YCHL. "Roma" - "Barselona" 3:0. "Roma" sensacion tarzda "Barsani" mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
11 apr 2018, 01:40
Chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvida "Barsa" Rimda "Roma"ga yirik hisobda mag'lub bo'lib, musobaqa bilan sensacion tarzda xayrlashdi.

Roma Italiya – Barselona Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar:1:0 – 6 Djeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.

Roma – Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-Shaaravi, 77), Florenci, Strotman, de Rossi, Djeko, Shik (Under, 73).

Barselona –  ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.

Ogohlantirish:Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).

Birinchi uchrashuv: 1:4.


YCHL
Chorak final, javob uchrashuvi
10.04.2018
"Stadio Olimpico", Rim
"Roma" - "Barselona"
Bosh hakam:
Klement Turpin


GOLL! Edin Jeko uchrashuvda hisobni ochdi -1:0.

TANAFFUS! Hozircha birinchi bo'limdan so'ng "bo'rilar" oldinda 1:0.

De Rossi penaltini aniq amalga oshirdi va hisob 2:0. O'yin rosa qiziydiganga o'xshaydi...

O'yin tugashiga 15 daqiqa qoldi.... "Roma" nafaqat hisobda oldinda, balki o'yin borasida ham "Barsa"dan ustunlik qilmoqda..

"Roma" nimalar qilayapti....... Manolas qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi -3:0... 

Uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qoldi...


G'alaba!"Bo'rilar "Barselona"ni "g'ajib" tashladi. "Roma" yarim finalda...

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia