So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

Paris is Red! "Manchester Yunayted" Parijni ikkinchi bor zabt etdi Yangiliklar

Paris is Red! "Manchester Yunayted" Parijni ikkinchi bor zabt etdi

ECHLning 1-turi doirasidagi PSJ - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

PSJ (Franciya) – "Manchester Yunayted" (Angliya) 1:2

"Park de Prens"

Gollar: Fernandesh (23), Marsyal (55-avtogol), Reshford (87).

PSJ – Navas, Kurzava (Bakker, 86), Florenci (Dagba, 79), Kimpembe, Diallo, Errera (Rafinya, 79), Danilu Pereyra, Guye (Kin, 46), Di Mariya (Sarabiya, 86), Neymar, Mbappe.

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Tuanzebe, SHou, Telles (Pogba, 67), Brunu Fernandesh (van de Bek, 88), Fred, Maktomini, Uan-Bissaka, Reshford, Marsyal (Jeyms, 89).

Ogohlantirish: Neymar (34), Maktomini (36), Tuanzebe (72), Danilu (84), Kin (90).

Paris Saint-Germain

Anthony Martial - 55'

Champions League Grp. H . 1-tur

21/10/2020, 01:00

2
:
1
Tugadi

Manchester United

Bruno Fernandes - 23', Marcus Rashford - 87'

Stadion: Parc des Princes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
35'  Neymar
46'  Idrissa Gana Gueye (Moise Kean)
55'  Anthony Martial
78'  Alessandro Florenzi (Colin Dagba)
78'  Ander Herrera (Rafinha)
84'  Danilo Pereira
86'  Angel Di Maria (Pablo Sarabia)
86'  Layvin Kurzawa (Mitchel Bakker)
90'  Moise Kean
23'  Bruno Fernandes
36'  Scott McTominay
67'  Alex Telles (Paul Pogba)
72'  Axel Tuanzebe
87'  Marcus Rashford
87'  Paul Pogba
88'  Bruno Fernandes (Donny van de Beek)
88'  Anthony Martial (Daniel James)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!!!!!! "Manchester Yunayted" Parijni ikkinchi bor zabt etmoqda!!

90+2. Mbappe offsaydda qolib ketdi va PSJ hujumi to'xtab qoldi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

89. UXXXXX!!! Neymarning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi!

87. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! RESHFORRRRRDDDDDDD!!!! Kuchli zarbani Navas qaytara olmadi!

84. Fredni yiqitgani uchun Danilu ogohlantirildi.

82. ZARBAAAAAA!!! Neymarning super zarbasini De Xea qaytardi!

80. ZARBAAAAAAAAA!! Brununing pasini himoyachilar qaytardi. Reshford esa to'pni darvoza tomon tepdi. Navasdan yana bir super seyv!

78. MYUda yana bir vaziyat. Fred to'pni Neymardan olib qo'ydi va Reshfordga oshirdi. Markus esa to'pni Brunuga oshirdi, uning zarbasi noaniq ketdi.

74. Kurzava MYU jarima maydonchasi ichigacha kirib borgandi. Fred to'pni burchakka chiqarib yubordi.

70. ZARBAAAAAAAAA!!! Reshfordning kuchli zarbasini Navas qaytardi. Burchak zarbasi!

68. Pogbaning pasidan keyin Fernandesh PSJ darvozasini nishonga oldi va anchagina adashdi.

65. PSJ uslubidan voz kechmadi. Qanotdan havolatib oshirilayotgan to'plar himoyachilar tomonidan qaytarilmoqda.

63. UXXXX!! Maydonga noqulay tushgan Errera jiddiy jarohat olgan ko'rinadi. Yo'q, hammasi joyida ekan.

59. ZARBAAAAAA!! SHouning qanotdan oshirgan to'pini Tuanzebe darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

57. VAN-BISSAKAAAAAAA!!! Mbappe MYU posboni bilan birga bir holatda qolib ketgandi. Zarbani Van-Bissaka qaytardi!

55. GOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Neymarning burchakdan uzatgan to'pini Marsyal darvozasiga kiritdi!54. MYUda yana bir vaziyat yuzaga keldi. Van-Bissakaning qanotdan markazga oshirgan to'pini Diallo qaytarib yubordi.

50. Erreraning zarbasi noaniq ketdi.

48. ZARBAAAAAAAAA!! Mbappeening kuchlii zarbasini De Xea qaytardi!!!!!!!!! DAVIIIDDDDDDDD!!

47. IE!!! Reshford o'zi birga bir chiqib borishi mumkin bo'lgan vaziyatda to'pni Marsyalga oshirdi va vaziyat yo'qqa chiqarildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Futbolchilar maydonga qaytishmoqda.

Taym yakunlandi! Laxozning chalgan xushtagi biroz g'alati eshitildi bizga.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. PSJ faqatgina bir xil uslubda o'ynamoqda. Eslatib o'tamiz, Kavani ayni damda PSJda o'ynamayapti. 

42. UXXXXX!!!! Reshford tezkor qarshi hujumga o'tib ketib, PSJ jarima maydonchasi ichigacha kirib bordi. Diallo podkati orqali to'pni olib qo'ydi.

40. ZARBAAAAAAAAA!!! Maktominining boshi bilan yo'llagan zarbasi PSJ futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. Tellesning podachalariga gap yo'q. Barchasi MYU futbolchilariga bormoqda.

39. NAVAAAASSSSS!! Brununing kutilmagan zarbasini Navas qaytardi!

38. Marsyal!! Nimalar qilyapsanaaaa!!! To'pni Reshfordga oshirsa bo'ldi edi...

36. MYU jarima maydonchasi ichiga katta tezlik bilan ketayotgan Neymarni yiqitgani uchun Maktomini ogohlantirildi.

34. UXXXXXX!!! Tuanzebe MYU jarima maydonchasi ichida Mbappedan to'pni toza olib qo'yib, yiqitdi. Neymar esa bunga etiroz bildirdi va sariq kartochka ishlab oldi.

32. DE XEAAAAAA deymiz yana bir bor. Ha, offsayd bor edi. Biroq u Di Mariya bilan birga bir holatda qolib ketganda ham vaziyatni bartaraf etgandi.

30. O'yinning uchdan bir qismi ortda qoldi. Teng kurash, biroq hisob 0:1. MYU yaxshi o'ynamoqda.

26. PSJ tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Brunu himoyachilarga yordamga kelib, hujumni qaytardi!

23. GOOOOOOOOLLLL!!! Fernandesh baribir penaltidan unumli foydalandi!

23. Yana YO'Q!! Penalti boshqatdan tepiladi.

22. Yo'q, penaltidan unumli foydalana olmadi Fernandesh!

20. PENALTIIII!!! Diallo Marsyalni yiqitdi! VARda ko'rib chiqilmoqda.

19. ZARBAAAAAAA!! Marsyal qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Umuman olganda top-hujumchilar bunday pallada aniq zarba yo'llagan bo'lardi!

16. PSJ xavfli nuqtadan jarima zarbasini tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Neymarning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

13. DE XEAAAAAAAAA!!! Qanotdan oshirilgan to'p MYU himoyachilariga tegib, bir necha rikoshetlar bo'lib, darvozaga kirib ketayotgandi. De Xea to'pni ushlab oldi.

12. DE XEAAAAAAAAA!!! Di Mariyaning ajoyib aylantirma zarbasini David qaytardi. Super seyv ko'rdik!

11. Neymar Maktominini ortda qoldirdi va to'pni Di Mariyaga oshirdi. Anxel esa hujumda fol ishlatdi.

9. UXXXXXXX!!!! Brununing ajoyib to'p uzatishi Dialloga tegib, darvozabonga borib tushdi. Reshford zarba berishga kechikdi.

7. Yodimda, 1:3 hisobida yakunlangan uchrashuvda Fred juda zo'r o'ynagandi. Hozir ham u Mbappedan to'pni olib qo'ydi.

5. Mbappe hujumga o'tgandi. Van-Bissaka podkati orqali to'pni burchakka chiqarib yubordi.

3. Ayni damda Parij uzra kuchli yomg'ir yoqmoqda. Havo harorati +14 gradusni tashkil qilmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Yurakni larzaga soluvchi musiqa sadolari ostida ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishdi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! PSJ bugun o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика