So’nggi yangiliklar

15:55Пике "Реал"нинг ҳакамлик борасидаги эътирозлари ҳақида: "120 йилдан бери шундай"  2 15:38"Дрогба ўз вақтида "Олтин тўп"ни қўлга киритишга лойиқ эди"  1 15:10"Реал" мураббийлар штаби "Атлетико"нинг ишини "нотўғри" деб ҳисоблайди  4 13:57"Реал" ТВ: "ВАР бўйича "Реал"нинг натижаси -27, "Барселона" ва "Атлетико" "плюс"да"   21 13:28"Лестер" устози Нистелрой: "Бу Ферги-тайм эмас, офсайд тайм"  3 13:17Гвардиола 60 млн. еврога олинган Нико ҳақида: "Унинг отаси бизда ишларди"  2 12:38ПСЖ мавсум бошидан бери Лига 1да ҳали мағлуб бўлмади. Бунақаси тарихда 3 бор содир бўлди  0 12:29Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Осиё Кубогида иштирок этадиган таркиби маълум бўлди  3 12:04Усмон Дембеле кетма-кет 7 ўйинда гол урди  6 10:57Легионерларимизга аталган кун. Бугун Ҳусанов, Ғаниев, Эркинов, Турғунбоев жамоалари ўйнайди   6 10:16"Машъал" янги мавсумга тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:43Sofascore. Отабек Шукуров "Ал Насср" билан учрашувда неча баҳо олди?  5 09:10"Металлург" собиқ мураббийи Мальдив ороллари жамоасида иш бошлади  5 08:35"Шўртан" дарвозабони легионерга айланди  1 08:05Ўзбекистонлик ҳимоячи Тожикистон совриндори сафига бориб қўшилди  0

ECHL. Parijda "Manchester Siti"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

ECHL. Parijda "Manchester Siti"ning qo'li baland keldi

CHempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi PSJ hamda "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi birinchi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

PSJ (Franciya) – "Manchester Siti" (Angliya) 1:2  

00.00, «Park de Prens»

Gollar: Markinos 15' – de Bryuyne 64', Maxrez 71'

PSJ – Navas, Florenci, Markinos, Kimpembe, Bakker, Geye, Paredes (Errera, 83), Verratti, di Mariya (Danilu, 80), Neymar, Mbappe

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz, Diash, Kanselu (Zinchenko, 61), Rodri, Gyundogan, de Bryuyne, Foden, Maxrez, Bernardu Silva

Ogohlantirishlar: Kanselu (31), Neymar (74), de Bryuyne (86). 

CHetlatish: Geye (77).

Bahs yakunlandi! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+1. Silva Erreraga nisbatan qo'pollik ishlatdi, Neymar jarimani ijro etdi. Himoyachilar ishonchili o'ynashdi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. PSJ azolari butun jamoa bo'lib hujumga o'tishyapti, ammo bu samara keltirmayapti. 

87. Fodendan yaxshi zarba!  Navas sakragan holda to'pga ega chiqdi. 

86. de Bryuyne Daniluga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. PSJ futbolchilari keskin etiroz bildirishmoqda. 

84. Zarba!  Maxrezning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

83. PSJda o'zgarish: Paredes o'rniga Errera maydonga tushdi. 

82. Gyundogan maydonga qaytdi, u o'yinni davom ettira oladi. 

80. PSJda almashtirish: di Mariya o'rniga Danilu o'yinni davom ettiradi. 

79. Gyundoganga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

77. Qizil kartochka!  Geye Gyundoganga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va adolatli ravishda maydondan chetlatildi. 


75. Fil Foden chamasi 11 metrdan bosh bilan darvozani nishonga oldi, Navas reakciya ko'rsatib, darvozani munosib qo'riqlay oldi.

74. Neymar Diashga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Maxrez!  Xavfli bo'lishi mumkin, degan jarima zarbamiz golga aylandi, Riyad Maxrez uni qoyilmaqom ijro qildi – 1:2!

  

70. Leandro Paredes qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. Jarima zarbasi xavfli ko'rinish olishi mumkin. 

67. Aleksandr Zinchenko sherigini pasini qabul qilishi lozim edi, ammo o'yindan tashqari holat qayd qilindi.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kevin!  de Bryuynening uzatmaga o'xshash chalg'ituvchi zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:1!

 

61. "Manchester Siti"da o'zgarish: Kanselu o'rniga Zinchenko tushdi. 

61. Uuuux!  de Bryuynening chalqancha uslubdagi zarbasiga aniqlik etishmadi. 

60. "SHaharliklar" kombinacion hujum boshlayotgandi, biroq Bernardu Silvaning xatosidan so'ng bu uzilib qoldi.

57. Neymarning havolatib uzatgan pasidan keyin di Mariya bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.

56. Uuuux!  Mbappening ichkaridagi keskin pasiga Verratti etib kela olmadi. Juda qulav vaziyat yuazaga kelgan edi.

54. Joau Kanseluning yaxshi o'ylangan pasiga darvozadan chiqib kelgan Navas egalik qilishning uddasidan chiqdi.

50. Fil Fodenning uzatmasi biroz muvaffaqiyatsiz chiqdi.

47. Mitchel Bakker qo'pol o'yin namoyish etdi. "Manchester Siti"da jarima to'pi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Qanot hakami bayroqchasini ko'tardi, Neymar ofsaydda qoldi.

44. Kayl Uoker di Mariyaga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

42. Uuuux!  "Siti"ning dahshatli hujumi. Silvaning qulay pasidan so'ng Foden zarba yo'lladi, Navas shu erda ekanligini eslatib qo'ydi! 

41. Neymar jarima maydoni ichida o'z jamoadoshi Florenci bilan urilib ketdi va buni sezmagani bois  hakamdan penalti so'rayapti. 


40. Neymar to'qnashuvda jarohat oldi, ozroq maydonda yotdi, ammo hammasi joyida, davom etamiz. 

38. Kevin de Bryuynening burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasiga Navas ega chiqdi.

35. Riyad Maxrez noaniq pasga egalik qilish uchun ancha ter to'kdi, biroq buning iloji topilmadi.

33. Zarba!  Anxel di Mariyaning havolatib yo'llagan zarbasi himoyachilao tomonidan "bloklandi".

32. Maydon markazida Neymar yiqitildi, aybdor – Uoker. 

31. Kanselu Mbappega qarshi juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

28. Zarbaaa!  Paredesning bosh bilan bergan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

27. Buchrak zarbasi. Di Mariyaning uzatmasini darvozabon urib yubordi, yana korner.

25. Neymarning uzatmasiga Ederson egalik qildi.

23. Alessandro Florenci raqib o'yinchisining futbolkasidan tortdi, hakam bunga befarq qaramadi.

21. Zarba!  Bernardu Silva jarima maydoni ichida pas qabul qilib oldi va zarba yo'lladi. Keylor Navas ajoyib o'ynib, zarbani qaytardi. Burchak to'pi.

19. Neymar raqibini yiqitdi, Riyad Maxrez – jabrdiyda.

15. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Markinos!  Anxel di Mariyaning burchakdan uzatgan to'pini Markinos bosh bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi – 1:0!

 

13. Uuuux!  Edersondan qoyilmaqom seyv!  Neymarning yaqin masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi. 

12. Di Mariyaning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. To'p maydondan chiqib ketdi.

9. "SHaharliklar" raqib jarima maydoni yaqinida vaziyat hosil qilishga harakat qilishmoqda. 

6. Ilkay Gyundogandan yaxshi uzatma, ammo sherigi uni tushinmadi.

4. Florenci o'ng qanotdan oldinga borib, ichkariga pas uzatdi, biroq ancha qattiq tepib yuborgani pand berdi. 

2. Zarba!  O'yindagi birinchi zarbani Neymar yo'lladi, Ederson o'z o'rnida! 

1. Mitchel Bakker qo'pollik evaziga to'pni tortib olgani bois Feliks Brix o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi.

1. O'yin boshlandi! 

Hozir Parijda hukm surayotgan holat

"Park de Prens" futbol oqshomiga tayyor!

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 ga belgilangan.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun CHempionlar Ligasi yarim finalida Parijning "Pari Sen-Jermen" klubi o'z maydonida Manchesterning "Manchester Siti" klubini mehmon qiladi. Ushbu qarama-qarshilikni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика