensiya" 0:1
Qahramon: Uchrashuvdagi yagona golni urgan Sofyan Feguli jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Zenit" - "Gent" 2:1
Qahramon: Braziliyalik Xalkning maydonga tushishi so'roq ostida edi. U maydonga tushdi va ikkita golli pas oshirishga ham erishdi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar