So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

ECHL. Zaxiradan tushgan Rodrigoning goli "Real Madrid"ga muhim g'alabani keltirdi Yangiliklar

ECHL. Zaxiradan tushgan Rodrigoning goli "Real Madrid"ga muhim g'alabani keltirdi

ECHL guruh bosqichi 3-turi doirasida "Real Madrid" - "Inter" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" - "Inter" 3:2

Gollar: 1:0 – 25 Benzema, 2:0 – 33 Ramos, 2:1 – 35 Martines, 2:2 – 68 Perishich, 3:2 – 80 Rodrigo.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Vaskes, Valverde, Kroos (Modrich, 78), Asensio (Rodrigo, 64), Kazemiro, Azar (Vinisius Junior, 64), Benzema.

"Inter" – Xandanovich, Yang, de Vrey, D`Ambrozio, Xakimi, Barella (Galyardini, 78), Vidal (Nainggolan, 87), Perishich (Sanches, 78), Brozovich, Bastoni, Martines.

Ogohlantirishlar: Vidal (44), Mendi (48), Brozovich (51), Valverde (62), Barella (72), Kazemiro (85), Kurtua (90).


Real Madrid

Karim Benzema - 25', Sergio Ramos - 33', Rodrygo - 80'

Champions League Grp. B . 3-tur

04/11/2020, 00:00

2
:
3
Tugadi

Inter

Lautaro Martinez - 35', Ivan Perisic - 68'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
25'  Karim Benzema
33'  Sergio Ramos
33'  Toni Kroos
48'  Ferland Mendy
62'  Federico Valverde
64'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
64'  Marco Asensio (Rodrygo)
78'  Toni Kroos (Luka Modric)
80'  Rodrygo
80'  Vinicius Junior
85'  Casemiro
90'  Thibaut Courtois
35'  Lautaro Martinez
35'  Nicolo Barella
44'  Arturo Vidal
51'  Marcelo Brozovic
68'  Ivan Perisic
68'  Lautaro Martinez
72'  Nicolo Barella
78'  Nicolo Barella (Roberto Gagliardini)
78'  Ivan Perisic (Alexis Sanchez)
87'  Arturo Vidal (Radja Nainggolan)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, neytral muxlislar uchun ajoyib ruhda o'tgan bellashuv "Real Madrid"ning g'alabasi bilan yakunlandi. "Inter" guruhdagi holatini juda og'ir qilib qo'ymoqda. Etiboringiz uchun tashakkur, salomat bo'ling!

90+3-daqiqa. Luka Modrichning ajoyib pasidan keyin Benzema to'pni qabul qilib oldi va himoyachini chalg'itib zarba yo'lladi, Samir Xandanovich bir amallab to'pni qaytarib yubordi.  

90+2-daqiqa. Eshli Yang qanotdan uzatmani amalga oshirdi, lekin Ferlan Mendi orqasidan kelayotgan Ashraf Xakimi to'pga etishiga imkon qoldirmadi.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi! 

88-daqiqa. Karim Benzema himoyaga yordamga kelib, to'pni olib qo'ydi va o'yinni raqib tomoniga ko'chirdi. 

Bir tomon shoshilganidan, ikkinchisi xatoga yo'l qo'yishdan qo'rqqani uchun bir necha daqiqadan buyon pala-partish futbol namoyish etishmoqda.

86-daqiqa. Aleksis Sanchesning zarbasi "jonli devorga" tegdi va mehmonlarning ikkinchi urinishi esa o'xshamadi.  

85-daqiqa. Martinesga nisbatan qo'pollik uchun Kazemiro sariq kartochka "ishlab oldi". Xavfli jarima zarbasi!

Endi raqibga etdim deganda yana hech nimasiz qolib ketayotgan "Inter"ga bunday vaziyat yoqmasligi turgan gap. SHu sababli ham o'yinning oxirgi 10 daqiqasida zo'r futbol ko'rsak ajab emas. Jamoalarning biri yo'qotadigan narsasi qolmagani uchun ham faqat hujumga intiladi.   

80-daqiqa. GOOOOOOOOL! Rodrigo "Real"ni oldinga olib chiqdi! Vinisiusning faolligi va uzatmasidan keyin Rodrigo ajoyib zarba bilan darvozabonga imkon qoldirmadi. 

78-daqiqa. Toni Kroos o'rniga esa o'yinni Luka Modrich davom ettiradi. 

Nikolo Barellani Roberto Galyardini alishtirdi, Ivan Perishich o'rniga Aleksis Sanches o'yinga qo'shildi.   

77-daqiqa. To'pni ololmagan Perishich Ferlan Mendini quchoqlab oldi. 

76-daqiqa. Ivan Perishich biroz avvalroq urgan golini takrorlamoqchi bo'ldi, lekin aniqlik etishmadi.  

75-daqiqa. Navbatdagi xavfli vaziyat. Yana "Real" himoyachilari ishonchli o'yin ko'rsata olmayotganidan raqibda imkon yuzaga keldi, lekin Lautaro Martinesning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

74-daqiqa. Kazemiro kutilmaganda tushunarsiz harakat bilan to'pni uzoqlarga ravona qildi.  

73-daqiqa. Eshli Yang tavakkal qilib o'tirmay to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan "Real" naf chiqara olmadi. 

71-daqiqa. Qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'lgan Vinisiusni qo'pollik bilan to'xtatishdi. 

68-daqiqa. GOOOOOOL! Ivan Perishich hisobni tenglashtirdi! Himoyachilarning sustkashligidan mehmonlar foydalanib qolishdi va xorvatiyalik futbolchi muvozanatni tikladi. 

67-daqiqa. Ferlan Mendi raqiblar jarima maydoniga kirib ketishiga yo'l qo'ymadi va bir yo'la ikki raqibini dog'da qoldirib, to'pni jamoasiga olib berdi. 

66-daqiqa. Lukas Vaskes to'pni Benzemadan qabul qilib olgach, uzoq o'ylab o'tirmay, zarba berdi, ammo biroz aniqlik etishmadi.   

65-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Rodrigoga nisbatan Eshli Yang qo'pollik ishlatdi. Braziliyalik futbolchi maydonda yotibdi. 

64-daqiqa. Vinisius Junior va Rodrigo o'yinga qo'shildi. Eden Azar va Marko Asensio uchun bugungi o'yin yakunlandi. 

63-daqiqa. Lautaro Martines qanotdan amalga oshirilgan uzatmani darvozaga to'g'rilab qo'yishiga Ramos yo'l qo'ymadi.

62-daqiqa. Barellani bu safar Valverde qarshi oldi va qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

59-daqiqa. "Real" futbolchilari raqib pressing uyushtirishiga qaramay, to'p oshirishlari evaziga himoyadan chiqishni uddaladi.

57-daqiqa. Serxio Ramos Nikolo Barellani juda "iliq" kutib oldi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. "Inter" futbolchisi shifokorlar yordamida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.   

55-daqiqa. Qanotdan oldinga o'tgan Kazemiro to'pni jamoasida saqlab qola bildi. 

Eden Azar biroz oqsagancha o'yinni davom ettirmoqda. 

51-daqiqa. Sariq kartochka. Ikkinchi bo'lim qo'polliklar bilan boshlandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Marselo Brozovich belgiyalik hamkasbi Eden Azarga nisbatan qoidani buzdi.

50-daqiqa. To'p uchun kurashda Ivan Perishich o'zini ortda qoldirgan Rafael Varanga nisbatan qo'pollik ishlatdi va hakam buni beetibor qoldirmadi. 

49-daqiqa. "Inter"ning pressingi samarasi o'laroq Kurtua to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

47-daqiqa. Ferlan Mendi qanotdan to'p uchun kurashda Ashraf Xakimining oyog'ini bosib oldi va sariq kartochka bilan siylandi. 

46-daqiqa. Lukas Vaskes qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Benzemaga etkazdi, hujumchi esa darhol zarba yo'lladi, lekin himoyachilar Xandanovichga ish qoldirishmadi. 

Ikkinchi bo'limga start berildi!

Birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shib berilmadi! Tanaffus!

44-daqiqa. Sariq kartochka! Arturo Vidalga Lukas Vaskesga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatildi! 

41-daqiqa. Toni Kroos jarima zarbasini amalga oshirdi, Karim Benzema o'zi tomon yo'llangan to'p uchun kurashda himoyachiga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

40-daqiqa. Markazda Vidal yana qoidani buzdi. Bu safar Kazemiro jabrlanuvchi rolida.  

37-daqiqa. Mehmonlar hali kurashdan chiqqanicha yo'q. Bellashuv taxminlarni oqlagan holda ancha qiziqarli ruhda davom etmoqda.  

35-daqiqa. GOOOOOL! Lautaro Martines oradagi farqni qisqartirdi! Nikolo Barella ajoyib va kutilmagan harakati bilan Martinesni qulay vaziyatga chiqardi hamda hujumchi zarbada adashmadi.  

33-daqiqa. GOOOOOOOL! Serxio Ramos! Burchakdan oshirib berilgan to'pga mezbonlar sardori birinchi bo'lib etib bordi va hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. 

30-daqiqa. Mehmonlar yana Ashrafning qanotidan jarima maydoniga kirishga urinib ko'rishdi, Xakimi to'pni Lautaroga etkazdi, lekin Varan hujumchidan to'pni olib qo'yishga erishdi.  

28-daqiqa. "Inter" o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin Toni Kroos bunga yo'l qo'ymadi.   

25-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema! Ferlan Mendining taqibidan keyin Ashraf to'pni darvozabonga etkazishda xatoga yo'l qo'ydi, Karim tezroq harakat qilib, posbonni ham "quruq qo'l" bilan qoldirdi va bo'sh qolgan darvozaga to'pni joylab qo'ydi.  

Birinchi bo'limning yarmi ortda qolgan bir pallada shuni aytish mumkinki, "Inter" himoyada o'ta ehtiyotkor o'yin ko'rsatib, to'pni egallab olishi bilanoq, katta tezlikda hujumga o'tishga urinmoqda.  

23-daqiqa. Vaskes jarima maydoni ichidagi Benzemani topdi, franciyalik futbolchi boshi bilan to'pni Valverdega qulay tarzda qoldirdi, lekin urugvaylik futbolchining zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.  

21-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumning yakunida Asensio to'pni jarima maydoniga etkazib berdi, raqiblaridan chaqqonroq harakat qilgan Samir Xandanovich xavfni yo'qqa chiqardi.  

19-daqiqa. To'p uchun kurashda Ferlan Mendi Tibo Kurtua bilan to'qnashib ketdi. 

18-daqiqa. Har ikki jamoa, ammo "Inter" ayniqsa ehtiyotkor futbol namoyish qilmoqda. 

16-daqiqa. Maydon markazida jamoadoshlariga yordamga kelgan Rafael Varanga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Aybdor Arturo Vidal.

14-daqiqa. Arturo Vidalning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza ustunini "silab o'tib ketdi". 

12-daqiqa. Uzoq masofada turganiga qaramay, Lukas Vaskes bilan "devor" uslubida o'ynab to'pni qayta qabul qilgan Toni Kroos zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida.  

9-daqiqa. "Inter"ning birinchi urinishiyoq sal qolsa gol bilan tugardi. Yana madridliklar himoya markazidagi muammolar ko'zga tashlanmoqda, uning oqibatida mehmonlar vaziyatga ega bo'lishdi, lekin oxirgi zarba kuchsiz chiqdi va qo'shimchasiga, aniqlik etishmadi.   

7-daqiqa. Federiko Valverde jarima maydoniga kirib o'tirmay kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

6-daqiqa. "Qirollik klubi"ning navbatdagi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Lekin hozircha "Real" kim mezbonligini ko'rsatib qo'ya olayotgandek.

4-daqiqa. O'yindagi ilk xavfli vaziyat aynan Azarning faolligidan keyin yuzaga keldi, ammo Asensioni zarbasidan keyin Samir Xandanovich katta qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarishga erishdi. Burchak to'pidan naf chiqmadi.  

3-daqiqa. O'z navbatida "Real" chap qanotidan olidnga o'tishga urinib ko'rdi, ammo Eden Azar nima qilishni o'ylaguncha Ashraf Xakimi to'pni ilib ketdi. 

2-daqiqa. Taxminan 2 daqiqa vaqt davomida to'pni mehmonlar nazorat qilishdi. Ammo hujumga o'tish niyatida to'p Eshli Yangga etkazilgandi, Unga qarshi Lukas Vaskes ishonchli o'ynadi  va to'pni olib qo'ydi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari elon qilib ulgurilgan. Romelu Lukaku kutilganidek bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu esa "Inter" uchun katta yo'qotish. "Qirollik klubi" o'ng qanot himoyasida esa Lukas Vaskes maydonga tushdi.

YANGILASH

Real Madrid

Karim Benzema - 25', Sergio Ramos - 33', Rodrygo - 80'

Champions League Grp. B . 3-tur

04/11/2020, 00:00

2
:
3
Tugadi

Inter

Lautaro Martinez - 35', Ivan Perisic - 68'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
25'  Karim Benzema
33'  Sergio Ramos
33'  Toni Kroos
48'  Ferland Mendy
62'  Federico Valverde
64'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
64'  Marco Asensio (Rodrygo)
78'  Toni Kroos (Luka Modric)
80'  Rodrygo
80'  Vinicius Junior
85'  Casemiro
90'  Thibaut Courtois
35'  Lautaro Martinez
35'  Nicolo Barella
44'  Arturo Vidal
51'  Marcelo Brozovic
68'  Ivan Perisic
68'  Lautaro Martinez
72'  Nicolo Barella
78'  Nicolo Barella (Roberto Gagliardini)
78'  Ivan Perisic (Alexis Sanchez)
87'  Arturo Vidal (Radja Nainggolan)

"Real Madrid" Ispaniya – "Inter" Italiya

"Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Vaskes, Valverde, Kroos, Asensio, Kazemiro, Azar, Benzema.

"Inter" – Xandanovich, Yang, de Vrey, D`Ambrozio, Xakimi, Barella, Vidal, Perishich, Brozovich, Bastoni, Martines.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика