So’nggi yangiliklar

12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  4 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  3 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  4 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  16 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  5 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0

ECHL. "Portu" "Dragau"da "Yuventus"ni mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Portu" "Dragau"da "Yuventus"ni mag'lub etdi

CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Portu" – "Yuventus" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahfiada kuzatib bordingiz.


"Portu" (Portugaliya) – "Yuventus" (Italiya) 2:1 

«Dragau»

Gollar: Taremi 2', Marega 46' – Keza 83'

Portu – Marchesin, Manafa, Sanusi, Mbemba, Pepe, Otavio (Luis Dias, 57), Uribe, Korona (Ndiaye, 90+1), Serjiu Oliveyra (Konseysan, 90+1), Marega (Gruich, 66), Taremi.

Yuventus – SHensni, Danilo, de Ligt, Aleks Sandro, Kellini (Demiral, 35) , Rabo, Bentankur, Kulusevski (Remzi, 77), Makkenni (Morata , 63), Keza, Ronaldu

Ogohlantirishlar: de Ligt (63), Danilo (81), Demiral (87), (Sandro, 90+2). 

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!  

90+2. Sandro Taremiga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90+1. "Portu"da 2 ta o'zgarish: Oliveyra o'rninga Konseysan, Korona zrniga Ndiaye tushdi. 

87. Demiral Luis Diasga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

87. Uribe Luis Lias tomon uzatmani amalga oshirdi, Dmudofaa qo'rg'oni vakili Demiral to'pni qaytardi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Federiko Keza chamasi 13 metrdan o'tkir burchakni nishonga oldi va aniq urdi – 2:1!

81. Danilo qoidani buzgani tufayli sariq kartchokaga loyiq ko'rildi. 

80. Zarba!  Oliveyraning burchakdan uzatmasi, Serjiu Oliveyraning bosh bilan zarbasi, noaniq. 

78. Morata o'z ananasga sodiq qolgan holda ofsaydda qoldi. 

77. "Yuventus"da o'zgarish: Kulusevski o'rniga Remzi maydonga tushdi. 

74. Serjiu Oliveyradan yaxshi zarba!  SHensni jamoasini qutqarib qoldi. Tasanno!  

72. "Portu" futbolchilari to'pni o'zlarida saqlashga urinishdi, ammo turinliklar bunga ko'nishmadi va kuchli pressing namoyish qilishdi.

69. Danilo uzoqdan yaxshi zarba ijro qildi, ammo to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi. 

68. Uuuuuxx!  Qoyilmaqom!  Ijroga ham, seyvga g'am gap yo'q!  Koronaning akrobatik uchlubdagi zarbasini SHensni qaytarishga erishdi. 

67. Adrien Rabo Taremiga nisbatan qoidani buzdi.

66. "Portu"da o'zgarish: Marega o'rniga Gruich tushirildi. 

66. Zarbaaaa!  Bentankurning olis masofadan yo'llagan zarbasi xavfli, biroq ozgina noaniq chiqdi. 

63. "Yuventus"da o'zgarish: Makkenni o'rniga Morata o'yinni davom ettiradi.

63. de Ligt sariq kartochka oldi. 

60. "Yuventus" ajoyib jamoaviy o'yinni namoyish qilmoqda. Qiqa paslar ko'p. Sabr va mehnat bor, himoyachni yorib o'tish qoldi, xolos.

57. "Portu"da almashtirish: Otavio o'rniga Luis Dias tushdi. 

54. Sandro va Keza o'ngda o'zaro kombinaciya qilishdi. Braziliyalik yaxshi uzatmani ko'rchatish niyatida edi, ammo to'p Otavioga tegib, yo'nalishini o'zgratirdi, aniqrozi, maydondan chiqib ketdi

52. Zarbaaa!  Serjiu Oliveyraning kuchli zarbasini SHensni qaytardi!  Ajoyib seyv! 

49. Otavio o'ta agressiv harakat qildi va Sandroga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!  Manafa  Maregani qulay pas bilan taminladi, u esa yaqin masofadan o'z mahorati ila darvozani ishg'ol etdi – 2:0! 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

43. Danilo o'ng qanotda Otaviodan o'tib ketishning uddasidan chiqdi. Braziliyalik hamoyachi ajoyib uzatmani ko'rsatdi, ammo uning sheriklari ushbu holatga aralashishmadi. 

41. Zarba!  Rabodan chalqancha uslubda zarba, darvozabondan qoyilmaqom seyv! 

40. Zarba!  Otavio tomonidan de Ligtga nisbatan qoida buzildi. Standartni BEntankur amalga oshirdi, uning uzatmasidan so'ng de Ligt bosh bilan zarba yo'lladi, Marchesin o'z o'rnida!

38. CHap qanotdan oldinga borgan Sandroga nisbatan qo'pollik ishlatilgandek tuyuldi, ammo jabrdiyda o'z o'rnida burchak to'pi ishladi. 

35. "Yuventus"da o'zgarish: Jarohatlangan Kellini o'rniga Demiral tushdi.

30. Oliveyra chep qanot orqali uzatmani qayd etdi, ichkarida de Ligt bilan kurash olibb organ Taremi bosh bilan zarba yo'lladi, to'p to'g'ri Genchinining qo'liga borib tushdi.

27. "Keksa sinora" futbolchilaridan navbatdagi xato. Kulucheaski Kezani qulay pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, ammr darvozasidan chiqib kelgan Marchesin unga ega chiqdi. 

23. Xavfli vaziyat! Turinliklar oddiy g'olatda o'z darvoo'alaridan to'p olib chiqishlariga sal qoldi. Sandroning xatosidan keyin Oliveyra chamasi 20 metrdan zarba berdi, to'p rikoshet orqali de Ligtga tegib, maydondan chiqib ketdi.

21. Kulusevski shhng yanotdan erlatib uzatmani amalga oshirdi, ichkarida Makkenni hamda Pepe ishtirokida kurash kechdi. Keyin esa Marchesin to'pga ega chiqdi.

17. Sandroning uzatmasi Keza tomon yo'naltirildi. Italiyalik forvardning zarbasi Sanusiga tegib qoldi, endi turinliklar burchak to'piga ega bo'lishdi.

14. Serjiu Oliveyraning uzoqdan yo'llagan zarbasi! To'p yo'l-yo'lakay Bentankurga tegib, keyin maydonni tark edi. O'Yindagi birinchi burchak to'pi o'yinga kiritiladi.  

11. Maydon markazida Kuluchevski va Rabo o'zaro to'qnashib ketishdi. Ko'proq shveciyalik yarim himoyachi jabrlandi. O'yinda kichik pauza ro'y beradi. 

9. Bosh hakam Karlos del Serro yana mezbonlar vakilini ayadi. Keza Sanusini aldab o'tdi, ammo ortdan yiqitildi.

7. Ueston Makkenni "Yuventus"ning qarshi hujumiga boshchilik qilmoqchi bo'ldi, biroq amerikalik yarim himoyachi tezroq qaror qabul qilishda oqsagani bois tajribali Pepe to'pni undan olib qo'ydi.

4. Danilo o'ng qanotdan oldinga bordi, Otavio unga nisbatan qo'pol o'ynadi, hakam hozircha o'yinchini og'zaki ogohlantirishga qaror qildi.

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Bentankurning "qovun tushirishi"dan so'ng Taremi hisobni ochdi – 1:0! 

1. O'yin boshlandi! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixloasmandlari!  Bugun ECHL 1/8 finalida "Yuventus" "Portu" mehmoni bo'ladi. Ushbu qiziqarli o'tishi kutilayotgan bashni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика