ECHL. "Real" - "Bavariya" qarama-qarshiligida sodir bo'lgan tarixiy voqea (VIDEO)
13 apr 2018 17:43
Yangiliklar
ECHL. "Real" - "Bavariya" qarama-qarshiligida sodir bo'lgan tarixiy voqea (VIDEO)
Joriy mavsumda ham Evropa chempionlar ligasi to'qnashuvida mashhur raqiblar o'zaro uchrashishmoqda.
Qura natijalariga ko'ra, ECHL yarim finalida "Bavariya" va "Real" o'zaro duch keldi.
Aynan shu jamoalarning to'qnashuvida Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng tezkor gol kiritilgan. 2007 yilga ECHL nimchorak final bahsida "Bavariya" hujumchisi Roy Makaay "Real" darvozasini 10,12 soniyadayoq ishg'ol etishni uddasidan chiqqandi. Makaayning bu to'pi haligacha ECHL tarixidagi eng tezkor gol sifatida qolmoqda.
O'shanda Makaayga qanotda Roberto Karlosdan to'pni olib qo'ygan Hasan Salihamijich assistentlik qilgandi.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar
22:13
La Liga. "Real" o'z uyida "Las-Palmas"ni mag'lub etib, jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi 111
Fikrlar