

"Portu" jamoasi "Roma"ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy vaqtida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Rimda o'tgan birinchi bellashuvda buning aksi bo'lgandi. Ekstra taymlarda esa portugaliyaliklar futbolchisi Aleks Tellesning penaltidan kiritgan goli "Portu"ga g'alaba keltirdi. Aytish joizki, ushbu penalti VAR tizimiga murojaat qilinganidan so'ng belgilandi.
YCHL
Portu – Roma 3:1 (1:1, 1:0, 0:0)
06.03.2019, "Dragau"
Gollar:1:0 – 26 Soares, 1:1 – 37, penalti de Rossi, 2:1 – 52 Marega, 3:1 – 117, penalti Telles.
Portu – Kasilyas, Eder Militao (Maksi Pereyra, 13), Felipe, Pepe, Telles, Otavio (Ernani, 4), Errera, Danilu Pereyra, Korona (Braimi, 69), Marega, Soares (Fernando, 78).
Roma – Olsen, Manolas, Jezus, de Rossi (Pellegrini, 45; Shik, 6), Karsdorp (Florenci, 55), Markano (Kristante, 76), Nzonzi, Kolarov, Dzanolo, Jeko, Perotti.
Ogohlantirishlar: Dzanolo (15), Errera (18), Danilu Pereyra (45), Karsdorp (55), Pepe (58), Jeko (58), Pellegrini (81), Florenci (116), Telles (117).
Birinchi o'yin – 1:2





