So’nggi yangiliklar

09:47Анчелотти истеъфога чиқарилса, унинг ўрнига «Реал»да вақтинчалик мураббий ким бўлиши маълум  1 09:10Жалолиддин Машарипов: «Ҳали ўйин тугамади...»  25 08:19Криштиану Роналду яна бир рекордни янгилади  11 07:48«Барселона»нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  8 03:40ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Гуруҳлардаги ҳолат ва мураббийлар фикри   15 02:52Миллатлар лигаси. Роналду 910-голини урди, Испанияда ғалаба, "Титанлар жанги"да дуранг ва бошқа натижалар  5 02:05Ўртоқлик ўйини. Моуринью жамоаси "Зенит"ни мағлуб қилди  0 00:47Расман: Поль Погба энди жамоасиз  1 00:25Франциянинг 7 карра чемпиони 2-лигага тушириб юборилди  8 00:10Миллатлар лигаси. Португалия - Польша ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  1 23:55Бруней бош мураббийи: "Бу шармандали мағлубият эмас"  1 23:22Ван Нистелрой "Манчестер Юнайтед" билан хайрлашди  0 22:57Ўртоқлик ўйини. Россия термаси Бруней билан учрашувда тарихий рекордни янгилади  7 22:14"Вест Хэм" "Арсенал" ва "Ливерпуль"дан 85 млн фунт талаб қилмоқда  2 21:48Раньери "Рома"га қайтиши ҳақида: "Бу тақдир"  4

ECHL pley-off yo'llanmasi "cho'ntakda" - "Barselona"ni yangi mavsumda nimalar kutmoqda? Yangiliklar

ECHL pley-off yo'llanmasi "cho'ntakda" - "Barselona"ni yangi mavsumda nimalar kutmoqda?

Bir qarashda "Barselona" transfer oynasidan yomon foydalanmadi...

Kataloniyaliklar transfer bozorining so'nggi kunlarida bitimlarni imzolashni odat qilib olishdi. Klub anchadan buyon moliyaviy muammolar girdobidan chiqib keta olmayapti va vaziyat hozircha yaxshilanay demayapti. SHunga qaramay, chempionlik ishtiyoqi kamayib qolmayapti.

Xavi tarkibni ECHL uchun kuchaytirishni so'radi – ro'yxatdagi hammani ham olib kelib bo'lmadi

Bir yil avval "blaugrana" atrofidagi muhit, ularga bo'lgan munosabat yaxshiroqdek edi – "Barsa" "Sevilya"dan Jyul Kundeni, "Lids"dan Rafinyani olishdi, "Bavariya" bilan Levandovskiy transferi bo'yicha kelishuvga erishildi. Umumiy hisobda transferlarga 158 million evro sarflandi – maksimal vazifa CHempionlar Ligasidagi g'alaba edi.

Ammo nimadir reja bo'yicha ketmadi – va hatto guruhdan chiqish ham o'xshamadi. Bu safar sarflangan pullar punktida — faqatgina 3,4 mln evro. "Ko'k-anorranglilar" bozorning yangi qismini o'rganmoqda, sababi moliyaviy "richaglar" kutilgan samarani bermayapti.

Qishdan boshlab "Barselona" xo'jayinlari Ilkay Gyundogan bilan muzokaralar olib borishdi – germaniyalik yarim himoyachini "Manchester Siti"dan olib ketishni uddalashdi, qo'shimchasiga, uni erkin agent sifatida qo'lga kiritishdi. Uning yoniga maydon markaziga xorvatiyalik Marcelo Brozovich olib kelinishi rejalashtirilgandi. Mavsumni ajoyib o'tkazgan Brozovich "Inter" bilan ECHL finaligacha etib borganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Transfer bozoridagi bunday faollik Xavi talablariga mos tushardi - murabbiy top transferlarsiz jamoa oldiga qo'ygan maqsadlariga etishi qiyin bo'lishi hamda evrokuboklarda o'tgan ikki mavsumdagidlek omadsizlikka uchrashi mumkinligini takidladi.

Biroq Marcelo transferini yakuniga etkazishning imkoni bo'lmadi. Bunga aynan moliyaviy muammolar to'sqinlik qildi va kataloniya klubi hisob-kitobini qilguncha, futbolchini Saudiya Arabistoniga olib ketib qolishdi. SHundan so'ng klub cho'ntakbop variantlarga etibor qaratdi – shunday qilib, klubga 31 yoshida "La Masiya" tarbiyalanuvchisi Oriol Romeu qaytarildi. Xavbek "CHelsi"da asosiy tarkib azosiga aylana olmadi, keyingi yillarni esa "Sautgempton" va "Jirona"da o'tkazdi. Himoya markaziga 32 yoshli Inigo Martines olib kelindi.

Transfer bozori deyarli yopildi deyilgan bir paytda, uzoq kutilgan kelishuvlar rasmiylashtirildi – jamoa ijaraga bo'lsada, "Atletiko"dan Joau Feliksni va "Man Siti"dan Joau Kanseluni oldi.


Ko'pchilik bilan xayrlashishga ham to'g'ri keldi

Biroq bu borada kataloniyaliklar hali o'sishlari zarurligi ko'rinmoqda – yo'l qo'yilgan bir nechta xato tufayli klub sotuvlardan bor yo'g'i 105 million evro ishlab oldi, de-fakto bu summa yanada kamroq bo'lishi mumkin. Klub rahbarlari bu borada muammolarni ko'rmasligi imkonsiz edi va uni hal qilish umidida, Deku taklif qilindi.

Asosiy vazifa – nima bo'ldiki, kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotgan Usmon Dembele birdaniga PSJ taklifiga osongina rozi bo'ldi? Francuzning ispan grandi bilan birinchi kelishuvi 2022 yilgacha mo'ljallangan edi – avvaliga futbolchi erkin agentga aylangach, parijliklar safiga borib qo'shilmoqchi edi. Biroq vatanidan taklif kelavermagach, "Barsa" uchun qulay shartlarda hamkorlik muddatini uzaytirishga to'g'ri keldi. Biroq shartnomada tovon puli aniq ko'rsatib o'tildi va u bor yo'g'i 50 mln evro qilib belgilandi. 

Qizig'i, kompensaciya pulining teng yarmi Dembelega tegishi ham belgilab qo'yildi.

Ikkinchi "qopqon" – "Atletiko"dan edi. Antuan Grizmann ortga transfer qilinayotganda "matraschilar" safida ijarada ikki mavsum o'ynab qo'ygandi. Ijara bo'yicha ushbu kelishuvda maxsus band boridiki, agarda hujumchi bu vaqt oralig'ida o'yinlarning 50%dan ko'pida kamida 45 daqiqa o'ynasa (jarohat va diskvalifikaciyalarsiz), madridliklarda sotib olish huquqi bo'lardi. Simeone suniy ravishda straykerning o'yin vaqtini kamaytira boshladi. Natijada, "Atletiko" shartnomadagi 40 emas faqatgina 20 mln to'ladi.



Uchinchi, "qaxramon" Frank Kesse – ispanlar xavbekni erkin agent sifatida qo'lga kiritishganini inobatga olsak, uning "Al Ahli"ga sotuvidan ishlab olingan 12,5 million evro yomon raqamlar emasdek. Biroq "Barsa"ga o'tayotganda afrikalik 45 mln.ga baholanayotgandi. Yaqin o'tmishda "Milan" etakchisi bo'lgan futbolchi Ispaniyada muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi va o'yini ham, transfer narxi xam pasayib bordi. Saudiya Arabistoni klublari Evropa chempionatlarida ko'zga ko'ringan futbolchilar uchun pulni ayamayapti, biroq bu vaziyatda Frankka to'langan pullar – katalonlardan ko'ra, shayxlarning yutug'i.

Bu safar ECHL qurasi "Barselona" uchun ancha omadli keldi

"Barselona"ning ECHL guruhidagi imkoniyatlari avvalgi mavsumdagidan yaxshiroqdek. O'tgan yili CHempionlar Ligasida "o'lim guruhi" tushgan – pley-off yo'llanmasi uchun "Bavariya" va "Inter" bilan kurashish kerak edi. Myunxenliklar odatga ko'ra, kamida chorakfinalni ko'zlab yo'lga chiqqan va Xavi jamoasidan ochiqchasiga kuchliroq edi. Asosiy kurash italiyaliklar bilan bo'lishi kerak edi – faqat Simone Inzagi "neradzurri"ni o'zaro o'yinlarga juda yaxshi tayyorlay oldi va ispanlarga qarshi o'yinlarda 4 ochko oldi.

Musobaqaning yangi mavsumida evrokubka "Bavariya" MYU bilan bitta kvartetda, milanliklarga kurashuvchan "Benfika" va "Sosedad" duch keladi. Kataloniyaning asosiy jamoasi esa "Antverpen", "SHaxtyor" va "Portu" bilan kurash olib boradi. Aniqrog'i ushbu uch klub ispanlarga qarshilik ko'rsatishga urinadi. "Konchilar" va belgiyaliklar o'tgan mavsum yomon o'yin ko'rsatishmagandi, biroq "Barsa" baribir boshqa darajada. Balki portugaliyaliklar chinakamiga raqobat qila olar, demak, pley-offga yo'l ancha osonlashadi.

Barchasi rejadagidek bo'lsa, Xavi shogirdlari minimum vazifani bajara olishadi. SHu bilan birga La Ligadagi intriga oshib bormoqda – "Real" yangi mavsumni yaxshi boshladi va yangi futbolchilar bilan yana chempionlik uchun kurashadi. Ulardan uncha uzoq bo'lmagan joyda "Atletiko" bo'ladi. "Barsa" ham javob berishga tayyordek – Ferran Torres Luis Enrikening qizi bilan "xayrlashgach", ajoyib formaga kirib olgan. Kataloniyaliklarning gavharlari qatoriga – Lamin Yamal qo'shildi. Xavi 16 yoshli vingerni muntazam ravishda asosiy jamoaga jalb qilmoqda, Terma tarkibida ham debyut o'yin, golini rasmiylashtirishga ulgurgan Yamal katta futboldagi katta o'yinlarga tayyordek. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика