ECHL. PSJ himoyachisi “Borussiya D”ga qarshi bahs oldidan Xolandni tanimasligini aytdi
06 fev 2020 19:30
Yangiliklar


ECHL. PSJ himoyachisi “Borussiya D”ga qarshi bahs oldidan Xolandni tanimasligini aytdi
PSJ futbolchisi Toma Mene ECHL 1/8 bosqichi doirasida o'tkaziladigan ilk o'yin oldidan “Borussiya D” forvardi Erling Xolanddan qo'rqmayotgani va uni hattoki tanimasligini bildirdi.
“Undan cho'chish? Uni deyarli tanimayman ham. U “Borussiya D”da aql bovar qilmas darajada ko'p gol urishi oqibatida juda yaxshi statistikaga ega bo'lib oldi, Biroq, shuning bilan birga bu jamoa ko'p to'p o'tkazib yubormoqda. Qog'ozda PSJ har qanday raqibdan o'ta oladi. Hammasi o'zimizga bog'liq”, deydi Mene.
Eslatib o'tamiz, “Borussiya D” – PSJ o'rtasidagi birinchi bellashuv 18 fevral kuni Germaniyada bo'lib o'tadi, javob uchrashuvi esa 11 martga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar